1-mavzu. ―Pul va banklar‖ faniga kirish reja
-MAVZU. PULNING PAYDO BO‘LISHI, ZARURLIGI VA
Download 0.57 Mb.
|
1-mavzu1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pul, uning kelib chiqishi va zarurligi.
2-MAVZU. PULNING PAYDO BO‘LISHI, ZARURLIGI VA
FUNKSIYALARI REJA: Pul, uning kelib chiqishi va zarurligi. Qiymat shakllarining evolyusiyasi. Oltin pul sifatida. Pulning mohiyati. Pulning o‘ziga xos xususiyatlari. 2.5.Pul shakllari va turlarining evolyusiyasi. Pulning funksiyalari. Pulning funksiyalari bo‘yicha Evropa va Amerika maktablari tarafdorlari qarashlari Pul, uning kelib chiqishi va zarurligi. Pulning vujudga kelishi kishilik jamiyati sivilizatsiyasining buyuk kashfiyotlaridan hisoblanadi. ‖Pul‖ deb nomlangan maxsus tovarning paydo bo‘lishi natijasida odamlar o‘rtasida ayirboshlash bilan bog‘liq ziddiyatlar va «ehtiyojlarning bir – biriga mos kelmasligi» kabi muammolar barham topdi. Pulning vujudga kelishi, uning evolyusion rivojlanishi, nazariyasi, mohiyati va funksiyalari haqida xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlar, nazariyachilar, mutaxassislar juda ko‘p ilmiy asarlar, maqolalar va tadqiqot ishlari yaratgan. Hozirgi kunda ham ushbu jarayon davom etmoqda. Iqtisodiy adabiyotlarda pulning vujudga kelishi va uning hozirgi kundagi ko‘rinishi haqida yagona yondashuv mavjud emas. Pulning vujudga kelish sababini bilish uchun qadimda odamlar o‘rtasida ro‘y bergan ayirboshlash munosabatlarini amalga oshirish jarayoniga e‘tibor qaratish lozim. Chunki, aynan mana shu tabiiy ayirboshlash jarayoni hozirgi kunda siz bilan biz kundalik hayotda va hisob – kitoblarda foydalanib kelayotgan pulning vujudga kelishiga zamin yaratgan. Xususan, pulning vujudga kelishiga quyidagi omillar asos bo‘lib xizmat qiladi: Keyinchalik odamlarning ongi, dunyoqarashi va hayot kechirish tarzi rivojlanganligi natijasida, ikki tomonloma ayirboshlash munosabatlari vujudga kela boshladi. Bu davrda, kishilarda o‘ziga zarur bo‘lmagan buyumning o‘rniga nimadir olish evaziga, ikkinchi kishiga berishi lozimligini anglay boshladilar. Bularning barchasi dastlab stixiyali ravishda sodir etilib, bu odamlarning kundalik uchun zarur bo‘lgan buyumlar, oziq – ovqatlar, kiyim – kechaklar va boshqa ehtiyojlarini qondirish natijasida ro‘y bergan. Bu davr ishlab chiqarish usulining natural xo‘jalik tuzumi davriga borib taqaladi. Ma‘lumki, natural xo‘jalik tuzumidan ilgarigi davrda har bir kishi kunlik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan mahsulotni mustaqil ravishda ishlab topgan (yaratgan)ligi bois, ular o‘rtasida ayirboshlash munosabatlariga ehtiyoj mavjud bo‘lmagan. Yuqorida qayd etilgan ikki omil, kishilar o‘rtasida ayirboshlash munosabatlarining shakllanishiga zamin yaratdi, natijada odamlar ixtiyoridagi ortiqcha mahsulotni o‘zi uchun zarur bo‘lgan boshqa mahsulotga ayirboshlashga ehtiyoj seza boshladi. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling