1-mavzu. Qurilishda bahoni shakllantirishning umumiy masalalari. Qurilishda narxlarni shakllantirish usullari
Uskunalar, mebel va inventarlari xarajatlari
Download 168.2 Kb.
|
Мавзу Қурилиш-монтаж ишларида пудратчининг бошқа харажатлари ва-fayllar.org
5.2. Uskunalar, mebel va inventarlari xarajatlari.
Jamoat va ma’muriy binolar smeta-resurs normalarida hisobga olingan asbob-uskunalarga, komplekt tipovoy texnologik va laboratoriya asbob-uskunalari, apparaturalar va asboblar kiradi, ularning tarkibi va tavsifnomasi qoida bo‘yicha normalarni harakati davrigacha o‘zgarmas holda qoladi. Ko‘rsatilgan binolar inventarlarga quyidagilar kiradi: a) ishlab chiqarish inventari, ya’ni ishlab chiqarishga oid predmetlar, ular texnologik jarayonlarni (ishchi stollar, verstaklar, asbob-uskunalar, mehnatni muhofaza etish uchun xizmat qiluvchi shkaflar, stellajlar sh.o‘x) engillatish va uni bajarish uchun sharoit yaratishadi. b) xo‘jalik predmetlari, ya’ni idora va boshqa mebel va jihozlash (stollar, stullar, shkaflar, veshalkalar, garderoblar va sh.o‘x) hamda xo‘jalik va xizmatga mo‘ljallangan predmetlar va xonalarni yig‘ishtirish yong‘inga qarshi inventarlar, orgtexnika vositalari va boshqalar. Namunaviy asbob-uskunalar va inventarlar tarkibida, shu bilan birga resurs – smeta normalarida quyidagilar ko‘rsatilmaydi: qurilish – montaj ishlari tarkibida kiritilgan mebel qurilmalari; ichki xonalarini qimmatbaho predmetlar (gilamlar, rasmlar va h.k.) jihozi; maishiy – xo‘jalik ahamiyatiga ega mayda predmetlar va yumshoq inventarlar (ovqatlanish idishlari, kanselyariya ashyolari va h.k.); xizmat ko‘rsatish xodimlari uchun maxsus kiyimlar, yangi tuzilayotgan kutubxonalarni, kitob fondi va h.k. Ayrim hollarda, o‘rnatilgan tartibda ruxsatnoma bo‘lsa, resurs smeta normalariga yumshoq va mayda inventarlarni kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi. Resurs normalari butun bir ob’ektga ayrim maxsus xonalarni normalarini ajratib ko‘rsatilgan holda ko‘rsatilishi lozim. Resurs smeta normalarida, shuningdek qabul etilgan o‘lchov birligi ko‘rsatkichlari ham ko‘rsatiladi (o‘rin, o‘quvchi va h.k.). Har bir resurs normalari to‘plamlari tarkibida, yangi qurilish va harakatdagi ob’ektlarni ta’mirlash, kengaytirish resurs smeta hujjatlaridan foydalanish tartibi va shartlari to‘plamning texnik qismida belgilab berilgan. Resurs normalari O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektquri-lish” tomonidan tasdiqlanib, respublika smeta normalari deb ataladi. Resurs smeta normalari to‘plamlarini ro‘yxati 1 ilovada berilgan YAngi qurilayotgan hamda kengaytirilayotgan va ta’mirlanayotgan jamoat va ma’muriyat maqsadiga mo‘ljallangan ob’ektlarni dastlabki asbob-uskunalar va inventarlar bilan jihozlash resurs smetalari, amaldagi resurs smeta normalari to‘plamlari asosida ushbu maqsad uchun tuzilib, tegishli butun bino uchun, qabul etilgan o‘lchov birligi ko‘rsatkichlari (o‘rin, o‘quvchi va h.k.) asosida tuziladi. Harakatdagi ob’ektlarni kengaytirish resurs smeta hujjatlari tuzishda resurs smeta normalari ko‘rsatkichlarini o‘sishidan qabul etilgan kengaytirish loyihalarini, ya’ni qo‘shimcha o‘lchov berish miqdoridan foydalaniladi. Resurs smeta normalarining namunaviy ro‘yxatida inventarlar, asbob-uskunalarni turi, markasi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, buyurtmachi ularni boshqalariga almashtirishga haqlidir, agar ular loyiha hujjatlarida ko‘rsatilgan asbob-uskunalar va inventarlar vazifasini bajara olsa. Download 168.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling