1-Mavzu: raqamli qurilmalarning mantiqiy va arifmetik asosi reja


Download 0.98 Mb.
bet2/10
Sana18.12.2022
Hajmi0.98 Mb.
#1028744
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-Мавзу (1)

Uzatish va qabul qilish – bitta operatsion elementdan ikkilik kodni boshqa operatsion elementga qayta yozish.
Siljish - kod razryadining holatini oldingisiga nisbatan o‘zgartirish.
Hisob - ikkilik kodni operatsion elementning kirish yo‘liga impuls berish yo‘li bilan oshirish yoki kamaytirish.
Qayta ishlash - sonning kodini bitta kodlashtirish tizimidan boshqasiga o‘zgartirish.
Taqsimot – signallarni adres bo‘yicha ko‘p ma’nbalardan bittasiga yoki bittasidan ko‘p ma’nbalarga uzatish.
Qo‘shish-ikkilik kodda ifodalangan sonlarning yig‘indisini topish.
Ushbu amallar mantiqiy qurilmalar yordamida bajariladi. Bunday qurilmalarga registrlar, triggerlar, hisoblagichlar, kodo‘zgartirgichlar, multipleksorlar, demiltipleksorlar, jamlagichlar kiradi.Bu qurilmalar ham o’z navbatida turli mantiqiy elementlardan tashkil topgan bo’ladi.
Axborot (fizik kattaliklar) ni ikki usulda ifodalash mumkin: analog (uzluksiz) va raqamli (diskret). Birinchi usulda ifodalanayotgan kattalik, unga proporsional bo‘lgan bir signal korinishida, ikkinchi usulda esa, har biri berilgan kattalikning bitta raqamiga mos keluvchi bir nechta signallar ketma-ketligi ko(rinishida ifodalanadi.
Analog ko‘rinishdagi signallarni qabul qilish, o‘zgartirish va uzatish uchun mo‘ljallangan elektron qurilmalar, analog elektron qurilmalar (AEQ) deb ataladi. Signalning nazariy tomondan shaklla- nishi va uzatilishi mumkin qadar aniqlik va tezkorlik bilan amalga oshiriladi. AEQlar nisbatan sodda tuzilganiga qaramasdan, signalni ixtiyoriy funksional o‘zgartirishga qodirdir.
AEQlar quyidagi kamchiliklarga ega:

  • xalaqitbardoshlikning kichikligi. Bunda signalga turli shovqinlar qo‘shilishi, yoki temperatura va boshqa omillar ta’sirida qurilma parametrlarining o‘zgarishi natijasida signal boshlig‘ich ko‘rinishidan farqlanadi;

  • uzoq masofalarga uzatilganda signalning kuchli buzilishi;

  • axborotlarni uzoq muddat saqlashning murakkabligi;

  • FIK qiymatining kichikligi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda kichik vaqt oraliqlarida katta hajmdagi axborotlarni saqlash va qayta ishlash talab qilinganda AEQlardan foydalaniladi. Bunda AEQda axborot differensial tengla- malar tizimi bilan ifodalanishini alohida ta’kidlab o‘tish joiz.
Hozirgi kunda axborotlarni raqamli usullarda qayta ishlash muhim o‘rin egallamoqda. Buning uchun analog ko‘rinishdagi birlamchi axborot ustida ikkita muhim amal bajariladi: kvantlash va kodlash.
Uzluksiz signal x(/)ni ma’lum nuqtalardagi qiymatlari bilan almashtirishga kvantlash deyiladi. Kvantlash vaqt yoki sathlar bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. Kvantlash natijasida elektron qurilmadagi analog ko‘rinishdagi birlamchi signal turli shakldagi elektr impulslar ketma-ketligi ko‘rinishida ifodalanadi. Kuchlanish U(t) yoki tok I(t) qiymatlarini mos ravishda o‘rnatilgan Uo va Io qiymatlardan qisqa vaqt- larga og‘ishi elektr impuls deb ataladi. Kvantlash natijasida signal ixtiyoriy emas, balki aniq, diskret deb ataluvchi qiymatlarni oladi.
Uzluksiz kattalikdan farqli ravishda diskret kattalikning qiymati cheklangan bo‘lib, unda axborotning ma’lum qismi yo‘qolishi mumkin. Analog signallarni kvantlash natijasida hosil bo‘lgan elektr signallarni qabul qilish, qayta ishlash va uzatish uchun mo‘ljallangan qurilmalar - diskret elektron qurilmalar (DEQ) deb ataladi. Shu sababli DEQlarda kvantlangan signallar uchun elektron kalit sifatida tranzistorlardan (tranzistorning to‘yinish yoki berk rejimlari) foydalaniladi. Natijada, ularda sochiluvchi quvvat eng kichik bo‘ladi, issiqlik uzatilishining kichikligi sababli tranzistorlar qizishi kamayadi. Natijada, ular parametr- larining nobarqarorligi ham kamayadi. Impulslarni uzatishda signalga ta’sir ko‘rsatuvchi xalaqit yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaqt qisqa bo‘lganligi sababli, DEQlarning xalaqitbardoshligi AEQlarga nisbatan yuqori bo‘ladi.
Kvantlash turiga qarab DEQlar uch guruhga bo‘linadi: impulsli, releyli va raqamli.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling