14-мa’ruza elektr tarmoqlari himoyasi Reja: Operativ tok manbalari Tokli himoyalar Maksimal tok himoyasi sxemalari Himoyaninig ishlash tokini aniqlash Sabr vaqti tokka bog‘liq mth
Download 219.87 Kb.
|
14-МA’RUZA (1)
14-МA’RUZAElektr tarmoqlari himoyasiReja: 1. Operativ tok manbalari 2. Tokli himoyalar 3. Maksimal tok himoyasi sxemalari 4. Himoyaninig ishlash tokini aniqlash 5. Sabr vaqti tokka bog‘liq MTHOperativ tok manbalari Operativ tok zanjirining vazifasi Operativ tok, deb o‘chirgichni masofali boshqarishni ta’minlovchi zanjirni, releli himoyaning operativ zanjirini, avtomatika, telemexanika va axborotlarni qabul qiladigan uskunalarni ta’minlaydigan tokka aytiladi. Operativ tokka haqli va muhim talab qo‘yiladi. Asosiy talab bu ishonchlilikdir. Nonormal holatlarda va qisqa tutashuvlarda operativ manbaning kuchlanishi va quvvati himoya elementlarini, shikastlangan liniya va qurilmalarni o‘chiradigan uskunalarni tok bilan ta’minlash uchun yetarli darajada bo‘lishi kerak. Stansiya va nimstansiyalarda operativ tokning quyidagi manbalari ishlatiladi: 1. Akkumulyator batareyalari (AB)dan ta’minlanuvchi o‘zgarmas operativ tok manbayi; 2. Himoyalanayotgan qurilmaning zanjiriga ulangan tok va kuchlanish transformatorlari, o‘z ehtiyoji transformatorlari va zaryadlangan kondensatorlardan ta’minlanuvchi o‘zgaruvchan operativ tok manbayi; 3. Maxsus ta’minlash bloki yoki to‘g‘rilagichlar yordamida o‘zgarmas tokka aylantirilgan o‘zgaruvchan tok manbayi. Operativ o‘zgarmas tok O‘zgarmas operativ tok manbayi sifatida kuchlanishi 110-220 V, kichik nimstansiyalarda esa 24-48 V bo‘lgan akkumulyator batareyalari ishlatiladi. Ishonchlilikni oshirish uchun o‘zgarmas tok liniyalari bir necha qismlarga bo‘linib, har biri alohida batareyaning ishlash tizimiga ulanadi (1-rasm). 1-rasm. Himoyani operativ zanjirini (boshqarish, qo‘shish, xabar berish zanjirlari) o‘zgarmas tok bilan ta’minlashning prinsipial chizmasi. Himoya zanjirlari, o‘chirish chulg‘amlari boshqarish shinasi (BSh)dan ta’minlanadi. Qo‘shish shinasi (QSh)dan 400-500 A tok qabul qiluvchi moyli o‘chirgichlarni ulovchi chulg‘amlari ta’minlanadi. Xabar (signal) shinasidan (XSh) xabar beruvchi qurilmalar ta’minlanadi. Operativ tokning boshqa iste’molchilari (avariya vaqtidagi yoritish, o‘z ehtiyoj motorlari va h.k.) alohida liniyadan ta’minlanadilar. Operativ zanjirlarni qisqa tutashuv tokidan himoya qilish uchun saqlagich yoki tokning oshishiga ta’sir javob beruvchi maxsus avtomatlar ishlatiladi. Saqlagichlarning ishga yaroqliligi nazorat relelari (RYa) yordamida kuzatiladi (1-rasm). Shina XSh o‘chirgich holatini ko‘rsatuvchi xabar lampalarini ulashga mo‘ljallangan. Akkumulyator batareyalari xohlagan vaqtda yetarli qiymatdagi kuchlanish va quvvat bilan operativ tok zanjirlarini ta’minlab tura oladilar va bunda asosiy tarmoqqa hech qanday bog‘liqlik yo‘q. Shuning uchun ular eng ishonchli manbalardan hisoblanadi. Operativ o‘zgaruvchan tok O‘zgaruvchan operativ tok manbalari bo‘lib tok, kuchlanish transformatorlari va o‘z ehtiyoj transformatorlari xizmat qiladi. Tok transformatorlari operativ zanjirlarni qisqa tutashuv paytida ta’minlovchi eng mustahkam manbalardan hisoblanadi. Tok transformatorlarida himoyaning ishlash vaqtida quvvat ortadi va operativ zanjirlarni ishonchli energiya bilan ta’minlash mumkin. Lekin tok transformatorlari tok oshishi kuzatilmaydigan shikastlanish va nonormal rejimlarda yetarli quvvatni ta’minlab bera olmaydi. Shuning uchun neytrali izolyatsiyalangan liniyalarda 1 fazali qisqa tutashuv bo‘lganda tok transformatorlaridan manba sifatida foydalanib bo‘lmaydi. Kuchlanish transformatorlari va o‘z ehtiyoj transformatorlari qisqa tutashuv vaqtida operativ zanjirlarini ta’minlashga mo‘ljallanmaganlar, chunki qisqa tutashuv paytida liniya kuchlanishi birdan pasayib ketadi, ma’lum bir hollarda nolga teng bo‘lib qoladi. Shuning uchun ular kuchlanish tushuviga olib kelmaydigan nonormal hollar uchun xizmat qiladi. Download 219.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling