1 Mavzu Relelı hımoya xaqıda umumıy tushuncha Reja
Mavzu Elektr energiyasi isrofini iqtisodiy jihatdan baholash, elektr energiyasi isrofini kamaytirish uslublari
Download 6.42 Mb.
|
1 Mavzu Rele himoyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 Elektr zanjirlarni montaj qilish 2 Elektromontaj birikmalari
54 Mavzu Elektr energiyasi isrofini iqtisodiy jihatdan baholash, elektr energiyasi isrofini kamaytirish uslublari
Reja; 1 Elektr energiyasi 2 Elektr energiyasi isrofini kamaytirish 55 Mavzu Elektr jihozlarining qizishi va uni nazorat qilish Reja; 1 Elektr zanjirlarni montaj qilish 2 Elektromontaj birikmalari Elektr zanjirlarni montaj qilishda asosan ÏÎÑ-40 va ÏÎÑ-61 kavsharlash qotishmalari ishlatiladi. Qo‘rg‘oshinga 2,5—3% kumushning qo‘shilishi kavsharlash qotishmasining mustahkamligini va yumshatish xususiyatlarini oshiradi. 150°C gacha haroratda ishlaydigan elektr apparatlarga mis simlarni kavsharlashda qo‘rg‘oshin-kumushli kavsharlash qotishmalari qo‘llaniladi. Zaminlovchi mis simlarni kabellarning aluminiyli qobig‘iga kavsharlashda va shuningdek, aluminiy simlarni kavsharlashda A—40 rusumli kavsharlash qotishmasi qo‘llaniladi. Bu qotishmaning tarkibini 40% qalay, 58,5% rux va 1,5% mis tashkil etadi va kavsharlash 400—450°C haroratda amalga oshiriladi. Kavsharlash jarayonida kavsharlash qotishmalaridan tashqari biriktirilayotgan metallarning qizishi natijasida metall va kavsharlash qotishmalari yuzalarida hosil bo‘ladigan oksidli plyonkani yo‘qotish, metallarni kavsharlashdan oldin tozalangan kavsharlash yuzalarini oksidlanishdan saqlash, metall-kavsharlash qotishmasi chegarasidagi kavsharlash qotishmasi yuzasining erishi vaqtida tarangligini kamaytirish va kavsharlash qotishmasining biriktirilayotgan elementlar orasini yaxshiroq to‘ldirish maqsadida turli fluslar qo‘llaniladi. Harorat diapazoniga ko‘ra kavsharlash fluslari quyidagi ikki guruhga 43 bo‘linadi: 1) yengil eriydigan kavsharlash qotishmalari bilan kavsharlashda qo‘llaniladigan fluslar (kavsharlash qotishmasining erish harorati 450°C dan past); 2) qiyin eriydigan kavsharlash qotishmalari bilan kavsharlashda qo‘llaniladigan fluslar (kavsharlash qotishmasining erish harorati 450°C dan yuqori). Bundan tashqari kavsharlash jarayonida qo‘llaniladigan fluslar kimyoviy passiv (kislotasiz) va kimyoviy aktiv (kislotali) turlarga ham bo‘linadi. Elektromontaj birikmalarini kavsharlashda, asosan kimyoviy passiv kislotasiz qarag‘ay kanifoli va ËÒÈ fluslari qo‘llaniladi. Aluminiy simlarni kavsharlashda kavsharlash moyi deb ataladigan fluslar qo‘llaniladi. Yengil eriydigan kavsharlash qotishmalari bilan birga kavsharlashda keng qo‘llaniladigan ba’zi fluslarning tarkibi va ishlatilishi sohalari 4.5-jadvalda keltirilgan. Simlarni markirovkalash vositalari va birkalar. Elektr liniyalarini tekshirishda, xatoliklarni topishda va elektr apparaturalarni ta’mirlashda yengillik tug‘dirish maqsadida montaj ishlarini olib borishda simlarni va kabel simlarini markirovka qilinadi. Ko‘ndalang kesim yuzasi 6 mm2 gacha bo‘lgan sim va kabel simlari A671 rusumli birka yordamida markirovkalanadi. Ko‘ndalang kesim yuzasi 1 mm2 gacha bo‘lgan simlarni markirovkalashda diametriga mos keluvchi rangli polivinilxloridli naychalar qo‘llaniladi. Har qaysi nazorat kabeli yoki simlar to‘plami kuchlanishi, liniyaning ko‘ndalang kesim yuzasi va tartib raqami ko‘rsatilgan birkaga ega bo‘lishi kerak. Birkalar 44 ruxlangan po‘lat simlar yoki kapron iplar vositasida mahkamlanadi. Elektr zanjirlarni elektr tarmog‘iga mexanik ulash va o‘chirish maqsadida elektr ulagichlar qo‘llaniladi. Elektr ulagichlar kontaktli ulanish hosil qiluvchi sanchiqli va rozetkali qismlardan iborat bo‘ladi. Ulagichning sanchiqli qismi shtirli kontaktdan iborat bo‘ladi, rozetkali qismi esa shu shtir siqilib joylashadigan chuqurchadan iborat bo‘ladi. Ulagichning korpusi to‘g‘ri yoki burchakli ko‘rinishda, ulanadigan kabellarning turiga qarab ekranli yoki ekransiz va ishlab chiqarishi bo‘yicha germetik yoki nogermetik bo‘lishi mumkin Download 6.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling