1-mavzu: «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari Reja


Download 2.33 Mb.
bet110/121
Sana02.06.2024
Hajmi2.33 Mb.
#1833632
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   121
Bog'liq
1-mavzu «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari Reja

Buyurtma qabul qilish. Avvalo to‘y o‘tkaziladigan zal buyurtmachiga ko‘rsatiladi. Banket o‘tkaziladigan sana va vaqt, to‘yga keluvchilar soni, banket uchun o‘tkazilgan pul summasi anikdanadi. Quyidagi masalalar oldindan hal qilib olinadi: milliy an’analardan kelib chiqqan holda xizmat qilishning o‘ziga xos xususiyatlari, kelin-kuyov-larning kelishi, kutib olinishi yoki kelin-kuyovlar meh-monlarni kutib olishi, sovg‘alari, gullar uchun joy, meh-monlarni qaysi tartibda o‘tqazilishi, issiq ovqat qachon berilishi, o‘yin-kulgi, choy berilishi va hokazolar.
Buyurtmachi bilan taomnoma, banket stollarining qo‘yi-lishi, mehmonlarni joylashtirish rejalari kelishib olinadi. Buyurtma qabul qilinganda buyurtmachiga resto-ran manzili yozilgan taklifnoma blankalari beriladi.
To‘y taomnomasiga har xil sovuq taomlar va gazaklar, qandolat mahsulotlari, mevalar, ichimliklar, bitta yoki ikkita issiq ovqat kiritiladi.
Ofitsiantlarni tayyorlash. Mebellarni joylashtirish. To‘y-banketiga keluvchilarning har 9—12 tasiga bitta ofitsiant xizmat qiladi. Bosh ofitsiant hamma ofitsi-antlarga ko‘rsatma beradi, har birining vazifasini bel-gilaydi, xizmat qilish sektorini tayinlaydi, taomlar, shampan vinosi va boshqalarning navbat bilan berili-shini tushuntiradi.
Xizmat qilishga tayyorgarlik jarayonida bir guruh ofi-siantlar mebellarni o‘rnatadi, idish-tovoq, anjomlar tay-yorlaydi, stol yasatadi, boshqalar ziravandlarni, gullarni Qo‘yadi, bufet mahsulotlarini tayyorlaydi. Xizmat qilish jarayonida esa, bir guruh ofitsiantlar taom va ichimlik-lar tarqatadi, boshqasi — foydalanilgan idish-tovoqlarni yig‘ishtiradi va hokazo. To‘yga taklif qilinganlar 20—24
kishi bo‘lsa, stollar bir qator qilib qo‘yiladi, ko‘proq bo‘lsa — T, P, Sh harflari shaklida qo‘yiladi. Bu to‘yga keluvchilar miqdori, restoran xususiyatiga bog‘liq. Birinchi bo‘lib kelin-kuyovlar o‘tiradi, kuyovning o‘ng tomonida ke-lin o‘tiradi.
Kelinning ota-onalari kuyovning chap tomonida, kuyov-ning ota-onalari kelinning o‘ng tomonida o‘tiradi. Shu qatorda kuyovjo‘ra va kelin dugonasi o‘tiradi.
Yuqorida asosan Yevropa xalkdariga taallukdi to‘y-ban-ketlar haqida gapirildi.
O‘zbekistonda nikoh to‘ylari, ayniqsa qishloq joyla-rida asosan kuyovning hovlisida o‘tadi. Bularning mil-liy an’ana, udumlarimizdan kelib chiqadigan ancha mu-rakkab tomonlari bor. Bu alohida bir mavzudir. Lekin, O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng shaharlarda nikoh to‘ylari hovlilarda o‘tkazilishi bilan bir qatorda, restoranlarda, maxsus to‘yxonalarda o‘tkazil-moqsa. Bu to‘ylarning asosiy o‘zagida o‘zbek milliy mada-niyati, an’ana, urf-odati, udumlari saqlanayotgan, mazmu-ni boyiyotgan bo‘lsa ham, shakl tomoniga ba’zi yangiliklar kirib kelayapdi. Bu haqsa ham to‘xtalmoqchi emasmiz, chunki bu ham alohida tadqiqot talab qiladigan keng mavzudir.
To‘y kechasining boshlanishiga 5—10 daqiqa qolganda bosh ofitsiant to‘y tashkilotchilariga hamma narsa tayyor, zalga kirish mumkin, mehmonlarni taklif qilamiz, dey-di. Shu payt xizmatga tayinlangan hamma ofitsiantlar zalda mehmonlarni kutadi, ularning o‘tirishlarida yor-dam beradi, so‘ngra ichimliklar va gazaklar tavsiya qiladi. Kelin-kuyov va ularning ota-onalariga alohida diq-qat-e’tibor qaratiladi. Taom, ichimliklarni ofitsiant-lar tavsiya kilib aylanib yuradi. Zaruriyat tug‘ilgan holda ofitsiantlar tarelka va anjomlarni yig‘ishtirib oladi va o‘rniga tozasini olib kelib qo‘yadi.
Mehmonlar ichib, yeyishib ancha qizib olgach, 30—40 daqiqalik tanaffus e’lon qilinishi, shu payt musiqa, ashula, raqsga tushish mumkin bo‘ladi.
Tanaffus vaqtida ofitsiantlar stol ustini tartibga soladi, bo‘shagan idish-tovoqlarni yig‘ishtiradi, tozala-rini qo‘yadi. Issiq ovqat beriladi. To‘y torti kesiladi va tarqatiladi.




  1. Download 2.33 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling