1 Mavzu Relelı hımoya xaqıda umumıy tushuncha Reja


Mavzu Podstansiyalarning elektr jihozlari releli himoyasi


Download 6.42 Mb.
bet44/85
Sana11.10.2023
Hajmi6.42 Mb.
#1698083
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   85
Bog'liq
1 Mavzu Rele himoyasi

43 Mavzu Podstansiyalarning elektr jihozlari releli himoyasi
Reja;
1 Podstansiyalar
2 Podstansiyalarning elektr jihozlari

Saqlagich – elektr zanjirda qisqa tutashuv yoki o‘ta yuklanish yuz berganda uni avtomatik tarzda bir marta uzish uchun xizmat qiluvchi qurilmadir.


Zanjirni saqlagich vositasida uzish eruvchan quymaning erishi orqali amalga oshadi. Eruvchan quyma o‘zidan muhofazalanuvchi zanjirning o‘ta yuklanish yoki qisqa tutashuv toki o‘tganda qizib eriydi. Zanjir uzilgandan so‘ng eruvchan quyma almashtirilishi lozim.
Tuzilishining soddaligi va arzonligi sababli eruvchan saqlagichlar sanoat elektr qurilmalarida, elektr stansiyalar va podstansiyalarda, turmushda keng qo‘llaniladi. Ular turli tuzilishlarga ega bo‘lishi va milliamperdan minglab ampergacha toklarga mo‘ljallanishi mumkin. Har qanday saqlagichning asosiy elementi bo‘lib: korpus, eruvchan quyma, kontakt qism, yoy so‘ndiruvchi qurilma yoki yoy so‘ndiruvchi muhit hisoblanadi.
Saqlagichlar eruvchan quymaning nominal toki bilan, ya’ni eruvchan quyma uzoq ishlashi uchun hisoblangan maksimal tok bilan xarakterlanadi. Saqlagichning birgina korpusiga turli nominal toklarga mo‘ljallangan eruvchan quymalar o‘rnatilishi mumkin, shuning uchun muayyan saqlagich nominal toki bilan xarakterlanib, u shu konstruksiyadagi saqlagich uchun mo‘ljallangan eruvchan quymalarning nominal toklari ichida eng kattasiga teng.
Erish vaqtining tokka bog‘lanishi saqlagichning vaqt-tok xarakteristikasi deb yuritiladi. Saqlagich ishlay boshlashidagi minimal tok chegara toki deb yuritiladi. Shuningdek, hech qanday shikastlanish yoki deformatsiya sodir bo‘lmasdan saqlagich uzishi mumkin bo‘lgan eng katta tok uzishning chegara toki deb yuritiladi. 1000 V gacha kuchlanishga mo‘ljallangan saqlagichlar.
Yopiq qismlarga ajraladigan to‘ldirgichsiz patronli PR-2 tipdagi saqlagichlar 220 va 500 V kuchlanishga va ularning patronlari 15-1000 A tokka mo‘ljallab ishlab chiqariladi. Uzishning chegara toki nominal tokka bog‘liq bo‘ladi va 1200-2000 A oralig‘ida bo‘ladi. 100 A va undan yuqori tokka mo‘ljallangan PR-2 tipidagi saqlagichlarning patroni qalin devorli fibrali quvurchadan iborat. Bu quvurchaga uning yorilishining oldini oluvchi jez vtulkalar kiydiriladi. Vtulkaga qalpoqchalar burab o‘rnatiladi.
Eruvchan quymalar davomida har xil endagi uchastkalari bo‘lgan plastinka ko‘rinishida ruxdan tayyorlanadi. Uning toraygan uchastkasida keng uchastkasidagiga qaraganda ko‘p issiqlik ajralib chiqadi. Nominal tokda ortiqcha issiqlik ruxning issiqlik o‘tkazishi hisobiga keng uchastkalariga o‘tadi, shuning uchun quymaning hamma qismi bir xil haroratda bo‘ladi. Qisqa tutashuv toklarida tor uchastkalar shunchalik tez qiziydiki, bunda issiqlik deyarli uzatilib ulgurmaydi. Natijada quyma bir vaqtda hamma yoki bir nechta tor uchastkalarda kuyadi (eriydi). 1000 V dan yuqori kuchlanishga mo‘ljallangan saqlagichlar.
Yuqori kuchlanishga mo‘ljallangan saqlagichlar ham 1000 V gacha kuchlanishga mo‘ljallangan saqlagichlar kabi vazifani bajaradi va ulardek ishlash prinsipiga ega. Mayda donli to‘ldirgichli PK tipidagi saqlagichlar 3, 6, 10, 35 kV kuchlanishga va mos ravishda 400, 300, 200 va 40 A nominal toklarga mo‘ljallab ishlab chiqariladi. Bunday saqlagichlar tokni cheklash effektiga ega bo‘lib, qisqa tutashuvlarda ularning to‘liq uzish vaqti 0, 005-0, 007 s ni tashkil etadi.
Saqlagich patroni jez qopqoqlar bilan ikki tomondan mustahkamlangan chinni quvurchadan iborat. Patron ichiga mis yoki kumush eruvchan quymalar o‘rnatiladi. Yoyni so‘ndirishga normal sharoitni yaratish uchun eruvchan quymalar ancha uzun va kichik kesimga ega bo‘lishi kerak. Bunga qovurg‘ali keramika o‘zakka o‘ralgan bir necha parallel qo‘ymalarni yoki katta toklarga mo‘ljallangan saqlagichlarda bir necha spiral quymalarni ishlatish bilan erishiladi.
Trubka kvars qum bilan to‘ldirilgandan so‘ng ikki tomondagi teshiklar qopqoqlar bilan berkitilib kavsharlanadi.


Download 6.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling