1-mavzu. ―Pul va banklar‖ faniga kirish reja


Download 0.57 Mb.
bet13/33
Sana29.04.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1400796
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   33
Bog'liq
1-mavzu1

Ayirboshlash– bu kishilarning istak – xohishlari va ehtiyojlari mahsuli sifatida amalga oshiriladigan jarayon bo‘lib, buning natijasida, tomonlar ehtiyojini qondirish maqsadida ixtiyoridagi narsadan voz kechib, zarur bo‘lgan narsaning o‘rniga berishdir. Ayirboshlash kishining ehtiyoji bo‘lgan buyumga ega bo‘lish imkoniyatini beradigan jarayondir.


Demak, ayirboshlash ―A‖ va ―B‖ tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro kelishuv natijasida sodir bo‘ladigan jarayon bo‘lib, ―A‖ o‘ziga tegishli tovar yoki xizmatini
―B‖ tomonning tovar yoki xizmati uchun berishdir. Madomiki, ushbu almashuv jarayoni ikki tomonga ham iqtisodiy jihatdan foydali bo‘lib, ―A‖ tomon voz kechgan tovar yoki mahsulot o‘rniga o‘zi uchun zarur bo‘lgan, undan ham foydaliroq tovar yoki xizmatni oladi.
PUL NIMA?
Agar siz Amerikada mustakillik uchun kechgan urushdan ilgari yashaganingizda, sizning pullaringiz asosan ispan kumush tangalardan iborat bular edi. (kumush tangalar «pieces of eight» deb nomlanar edi). Fukarolik urushigacha bulgan davrda AQShda pulning asosiy shakllari sifatida oltin va kumush tangalar xamda xususiy banklar tomonidan muomalaga chikarilgan banknotalar, veksellar mavjud edi . Xozirgi kunda AQShda pul sifatida xukumat tomonidan muomalaga chikarilgan nafakat tangalar va dollar banknotalari, balki banklardagi mavjud xisobrakamlarga yozilgan cheklarni pul sifatida ishlatishingiz mumkin. Turli davrlarda pul kurinishida xar xil tovarlar ishlatilishig karamasdan, pul doimo insonlar va iqtisodiyot uchun muxim xisoblangan.
Pulning iqtisodiyotga tasirini tushunish uchun, pulning aynan nima ekanligini bilishimiz zarurdir. Ushbu bobda pulning funksiyalari, iqtisodiyotni samaradorligini oshirishda ularning urni, pulning tarixiy shakllari va ularni ulchashning yangi yondashuvlari kurib chikiladi.
Pulning moxiyati
Biz kunlik nutkimizda ishlatadigan ‖Pul‖ suzining mazmuni iqtisodchilar uchun aloxida moxiyatga ega xisoblanadi. Yuzaga kelishi mumkin bulgan chalkashlikdan kochish maksadida, odatiy foydalanishdan farkli ravishda iqtisodchilar tomonidan ―Pul‖ suzini kay tarika ishlatilishini aniklashtirib olishimiz lozim.
Iqtisodchilar pul (yoki pul massasi) ni cheksiz ravishda tovar va xizmatlarni ayirboshlashda, shuningdek karz majburiyatlarini sundirishda qullaniladigan umumkabul kilingan tulov vositasi sifatida belgilashadi. Dollar banknotalari va veksellardan tashkil topgan nakd pullar tulaligicha ushbu karashga mos keladi va pullarning bir turi xisoblanadi. Kuplab odamlar pul xakida gapirishganda, nakd pullarni nazarda tutishadi. (kogoz pullar va tangalar).Agarda, masalan, kimdir sizning oldingizga kelib, shunday desa ― Pulingiz yoki xayotingiz‖ , ―Pul‖ deganda aynan nimani nazarda tutdingiz? ‖ deyishdan tiyilgan xolda siz tezda barcha pullaringizni unga tutasiz.
Iqtisodchilar pulning moxiyatini fakatgina nakd pullar bilan cheklanishini juda xam tor deb xisoblashadi. Cheklar xarid uchun tulov vositasi sifatida ishlatilganligi bois, chek depozitlari xam pul urnida kuriladi. Ammo pulning moxiyatini yanada kengrok aniklash zarur: xattoki amaliyotda jamgarma depozitlar nakd pullar va chek depozitlarga tezda aylanganligi bois pulning urnida ishlatilishi mumkin. Shunday kilib, iqtisodchilar pul yoki pul massasining umumiy va anik tushunchasiga ega emaslar.
―Pul‖ suzi tez-tez ―boylik‖ suzi bilan sinonim sifatida ishlatilishi, tushunchaning moxiyatini yanada murakkablashtiradi. Odamlar tomonidan ―Joe juda xam boy – uning juda kup puli bor‖suzining aytilishi, nafakat uning nakd puli va bankdagi depozitida kup mablag borligini, balki aksiyalari, obligatsiyalari, turtta mashinasi, uchta uyi va yaxtasi borligini bildiradi. Uz navbatida, nakd pullar ―pul‖ suzining tor ma‘nosini anglatsada, ushbu suzning ―boylik‖ ma‘nosida ishlatilishi juda xam keng ma‘nosini bildiradi. Iqtisodchilar pullarni (nakd kurinishida,talab kilib olinguncha depozitlar va boshkalar) sotib olish uchun ishlatiladigan va boylik
– jamgarilgan mulkning kiymati sifatida farklashadi.
Boylik uz ichiga nafakat pullarni, balki boshka aktivlar kurinishidagi obligatsiyalar, oddiy aksiyalar, san‘at asarlari, er, mebel, avtomobil va uyni uz ichiga oladi.
―Sheyla – juda xam zur qalliq, unda juda xam ajoyib ish bor va kup pul ishlab topadi‖ kabi misolda iqtisodchilar tomonidan ―daromad‖sifatida olingan kursatkich, odamlar tomonidan ―pul‖ sifatida tavsiflanadi. Ammo daromad bir vakt birligida mablaglar okimini bildiradi. Aksincha, pul bu –ayni vakt xolatiga ma‘lum bir summani ifodalovchi zaxira xisoblanadi. Agar sizga kimdir uning daromadi 1000 doll. ni tashkil qilganini ma‘lum kilsa, kaysi davr oralig‘ida (yilda, oyda, kunda) ishlab topilganligi tug‘risida ma‘lumotga ega bo‘lmasdan, siz ushbu daromad kam yoki kup ekanligini ayta olmaysiz. Kimdir sizga uzining chuntagida 1000 AQSh dollari borligini ma‘lum kilsa, siz ushbu summaning kam yoki ko‘pligi to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lasiz.
Eslab utish joizki, ushbu kitob cheklovlarsiz tovarlar va xizmatlarni ayirboshlashda qullaniladigan pulning umumkabul kilingan tulov vositasi,shuningdek, daromad hamda boylikdan tashqari qarz majburiyatlarini so‘ndirish vositasi sifatida o‘rganishga bag‘ishlangandir6. Shuningdek, natural xo‘jalikning rivojlanib borishi, jamiyatda mehnat taqsimotini shakllanishiga olib kelgan. Vaqt o‘tishi bilan odamlar o‘rtasida mahsulot ayirboshlash jarayoni rivojlanib, ishlab chiqarishning ixtisoslashuv jarayoni ro‘y bera boshlagan. Xususan, pulning vujudga kelishida chorvachilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishi, keyinchalik hunarmandchilikning shakllanishi juda muhim ahamiyat kasb etdi. Ushbu davrda, odamlar o‘rtasida mahsulotlarni faol ayirboshlash jarayoni boshlandi. O‘sha davrdagi ayirboshlash munosabatlarini faollashishiga asosiy omillar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:

  • ishlab chiqarishning natural xo‘jalik shaklidan tovar ishlab chiqarish davriga o‘tishi;

  • ishlab chiqaruvchi sub‘ektlarning bir – biriga o‘zaro bog‘liqligining

vujudga kelishi;

  • ayirboshlash jarayonida tovarlar ekvivalentligining ta‘minlanganligi.





    1. Download 0.57 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling