1-mavzu. Raqamli iqtisodiyot iqtisodiy tizim va fan sifatida. Raqamli iqtisodiyotning shakllanish sabablari va shart sharoitlari. Reja


Personifikatsiya qilinganservis modellari.Big Data


Download 213.14 Kb.
bet9/13
Sana23.10.2023
Hajmi213.14 Kb.
#1716944
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
2. Personifikatsiya qilinganservis modellari.Big Data, targetlangan(maqsadli) marketing, 3D-bosma kabi texnologiyalar rivojlanishi o‘rtacha statistik iste’molchining emas, balki har bir muayyan mijozning talab va ehtiyojlariga javob beradigan tovarlar ishlab chiqarish va hizmatlar ko‘rsatishga imkon beradi.
3. Ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarning bevosita o‘zaro aloqa qilishi.Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishiishlab chiqaruvchini har bir yakuniy iste’molchi bilan «bog‘lash»ga imkon beradi. Uzundan-uzoq vositachilar, jumladan, institutsionalvositachilar zanjirini qisqartirish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bunga misol bo‘lib,FintexCroudMortgage–ipoteka qarzi oluvchilarga kreditni bankdan emas, balki bevosita bo‘sh pul mablag‘lariga ega bo‘lgan shaxslardan olishga imkon beradigan telefonilovasi hizmat qilishi mumkin. Ushbu sxemavositachi-banklardan tashqari barcha qatnashchilar uchun iqtisodiy jihatdan foydali bo‘lgan mexanizmni amalga oshirishga imkon beradi.
4. Birgalikda foydalanish (Sharing Economy, Free Economy) iqtisodiyotining tarqalishi. Bu rivojlanish yo‘li ikkita hodisaga olib keladi:qandaydir tovarlarga birgalikda egalik qilish hamda axborot taqdim etganlik uchun pul to‘lash.Avtotransport vositasiga birgalikda egalik qilish (bir nechta oila uchun),shaxsiy avtomobilga ega bo‘lish yoki taksi hizmatlaridan foydalanishdan ko‘ra foydali bo‘lib chiqishi mumkin.Axborot taqdim etganlik uchun to‘lov bu –to‘liq kuch bilan ishga tushmagantrend, lekinkattaehtimollikbilanboshqaanaloglardananchaarzonbo‘ladigan «ulangantovar-shpionlar» paydobo‘lishehtimolinitaxminqilishmumkin. Qiymatlar o‘rtasidagi farqni siz haqingizda ma’lumot to‘playdigan (ushbu tovar yordamida) va axborotni targetlangan marketing orqali monetizatsiya qiladigan ishlab chiqaruvchi kompaniyaning o‘zi qoplaydi.
5. Individual qatnashchilar hissasining ahamiyati sezilarli ekanligi.
Oxirgi paytlargacha deyarli barcha iqtisodiy jarayonlarning o‘zaro aloqalaribiznes-tsentrik paradigmasiga joylashadi, ya’ni,B2B, B2C, B2G. Texnologiyalar rivojlanishi yakka holdagi tashabbuskorlarga biznes-jarayonlarda muhim rol o‘ynashga imkon beradi. Shunday qilib, iqtisodiyotda o‘zaro aloqalarning mutlaqo yangi turlari paydo bo‘lmoqda: C2BvaC2S. Yangi turdagi o‘zaro aloqalarga misol bo‘lib, autsorsing asosida shartnoma majburiyatlarini bajaradigan Frilanserlar hizmat qilishi mumkin. Ikkinchi turdagi o‘zaro aloqalarga CrowdFunding kabistartaplar (Amerikada kickstarter.com, Rossiyada planeta.ru)hizmat qiladi.Bunday yangi turdagi o‘zaro biznes aloqalarning paydo bo‘lishiiqtisodiyotdagi muhim bir hodisa hisoblanadi va o‘ziga jiddiy e’tibor qaratishni talab qiladi, chunki bugungi kunda O‘zbekistonda ushbu soha uchunpuxta ishlab chiqilgan normativ-huquqiy va soliq bazasi mavjud emas, uning umumiy iqtisodiyotga qanday qilib integratsiya qilinishi borasida ham biror-bir pichoqqa ilinadigan fikr ham yo’q. Frilanserlarni qanday qilib soliq to‘lashga motivatsiya qilish mumkin? Ularning aksariyati iqtisodiyotning “kul rang” sektorida ishlaydi va o‘z hizmatlari uchun to‘lovniBitCoin da oladi. CrowdFundingtashabbuslarga qanday soliqlar va imtiyozlar qo‘llanishi mumkin? Ushbu yo‘nalishlar yuqori salohiyatli bo‘lib ko‘rinadi va yaqin kelajakda umumiy iqtisodiyotda sezilarli ulushni tashkil qilishi mumkin, shu sababli, bunday masalalar hozirgi kundayoq puxta ishlab chiqishga ehtiyoj sezadi.
Umuman aytganda, postindustrial yoki information jamiyatga xizmatlar sektori mamlakat yalpi milliy daromadning 60% dan ortig’ini tashkil qiladigan davlatlar kiradi. Ularda dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi tarmorlarni moliyalashtirish miqdori keyingi o’ttiz yilda 130 martadan ko’proq ortdi. Informatsion innovatsiyalarni tarkib toptirish uchun dunyo miqyosida faoliyat ko’rsatuvchi global kompaniyalarga misol sifatida quyidagilarini ko’rsatib o’tishimiz mumkin: YouTube, Facebook, Google, Wikipedia, Wikileaks, Amazon, Alibaba va boshqalar. G’oya juda ham oddiy – yangi progressiv imformatsion texnologiyalar biznes masalalarini hamda tijorat muammolarini hal qilib beradilar va information tizimlarning har bir yangi avlodi bir qancha yangi innovatsion hizmatlarning vujudga kelishiga va yanada rivojlanishiga sabab bo’ladi. Yangi texnologiyalarning barcha sohalarga kirib kelishi iqtisodiyotning elektron ko’rinishga o’tishiga olib kelmoqda. Natijada yangi elektron hizmat turlari paydo bo’ldi, yangi bozorlar shakllandi va an’anaviy biznes modellar elektron shaklga transformatsiya qilina boshlandi. Zamonaviy raqamli iqtisod bir qancha atamalar bilan nomlangan, shu jumladan, e-economy, digital economy, internet economy, network economy va virtual economy. Agarda BCG (The Boston Consulting Group) ga murojaat qilsak, raqamli iqtisodiyotming yana bir diqqatga sazovor ta’rifini ko’rishimiz mumkin: “Iqtisodiy tizimning barcha ishtirokchilari - alohida insonlar, firma va kompaniyalar hamda davlat tomonidan online va innovatsion raqamli texnologiyalarning keng miqyosda ishlatilishi iqtisodiyotni raqamlashtirish yoki raqamli elektron iqtisodiyot jarayonidir”.
Xozirgi davrda ko’pchilik raqamli iqtisodiyotdagi bir qancha transformatsiyalarning, shu jumladan, biznes modellar, yangi bozorlar hosil bo’lishi, yangi turdagi hizmat turlari paydo bo’lishining guvohi bo’lib turibdi. Raqamli iqtisodning xarakterli ko’rsatgichlari sifatida yangi ishlab chiqarish usullarini (pear-to pear production), ommaviy hamkorlikni, ommaning intellectual mulkka egalik qilishini, iste’mol modellaring o’zgarishini (sharing economy) va ochiq mehnat bozorini keltirish mumkin. Ammo, hozirgi paytda raqamli iqtisod (internet-savdo, internet-hizmatlar, kontentlar, elektron to’lov va boshqalar)ning O’zbekiston Respublikasi yalpi milliy daromadidagi hissasi 1% ga ham bormaydi. Lekin mamlakatimizning rivojlanish tendentsiyalari shuni ko’rsatadiki, yuqorida ko’rsatilgan bozorlar kelajakda tezlik bilan rivojlanib ketadi. Bundan tashqari, to’rtinchi sanoat revolyutsiyasi va 4.0 Industriya texnologiyalari bilan bog’liq bo’lgan texnologik o’zgarishlar, ya’ni, ommaviy robotlashtirish, qo’shimcha va virtual reallik texnologik platformalari hamda 3D-printerlar texnologiyalari ushbu jarayonni yanada tezlashtiradi. Yuqorida aytib o’tilgan 4.0 Industriya atamasi 2011 yilda Gannover yarmarkasida iste’molga kirdi va uning ma’nosi qiymat hosil qilish global zanjirini ko’rsatishdan iborat. “Aqlli zavodlar”, “aqlli texnologiyalar” va “aqlli robotlar” kabi texnologiyalarining jahon bo’ylab tarqalishini amalga oshirgan holda, to’rtinchi sanoat revolyutsiyasi global darajada virtual va fizikaviy tizimlarning bir-biriga o’zaro ta’sirini amalga oshiradi. Bu esa o’z navbatida mahsulotlarning to’liq moslashuvchanligiga hamda yangi operatsion modellar yaratilishiga olib keladi. Demak, 4.0 Indistriya – mamlakat va biznesning raqobatbardoshligini oshirishga mo’ljallangan, raqamli texnologiyalarning jamiyat hayotiga kirib kelishi bilan bog’langan hamda ishlab chiqarish jarayonida vujudga keladigan munosabatlarning majmuidan iborat. Bundan kelib chiqqan holda 4.0 Industriyani iqtisodiyot barcha tarmoqlarining raqamli transformatsiyasi deb ham tushunish mumkin. Shuning uchun ham kelajakda korporativ boshqaruvda bu holatlarni hisobga olish zamona talabi bo’lib qoldi.
Raqamli iqtisod va 4.0 Industriyaning korporativ miqyosdagi joriy qilinish yo’nalishlariga misol sifatida quyidagilarni ko’rsatishimiz mumkin:
Professional hizmatlar on-demand professional services – buxgalter hizmatlari, dizaynar hizmatlari, maslahatchilar, tarjimonlar va boshqalar.
Jamoaviy moliyalashtish collaborative finance – kraudfunding (crowd-funding), o’zaro kreditlash (peer-to-peer lending)
Uyda ko’rsatiladigan hizmatlar on-demand household services
Uy-joydan birgalikda foydalanish (peer-to-peer accommodation)
Transportdan birgalikda foydalanish (peer-to-peer transportation)

Raqamli iqtisodning yana boshqa bir hizmatlari, shu jumladan, big data, sun’iy intellect, mashina vositasida ta’lim berish, kraudsorsing, kraudfunding, blokcheyn va bulutli texnologiyalar ham kelajak iqtisodiyotida va korporativ boshqaruvda hal qiluvchi ahamiyat kasb etishini hayotning rivojlanish tendentsiyalari yaqqol ko’rsatib turibdi. Masalan, kraudsorsing va kraudfunding texnologiyalari kompaniyaning oyoqqa turib olishini, rivojini va raqobatbardoshliligini ta’minlash uchun hizmat qiladi. Agarda kraudsorsing jamoaviy tafakkur bo’lsa, kraudfunding jamoaviy moliyaviy mablag’lar yig’sh mexanizmi deb hisoblaniladi. Ish ko’lami, faoliyat turi va kattaligidan qat’iy nazar, turli xil loyihalar uchun moliyaviy mablag’lar yig’ish texnologiyasi bo’lgan kraudfundung barcha kompaniyalar uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan unikal moliyaviy mexanismdir. Misol sifatida, Rosiya bozorida ham bir qancha yirik kraudfunding platfiormalari bo’lib, ular kraudfunding loyihalarining amalga oshishiga ko’mak berib turadilar. Eng ommabop kraudfundung platformalar planeta.ru va Boombaster 2012 yilda tashkil qilinganlar. Hozirgi paytda esa bunday platformalarning soni 30 dan oshib ketgan. Planeta.ru tomonidan sakkiz mingta loyihaga 660 mln rubl yig’ilgan bo’lsa, Boombastertomonidan huddi shu vaqt intervali davomida 1,5 mingta loyihaga 330 mln rubl yigilgan. Ammo huddi shu davrning o’zida taniqli xorijiy kraudfunding platforma Kickstarter tomonidan 3 mlrd dollar mablag’ yig’ilib, 126 mingta muvaffaqiyatli loyihalar amalga oshirilgan.


Korporativ boshqaruv uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan texnologiya blokcheyn bo’lib, u nafaqat virtual pullar bo’yicha operatsiyalarni amalga oshira oladi, balki u yangi turdagi biznesning arxitekturasi ham bo’la oladi. Raqamli iqtisodiyotning kelajakda rivojlanishida ushbu progressiv texnologiya dunyo miqyosida yanada ommabop bo’lib ketishi kutilmoqda. Bulutli texnologiyalar ham kelajak korporativ va moliyaviy boshqaruv uchun alohida ahamiyatga molik bo’lib, virtual iqtisodiyot uchun yangidan-yangi va kutilmagan imkoniyatlar yaratmoqda. Ma’lumotlarni bulutli uslubiyatda saqlash va on-line texnologiyalardan foydalanish ma’lumotlar havfsizligini ta’minlash hamda operatsion harajatlarni keskin qisqartirishga shart-sharoitlar yaratmoqda. Masalan, hozirgi kunda Amazon bulutida 10 mingta serverni ijaraga olish soatiga tahminan 90 dollarga tushmoqda. Bu esa ushbu turdagi hizmatlarning narxini yanada pasayishini bashorat qilishga va respublikamizda ham bunday texnologiyalarda keng miqyosda imkon beradi hamda keyinchalik bu texnologiyalardan kichik va o’rta biznes ham bemalol foydalana oladi.

Download 213.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling