Quvvat. Rezistor, induktiv g'altak va kondensator ketma-ket ulangan sinusoidal tok zanjiri


Download 138.11 Kb.
bet1/3
Sana28.12.2022
Hajmi138.11 Kb.
#1020664
  1   2   3
Bog'liq
8-ma\'ruza (3)


Sinusoidal tok zanjirida quvvat


Reja:



  1. Quvvat.

  2. Rezistor, induktiv g'altak va kondensator ketma-ket ulangan sinusoidal tok zanjiri

  3. Sinusoidal kattaliklarni vektorlar bilan tasvirlash

Sinusoidal tok zanjirining r, L va C kabi ayrim elementlaridagi energetik munosabatlar avvalgi paragraflarda ko'rib chiqildi. Endi umumiy holat, ya'ni zanjirdagi kuchlanish va tok ga teng bo'lgan holat uchun energetik munosabatlarni ko'rib chiqamiz.


Zanjirdagi oniy quvvatni aniqlaymiz:

Oniy quvvat ikkita: doimiy va ikkilangan chastota bilan o'zgaruvchi sinusoidal tashkil etuvchilardan iborat. Induktiv xarakterli zanjirdagi tok, kuchlanish va quvvat oniy qiymatlarning grafigi 1-rasm, a da keltirilgan.
Davrning kuchlanish va tok ishoralari bir xil bo'lgan paytlarida oniy quvvat musbat, energiya manbadan iste'mol qilinadi: bir qismi rezistorda iste'mol qilinadi, qolgan qismi esa g'altak magnit maydoniga to'planadi. Davrning kuchlanish va tok ishoralari har xil bo'lgan paytlarida oniy quvvat manfiy, energiya qisman iste'molchidan manbaga qaytariladi. Rezistorda iste'mol qilinayotgan aktiv quvvat oniy quvvatning bir davr mobaynidagi o'rtacha qiymatiga teng:
(1)
ko'paytma quvvat koeffisiyenti deb ataladi. (1) ifodadan ko'rinib turibdiki, zanjirning aktiv quvvati kuchlanish, tok ta'sir etuvchi qiymatlari va quvvat koeffitsiyentilarining o'zaro ko’paytmasiga teng.
Zanjirdagi tok va kuchlanishlar orasidagi faza siljish burchagi qancha nolga yaqin bo'lsa, shuncha birga yaqin bo'ladi. Bunda U va I larning berilgan qiymatilarida qancha katta bo'lsa, shuncha ko'p aktiv quvvat manbadan iste'molchiga uzatiladi.
Aktiv quvvatni quyidagicha ifodalash mumkin:

K uchlanish va tokning berilgan qiymatlarida aktiv quvvatning maksimal qiymati zanjirning to'la quvvati deb ataladi:
.
Aktiv quvvat ifoda-sidan:

1-rasm
Elektr zanjirini hisoblashda va amaliyotda reaktiv quvvat tushunchasidan foydalaniladi:


.
Reaktiv quvvat manba bilan iste'molchi o'rtasidagi energiya almanishuvi tezligini tavsiflaydi va reaktiv tok iste'molini o'lchovi hisoblanadi. Zanjir induktiv xarakterga ega bo'lganda reaktiv quvvat musbat, sig'im xarakterga ega bo'lganda esa manfiy bo'ladi. Aktiv, reaktiv va to'la quvvatlar o'zaro quyidagicha bog'langan (1-rasm, b):
,



Download 138.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling