1-mavzu. Qurilishda bahoni shakllantirishning umumiy masalalari. Qurilishda narxlarni shakllantirish usullari
-jadval. Jamoat va ma’muriy binolar asbob-uskunalari va inventarlarning resurs smeta normalari to‘plamlari
Download 168.2 Kb.
|
Мавзу Қурилиш-монтаж ишларида пудратчининг бошқа харажатлари ва-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘plamlar To‘plamlar nomi
- Madaniy – ma’rifiy ob’ektlar
- Maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlari
- Savdo va umumiy ovqatlanish ob’ektlari
- O‘quv yurtlari ob’ektlari
- O‘z-o‘zini sinash savollari 6-mavzu. Ob’ekt qurilishi qiymatini aniqlashda mashina va mexanizmlardan foydalanish xarajatlarini shakllantirish
- 6.1. Qurilish mashina va mexanizmlardan foydalanish xarajatlarini shakllantirish smeta resurs normalari
5.1-jadval.
Jamoat va ma’muriy binolar asbob-uskunalari va inventarlarning resurs smeta normalari to‘plamlari Ro‘yxati
O‘z-o‘zini sinash savollari 6-mavzu. Ob’ekt qurilishi qiymatini aniqlashda mashina va mexanizmlardan foydalanish xarajatlarini shakllantirish 6.1. Qurilish mashina va mexanizmlardan foydalanish xarajatlarini shakllantirish smeta resurs normalari 6.2. Ob’ektning joriy narxlardagi dastlabki bahosini aniqlashda mashina va mexanizmlar ekspluatatsiyasi uchun sarflanadigan xarajatlarini aniqlash 6.1. Qurilish mashina va mexanizmlardan foydalanish xarajatlarini shakllantirish smeta resurs normalari Qurilish mashina va mexanizmlaridan foydalanish smeta resurs normalari to‘plami joriy narxda mashina-soat bahosini hisobli aniqlashda qo‘llaniladi va muqarrar tartibda qurilishni davlat byudjeti mablag‘ining hamma bosqichida va maqsadli byudjet fondlarida ishlatiladi. Agar qurilish boshqa manbalar orqali moliyalashtirilsa ko‘rsatilgan mashinalardan foydalanish smeta resurs normalari tavsiyaviy xarakterga ega. Mashinalardan foydalanish smeta resurs normalari mazkur mashinaning asosiy texnik o‘lchamlari (ekskavatorlar uchun kovsh hajmi, buldozerlar uchun quvvati, kranlar uchun yuk ko‘tarish qobiliyati)ni differensiatsiyalash, o‘lchov xillari va guruhlar bo‘yicha ishlab chiqilgan. smeta resurs normalari mashinalarni markasi, o‘lchov xillarining guruhlarini o‘rtacha o‘lchov bo‘yicha tashkil etilgan. Smeta resurs normalari differensiatsiyalashgan, o‘lchov xillari guruhlari, qurilish, montaj, maxsus qurilish ishlari, texnologik uskuna-larni montaj etish ishlari, hamda mashinalarning xillari bo‘yicha kerakli bo‘limlarga birlashtirilgan: er ishlari mashinalari; traktorlar; kranlar, ko‘targichlar, trubayotqizuvchilar; yuklovchilar, avtoko‘targichlar, domkratlar, lebedkalar; yo‘l va aerodrom qurilishi mashinalari; beton va qurilish qorishmalarini tayyorlash tashish va yotqizish mashina-lari; ustunqoziq qoqish ishlari mashinalari;injenerlik kommu-nikatsiyalarni ta’mirlash va yotqizish mashinalari; burg‘ulash ishlari mashinalari; tog‘-kon kovlash ishlari mashinalari; gidrotexnik qurilishi mashinalari; obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish mashinalari; kompressorlar; nasoslar va suv sathini pasaytirish uskunalari; ko‘chma elektrostan-siyalar va payvandlash uchun uskunalar; pardozlash uchun mashinalar; texnologik avto-transport vositalari; mexanizatsiyalashgan qo‘l asboblari; ishlab chiqarish masalalari va b.q. Smeta resurs normalari o‘rtacha oylik vaqtini 1 mashina-soatda belgilab ulardan foydalanishni o‘z ichiga kiritadi: mashinalarni texnologik jarayonni bajarishda qatnashish vaqti, shu bilan birga avtotransport vositalarini – mexanizatsiya bazasidan (qurilish maydoni) qurilish maydoniga (mexanizatsiya bazasiga) xarakatlanish vaqti; tez ishdan chiquvchi qismlarini, kesuvchi asboblarni va ishchi uskunalarni almashtirish vaqti; qurilish maydoni doirasida mashinalarni ish fronti bo‘yicha xarakatlanish vaqti; qurilish montaj ishlarini bajarayotganda mashina ishlarini texnologik tanaffus vaqti; mashinani ishga tayyorlash va ish tugagandan so‘ng uni topshirish vaqti; har oyda mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish vaqti; mashinistlarni ish paytidagi tanaffusi (mashinistlar, ekipajlar) mehnat to‘g‘risidagi qonun bilan chegaralanadi. Smeta resurs normalarida mexanizatsiyalashgan qurilish jarayonida, lekin mashinalarni bevosita boshqarishda band bo‘lmagan ishchilar (takelajniklar, montajniklar, truba yotqizuvchilar)ni mehnat sarfi hisobiga olinmagan; SHu bilan birga payvandchilar, mexanizatsiyalashtirilgan asboblar bilan ishlovchi ishchilar, hamda qo‘l kuchi bilan xarakatlanuvchi mexanizmlar (qo‘l lebedkalar, domkratlar va sh.k.) va oddiy va mahsus usul (loy qorish-masi kompleksidan tashqarii) bilan ishlovchi tog‘-kon uskunalari va mashinalarga xizmat ko‘rsatuvchi alohida shaxslarni mehnat sarfi hisobga olinmagan. Ko‘chma elektrostansiyadan elektr energiya olinganda, elektroenergiya xarajatiga foydalanilayotgan qurilish mashinalari ishlatilayotgan elektr stansiya markasi aniqlangan holda tuzatish kiritiladi. Smeta resurs normalari zemsnaryadlarga, perekachka stansiyalariga, gidromonitor – nasos – zemlesos uskunalari va stansiyalariga, muzlatgich stansiyalariga ma’lum texnologik kompleks tarkibiga kiruvchi barcha kompleks mashinalar xarajatini hisobga oladi. Mashinalarni texnik tavsifnomasi to‘plamda ko‘rsatilgandan farq qilsa, interpolyasiya va ekstropolyasiya usullarini qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi. Import qurilish mashinalari o‘zining vazifasi va texnik o‘lchamlari, Ushbu to‘plamda ko‘rsatilgan o‘xshash mashinalarga mos kelsa, u holda to‘plamning kerakli resurs smeta normasi qo‘llaniladi. O‘xshashi bo‘lmagan import mashinalar uchun yakka resurs smeta normalari ishlab chiqiladi. Bajarilgan qurilish-montaj ishlari uchun pudrat tashkilotlari va buyurtmachi orasidagi o‘zaro hisob kitob ushbu to‘plamdagi smeta resurs normalari joriy hisob narxini aniqlaganda foydalanilgan mashina-soat qo‘llaniladi. Resurs smeta normalari qurilish mexanizatsiyasi boshqarmasi va qurilish-montaj pudratchi tashkilotlar bilan o‘zaro xisob qilganda mashina-soat joriy narxiga belgilashda qo‘llaniladi. Bu hisoblar muayyan ko‘rsatilgan mashina markasining normativ resurs miqdoridan kelib chiqqan holda, tomonlarni shartnoma kelishuvi, mashinaning ishlash sharoitini hisobga olib ishlab chiqilishi kerak. Smeta resurs normalari ishlab chiqarish ishlaridagi resurslar sarfini hisobdan chiqarishga asos bo‘lib xizmat qilmaydi. Amortizatsion chegirmalar, ta’mirlash va texnik xizmat xarajatlari, tez ishdan chiqadigan qismlarni almashtirish, mashinalarni bir qurilish maydoni (mexanizatsiya bazasi)dan boshqa qurilish maydoniga ko‘chirib o‘tishi smeta resurs normalarida yo‘q, chunki fizik resurs ko‘rsatkichlarda o‘lchanmaydi va mashinaning 1 mashina-soat ishi narxi Davarxitektqurilishning 2004 yil 6 maydagi 31-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «qurilish mashina va mexanizmlaridan foydalanishda joriy narxdagi xisobini aniqlash metodik tavsiyanomasi asosida, qurilish texnikasi qaramog‘idagi tashkilotning ilgari (bazis) davrida shakllangan xarajatlardan kelib chiqib aniqlanadi. Download 168.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling