1-mavzu: «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari Reja


Download 2.33 Mb.
bet105/121
Sana02.06.2024
Hajmi2.33 Mb.
#1833632
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   121
Bog'liq
1-mavzu «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari Reja

Mebellar joylashtirish. Furshet-banket stollari odat-dagi stollardan balandroq bo‘ladi (90 sm), stollarning kengligi 1,5 m. Qo‘yilgan stollarda har bir kishiga 15— 20 sm joy mo‘ljallanadi. Stollarning har ikki tomoni-da odamlar joylashadigan bo‘ladi. Mehmonlar, banket qatnashchilari bir tomonda bo‘lishlari ham mumkin, unda stolning faqat odamlar bor tomoni bezatiladi va xizmat qilinadi.
Qo‘yilgan stollar uzunligi 10 m dan oshmasligi kerak. Banket stollari to‘g‘ri burchakli, usti kengaytiriladigan bo‘ladi. Ularni o‘rnatish shakli banket zalining maydoni va arxitektura xususiyatiga bog‘liq. Odatda stollar T, P, Sh harflari shaklida qo‘yiladi, markazda hurmatli mehmonlar uchun joy ajratiladi. Stollar orasi va stol-larning devor bilan oralig‘i 1,5 m dan kam bo‘lmasligi, mehmonlar erkin harakat qila olishlari kerak.
Furshet stollarini maxsus banket stollariga soladi-gan dasturxonlar bilan bezatiladi, dasturxon chetlari stol chetidan ancha pastda osilib turishi lozim.
Dasturxon burchaklari ichiga qaytarib qo‘yiladi. Das-turxonlarning hamma osilib turadigan pastki tomonla-ri polga nisbatan bir tekis bo‘ladi.
Zalda asosiy furshet stollaridan tashqari ofitsiant-larning yordamchi stollari ham bo‘ladi. Ular devorlar yoniga qo‘yiladi, ustida ishlatiladigan tarelkalar, anjomlar, ryumka, salfetkalar turadi. Yoniga sigaret, kuldon, gu-gurt uchun ixcham kvadrat stol ham qo‘yiladi. Bu stollarga ham dasturxon solinadi.
Furshet stollarini tuzash. Furshet stollarini tuzash-da xizmat qilish xususiyatlari hisobga olinadi. Tajri-badan shu narsa aniqlanganki, bunday banketlarda har bir kishi uchun uchtadan ryumka, bitta fujer bo‘lishi kerak.
Ichimliklar, meva, gazak uchun anjomlar oldindan qo‘yiladi. Furshet stolini yasatish shisha va billur idish-lar qo‘yishdan boshlanadi.
Qoida bo‘yicha furshet stollarining har ikki tomoni yasatiladi. Faqat hurmatli mehmonlar uchun stol bir to-monlama yasatilishi mumkin. Devor tomonga qo‘yilgan stollar ham bir tomonlama yasatiladi. Stollar uchun shisha, billur qadahlar, ryumkalar, fujerlar ajoyib bir bezak bo‘lib yarashadi.
Ikki qator tuzalgan stolning oxiriga 10—15 dona fujerni uchburchak qilib qo‘yiladi. Og‘zi pastga tomon qaratilgan bo‘ladi. Stol oxiri 15—20 sm bo‘sh bo‘lishi kerak. Fujerlar guruhi oralig‘iga ryumkalar teriladi, har YU—15 sm ga bittadan ryumka teriladi. Ryumkalar qatori markazdan (10—15 sm) stol cheti tomonda bo‘lishi lozim. Demak, ryumkalar qatori oralig‘i 20—30 sm bo‘ladi.
Gullar qo‘yilgan vazalar, mevalar, ichimlikli shisha-lar ryumkalar oralig‘iga stol markazi bo‘ylab qo‘yiladi. Pivo, ma’danli suv shishalari, meva sharbatlari, kvaslar fujerlar guruhi qatorida turadi. Taomnomada sharbat-lar ko‘rsatilgan bo‘lsa, fujerlar yoniga stakanlar qo‘yila-di, ular ryumkalar qatorida tursa ham bo‘laveradi. Spirtli ichimlik shishalari etiketkalari mehmon tomonga qara-tilgan holda turishi lozim.
Stol markazi bo‘ylab fujerlarni 5—7 donadan «ilon izi» usulida qo‘yib chiqiladi. Bunda ularning oralari 80—100 sm bo‘ladi. Ryumkalar, shishalar, fujer guruhlari orasiga esa uzunasiga meva va gullar qo‘yiladi. «Archa» usulida fujerlar guruhlar bo‘yicha teriladi. Bir stolda bir tomonga qaratiladi, ikkinchi stolda qarshi tomonga qaratiladi. Agar stol bitta bo‘lsa, markazidan stol chet-lariga tomon qo‘yiladi. Meva solingan vazalar, gullar, ichimlikli shishalar stol o‘rtasi bo‘ylab qo‘yiladi. Shi-shalarni guruh qilib yoki bir xil oraliqsa yakka-yakka qo‘yish mumkin.
Fujerlar va ryumkalar 15—18 donadan yoki ko‘proq qilib, stol bo‘ylab stol o‘qiga nisbatan 30—45° da qo‘yi-ladi. Har xil fujerlar did bilan navbatma-navbat teri-ladi.
Turli xil ryumkalar guruhlari oralig‘i 30—50 sm bo‘la-di. Ular orasiga gullar, mevalar solingan vazalar va ichim-lik shishalari qo‘yiladi. Turli ko‘rinishdagi ryumkalar, qadahlar, fujerlar keladigan odamlarga mo‘ljallab, ol-dindan qo‘yib chiqiladi. Hamma vaqt fujerlar ryumka-lardan ortiq qo‘yiladi. Furshet stoliga fujerlar, ryum-kalar qo‘yilgandan so‘ng bir taxlam (6—8 dona) gazak va desert tarelkalari keltiriladi. Taxlangan gazak tarel-kalari stol chetidan 2 sm ichkariga, stolning oxirgi to-monidan 0,7—1 m stol markazi tomon qo‘yiladi. Tarelka taxlamalari stolning har ikki tomoniga simmetrik tarzda oralari 1,5—2 m dan joylanadi, ammo stolni «ilon izi» yasatilishi bundan mustasno.
So‘ngra stol idish-tovoq, anjomlar bilan yasatiladi. Ularni guruh-guruh qilib qo‘yiladi. Vilkalar tarelka-lar miqsoriga qarab, pichoqlar ikki barobar kam qo‘yi-ladi. Gazak pichoklar tarelkalar to‘plamidan o‘ng tomon-ga, o‘tkir qismi tarelkalarga qaratib qo‘yiladi, vilka-larni o‘ng tomonga ham, chap tomonga ham qo‘ysa bo‘ladi, tishlari yuqoriga qaratiladi. Vilkalar o‘ng tomonda bo‘lga-
ni ma’qul, chunki mehmon chap qo‘li bilan tarelkani ushlaydi.
Desert vilka, pichoqlari ham yuqoridagidek teriladi; to‘rtga yoki ikkiga buklangan sochiq-salfetkalar 3—5 do-nadan desert tarelkalariga yoki ularning yoniga qo‘yila-di. Taomnomaga binoan furshet banketlarida desert ta-relkalari nazarda tutilmagan bo‘lsa, sochiq-salfetkalar gazak tarelkalari yoniga qo‘yiladi. Top-toza yuvilgan me-valar — uzum va boshqalar vazalarga uyib solinadi va stolga qo‘yiladi. Vazalar oralig‘i barobar bo‘lishi kerak. Furshet-banketda stolga ichimliklar shisha idishlar-ga qarab qo‘yiladi. Ichimliklarning hammasi sovutilgan bo‘ladi. Qizil vino va kon’yak uy harorati bo‘yicha beri-laveradi. Sharbatlar stolga butilkalarda va idishlarda, kvas, pivo, ma’danli va meva suvlari og‘zi berk shisha-larda qo‘yiladi. Ular mehmonlar banket zaliga kirishla-ri oldidan ochiladi. Shishalarning bir qismi ochilmay turadi, ularga ehtiyoj tug‘ilsa ochiladi.
Mevalar, gullar, ichimliklar stolga qo‘yilgandan so‘ng, banket boshlanishiga 30 daqiqalar qolganida gazaklar, non keltiriladi. Birinchi navbatda o‘z xususiyati va ko‘ri-nishini tezda yo‘qatmaydigan taomlar olib kelinadi. Qolganlari dasturxonga mehmonlar kelgach tortiladi. Oldin katta idishlardagi, so‘ngra kichik idishdagi gazak-lar keltiriladi.
Ko‘pchilik gazaklar chinni idishlarda olib kelinadi. Cho‘zinchoq idishlar stol o‘qidan 30—40° qilib qo‘yiladi. Gazak idishlari stol markaziga yaqinroq, stol chetidan 25—30 sm oraliqsa turadi, chunki bu yerda mehmonlarning tarelkalari, ryumkalari bo‘ladi. Har bir idishda ovqat-lar olish uchun anjomlar bo‘lishi kerak. Uvildiriq uchun kichkina kurakcha, agar u bo‘lmasa choy qoshiq qo‘yiladi. Sariyog‘ uchun pichoq beriladi.
Stol ustida albatta tuz bilan garimdori bo‘lishi za-rur. Ular stolga bir qator qilib qo‘yiladi.
Stol yasatishni tugatgach, ofitsiantlar hamma zarur narsalar joy-joyiga qo‘yilganligini tekshirib chiqishi kerak. Mehmonlar kelganiga qadar ofitsiantlarning bir qismi zalda qoladi. Bosh ofitsiant ko‘rsatmasi bilan boshqa ofitsiantlar o‘z tayyorgarlik ishlari bilan mash-
g ‘ul bo‘ladi. Furshet-banketlarda xorijiy mehmonlar qat-nashayotgan bo‘lsa, davlat bayroqlari qo‘yiladi. O‘zbekis-ton Respublikasi bayrog‘i hurmatli mehmonlardan o‘ng to-monda, banket qaysi xorijiy davlat sharafiga o‘tkazila-yotgan bo‘lsa, ular bayrog‘i chap tomonda turadi.

Download 2.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling