14-мa’ruza elektr tarmoqlari himoyasi Reja: Operativ tok manbalari Tokli himoyalar Maksimal tok himoyasi sxemalari Himoyaninig ishlash tokini aniqlash Sabr vaqti tokka bog‘liq mth


Download 219.87 Kb.
bet2/3
Sana20.06.2023
Hajmi219.87 Kb.
#1630023
1   2   3
Bog'liq
14-МA’RUZA (1)

Tokli himoyalar
Tokli himoya uchun ta’sir etuvchi kattalik himoya o‘rnatilgan joydan A o‘tuvchi tok hisoblanadi.
Eng birinchi va oddiy tokli himoya eruvchan saqlagichlar yordamida bajarilgan. Kuchlanishi 1 kV gacha bo‘lgan tarmoqlarda ular hozir ham qo‘llaniladi.
Tokli himoyalarning ikki turi bo‘lib, birinchisi – tokli kesim (TK) va ikkinchisi – maksimal tokli himoya (MTH) deb yuritiladi.
Maksimal tokli himoyalar
MTH bir tomonlama ta’minlangan elektr ta’minot tizimida asosiy himoya turi hisoblanadi. Ikki tomonlama ta’minlanadigan hamda murakkab sxemali tizimlarda MTH yordamchi himoya sifatida ishlatiladi. MTHning tanlovchanligi sabr vaqti yordamida amalga oshiriladi.
Bir tomonlama ta’minlanadigan tarmoqlardagi har bir liniyaning boshida manba tarafdan boshlab MTH o‘rnatiladi.
Shu prinsip amalga oshsa K1 nuqtada qisqa tutashuv sodir bo‘lganda 1-himoya ishga tushib, shikastlangan liniyani o‘chiradi, 2, 3, 4-himoyalar ishga tushib ulgurmasdan ular avvalgi hollariga qaytadi.
2 – rasm. МТHning pog‘onali prinsipi
MTH sxemalari
Himoyaning prinsipial sxemalari birlashgan yoki tarqoq holda ko‘rsatilishi mumkin. Birlashgan sxemalarda relening chulg‘amlari va kontaktlari bir-birlariga tegishli ekanligi yaqqol ko‘rinib turadi.
Sxemalar murakkablashgan sari tok va kuchlanish zanjirlari hamda operativ zanjirlar alohida chizilishi lozim. Operativ zanjirlarning manbayiga qarab MTH ikki guruhga bo‘linadi:
1) o‘zgarmas tokli;
2) o‘zgaruvchan tokli.
1. O‘zgarmas tokli uch fazali sxemalar
O‘zgarmas tokli uch fazali sxema himoyaning tok zanjirida uchta fazaga o‘rnatilgan TA1, TA2, TA3 tok transformatorlari va uchta KA1, KA2, KA3 tok relelarini to‘liq yulduz usulida yig‘ib amalga oshiriladi.
Texnika xavfsizligi talablariga mos ravishda tok transformatorlarining ikkilamchi chulg‘amlari zaminlanadi. 3-rasmda MTHning uch fazali sxemasi alohida zanjirlarda keltirilgan.
Himoya qilinayotgan liniyadagi qisqa tutashuv turiga qarab bir yoki bir necha tok relesi (KA) ishga tushadi, natijada vaqt relesi KT ning chulg‘amidan tok o‘tadi
3-rasm. Uch fazali uchta releli МТH: а) tok zanjir; b) operativ zanjir

Download 219.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling