1-mavzu. Raqamli iqtisodiyot xo’jalik tizimi va iqtisodiy fan sifatida maqsad
Download 468.35 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.3. Raqamli iqtisodiyot tushunchasi
Raqamli iqtisodiyot umumlashtiruvchi tushuncha sifatida paydo bo'ldi, u nafaqat sanab o’tilgan barcha iqtisodiyotlarning xususiyatlarini, balki raqamli iqtisodiyotning sifat jihatidan aniqligini tavsiflovchi bir qator umumiy farqlanuvchi xususiyatlarni ham o'z ichiga oladi.
Raqamli iqtisodiyot quyidagi rivojlanish tendentsiyalariga ega: keng va jadal foydalanilayotgan raqamli texnologiyalar aholi va xo'jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotining har kunlik qismiga, umuman jamiyat rivojining harakatlantiruvchi kuchiga aylanmoqda; hujjatlar va bilimlarni raqamli makonga ommaviy ravishda o'tkazish, elektron imzolarni keng foydalanish, fuqarolar va davlat o'rtasidagi aloqani elektron platformaga o'tkazish, mehnat va ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etishning yangi usullarini ishlab chiqish kuzatilmoqda; AKT raqamli iqtisodiyotning asosi sifatida mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi uchun asos bo'lib, yangi o'sish manbalarining paydo bo'lishi uchun sharoit yaratmoqda, shu jumladan O’zbekistoda ham. 1.3. Raqamli iqtisodiyot tushunchasi "Raqamli iqtisodiyot" tushunchasining shakllanishi tarixi, ko'plab tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, amerikalik Massachusets texnologiya instituti olimi Nikolas Negroponte bilan bog'liq, u 1995 yilda jismoniy moddalar materiyasini tashkil etuvchi atomlarni qayta ishlashdan dastur kodlari materiyasini tashkil etuvchi bitlarni qayta ishlashga o'tish haqida metafora qo’llagan. Boshqa mutaxassislarning ta'kidlashicha, "raqamli iqtisodiyot" atamasi birinchi marta 1994 yilda kanadalik olim Don Tapskott tomonidan "Raqamli jamiyat: tarmoqli intellekt asrining ijobiy va salbiy tomonlari" nomli kitobida aytilgan. Unda Tapscott rivojlangan mamlakatlarning xususiyatlarini tavsiflab, ob'ektlarning raqamli shaklini, axborot texnologiyalarining biznesga, davlat boshqaruv tizimiga ta'sirini qayd etadi va raqamli iqtisodiyotga quyidagi ta'rifni beradi - bu axborot-kompyuter texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan iqtisodiyotdir. 1999 yilda AQSh Prezidentining fan va texnologiyalar bo'yicha yordamchisi Nil Leyn "21-asrda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi" maqolasida ko'rib chiqilayotgan hodisaga birinchi bo'lib tarif berdi: "Raqamli iqtisodiyot bu internetda kompyuter va aloqa texnologiyalarining konvergentsiyasi va elektron tijoratni rivojlantirishni va tashkiliy tuzilishdagi keng ko'lamli o'zgarishlarni rag'batlantiruvchi axborot va texnologiyalarning paydo bo'layotgan oqimidir". 2001 yilda Tomas Mesenburg raqamli iqtisodiyotning uchta asosiy tarkibiy qismini ajratdi, ular statistik jihatdan baholanishi va o'lchanishi mumkin: qo'llab-quvvatlanadigan infratuzilma (apparat va dasturiy ta'minot, telekommunikatsiya, tarmoqlar va boshqalar); elektron biznes (xo’jalik faoliyatlarini va boshqa har qanday biznes jarayonlarini kompyuter tarmoqlari orqali amalga oshirish); elektron tijorat (internet orqali tovarlarni tarqatish). Ilmiy ishlarning ko'pligiga qaramay, raqamli iqtisodiyot nima ekanligi to’g’risida hali ham aniq bir tushuncha yo'q. Raqamli iqtisodiyotning ko'plab ta'riflarining qiyosiy tahlili ushbu tushuncha haqidagi qarashlarni quyidagi xususiyatlardan foydalanishga asoslangan holda tasniflashga imkon beradi: inson faoliyatining barcha sohalarida ma'lumotlarni to'plash, saqlash, qayta ishlash, o'zgartirish va uzatishning raqamli texnologiyalarini faol joriy etish va amalda qo'llash bilan tavsiflangan iqtisodiyot turi; virtual muhitda raqamli tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish va sotish bo'yicha milliy iqtisodiyotning bir tarmog'i sifatidagi iqtisodiy faoliyat majmui; real vaqt rejimida raqamli axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari va tarmoqlaridan foydalanishga asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy-texnik munosabatlar tizimi; Barqaror iqtisodiy rivojlanishga yo'naltirilgan, real iqtisodiyotga qo'shimcha bo'lgan turli xil elementlarning (texnik, infratuzilmaviy, tashkiliy, dasturiy, tartibga soluvchi, qonunchilik va boshqalar) murakkab birikuvi. Turli yondashuvlarni umumlashtirib, quyidagi ta'rifni berish mumkin: Download 468.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling