1-Mavzu: Qadimgi ajdodlar jismoniy madaniyati Reja


Talabalar bilimini mustahkamlash uchun savollar


Download 494 Kb.
bet23/57
Sana08.06.2023
Hajmi494 Kb.
#1464036
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   57
Bog'liq
Xalqaro sport va Olimpiya harakatining vujudga kelishi хамма мавзулар бор ичида

Talabalar bilimini mustahkamlash uchun savollar



  1. Yangi davrdagi jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi qanday bo’lgan?

  2. XVIII-XIX asrlarda yetakchi bo’lgan pedagogik nazariyada jismoniy tarbiya masalalari qanday ifodalanadi? Ulardagi o’xshash farqlar, tamoyillar nimalardan iborat?

  3. Gimnastika tizimlarining vujudga kelishi va boshqalaridan farqi nimalarda edi?

  4. Germaniya, Fransiya, Shvesiya kabi Yevropa mamlakatlarida nima uchun gimnastika vositasida, Angliya va Amerika mamlakatlarida esa sport va o’yinlar vositasida jismoniy tarbiya vazifalari hal etilgan?

  5. Ishchilar sport tashkilotlarining vujudga kelishiga sabab nimalar?

  6. Yangi davrda sportni havaskorlik va professional sportning farqi nimada?

  7. Rekreasion sport tushunchasi nima?

  8. Birinchi jahon urushi yillarida jismoniy tarbiya va sportni milliylashtirishning sabablari nimada? J.Eberning usullari nimaga qaratilgan edi?

  9. Yangi davr jismoniy tarbiyaning ahamiyati nimada?



Adabiyotlar:

1. Jismoniy tarbiya tarixi. Darslik (tarjima), T., «O’qituvchi», 1975.


2.Abdumalikov R., Eshnazarov J.E., Ajdodlar jismoniy madaniyat tarixini o’rganish masalalari, O’quv qo’llanma, T., Matbuot, 1993.
3.Eshnazarov J., Jismoniy madaniyat va sportni boshqarish. Darslik, Toshkent, “Fan va texnologiya”, 2008.


4-mavzu. Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrlarda
jismoniy tarbiya va sport
Reja:

1. G’arb mamlakatlari hayotda jismoniy tarbiya va sport.


2. Taraqqiyot yo’lidagi davlatlarda jismoniy tarbiya.
3. XX asr oxirida jahon mamlakatlarida jismoniy tarbiya va sport.

Ikkinchi Jahon urushi fashistlar Germaniyasi va militaristik Yaponiyaning batamom tor-mor etilishi bilan yakunlandi. Bunda sobiq sovet (SSSR) Ittifoqining o’rni beqiyos katta bo’ldi. Urushlar jarayoni va undan keyingi yillarida jahonda iqtisodiyot, siyosiy va madaniy rivojlanishning yangi davri boshlandi. Bu esa mamlakatlarning iqtisodiy, siyosiy va madaniy ahvoliga qarab jismoniy tarbiya va sportning ham rivojlanishini ta’min etdi.


Urushdan keyingi yillarda G’arb mamlakatlarida ijtimoiy-madaniy hayotning yaxshilanishi tufayli jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga katta e’tibor berila boshlandi. Mamlakatlar iqtisodiy, siyosiy hamda monopolistik sharoitlar asosida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishda avvalo o’z manfaatlarini oldingi qatorga qo’yishdi.
Bu davrdagi jismoniy tarbiya va sport taraqqiyoti katta qarama-qarshiliklarga duch keldi, chunki sosialistik va kapitalistik tizimlar orasidagi ziddiyatlar, raqobat shuni taqozo etar edi. Ular ikki tomondan jismoniy tarbiya va sportning ijtimoiy nazariyasini, davlat va jamoat tashkilotlaridagi mohiyatini o’zlaricha targ’ib qilishdi. Ko’pgina sosiolog va tarixchilarning asarlarida jismoniy tarbiya va sport aholini o’z mamlakati hokimiyatiga hurmat, siyosiy betaraflik, irqchilik va millatchilikka nafrat ruhida tarbiyalashi, sog’lom turmush tarzini targ’ib etishi kerak, degan g’oyalar olg’a surildi.

Download 494 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling