1-mavzu: «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari Reja


«Yum! brendi» koorporatsiyasi (AQSH)


Download 2.33 Mb.
bet26/121
Sana02.06.2024
Hajmi2.33 Mb.
#1833632
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   121
Bog'liq
1-mavzu «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari Reja

«Yum! brendi» koorporatsiyasi (AQSH)
«Yum!» brendi ovqatlanish xo`jaligida ishlovchi amerikancha koorparatsiya. «Yum!» 3 ta dunyo brendlari bo`lmish «Taco Bell», «KFC», «Pizza Hut»larni birlashtiradi. «Yum!» Dunyodagi tez xizmat ko`rsatuvchi restoranlari bilan mashhur hisoblanadi. Kompaniyaning dunyoda 110 dan ziyod davlatlarda 38000 ga yaqin restoranlari mavjud. 2014 yilda «Yum!» brendining daromadi dunyo bo`ylab sotuvlari orqali 13 mlrd AQSh dollariga3 yetdi.


5-rasm. «Yum!» brendi ostida faoliyat yurituvchi restoran brendlari
«Spizziko» (Italiya)


« Spizziko» «Avtogril» kompaniyasi boshqaruvidagi pitsa ishlab chiqaruvchi tez xizmat ko`rsatishga asoslangan restorandir. Ushbu restoran Italiyada joylashgan franshiz shartnomasi asosida tashkil qilingan. Uning umumiy Gretsiya, Shvetsariya, Fransiya va AQSHda joylashgan 169 ta restorani mavjud. Odatda bu restoranlar aeroportlar, temir yo`l vokzallari, katta ko`chalar, savdo markazlari va yarmarkalarda faoliyat yuritmoqda. «Spizziko» ko`pincha «Avtogril» boshqaruvidagi boshqa «Fast Food» tayyorlovchi restoranlar zanjiri bilan bir binoda joylashgan. «Spizziko» restoranlarining qulay tomoni shundaki, ular shu paytgacha mavjud bo`lgan pitsa tayyorlovchi restoranlardan farqli o`laroq pitsani sakkiz bo`lakdan bittasini, choragini, yarmini (ozgina aralashgan, ozgina mavsumiy va ozgina mahsus) ham sotadi. «Spizziko» restoranlarida pitsadan tashqari tez tayyor bo`luvchi kartoshka yoki turli xil ichimliklar, salat va shirinliklar ham sotiladi. Mijoz ovqatni restoranda yeyishi yoki o`zi bilan olib ketishi mumkin.


6-rasm. «Spizzico» xalqaro restoranlar zanjiri tarkibidagi restoran binolari
«Ringer Hut» xalqaro restoranlar zanjiri (Yaponiya)

« Ringer Hut» Yaponiyada joylashgan «Fast Food» tayyorlashga mo`ljallangan xalqaro restoranlar zanjiri nomi, unda Nagasakining Champon va Sara udon taomlari tayyorlanadi. Hamakatsu zanjirining asoschisi 1966 yilda Nagasakida ochilgan «Ringer house» nomli turistik maskan nomidan «Ringer» so`zini oldi. Shundan keyin «Pizza Hut» so`zidan «Hut» so`zini olib, qo`shdi. «Ringer Hut» boshqaruvida 550 ta Yaponiya, Tayvanda joylashgan va San Xose, Kaliforniyada 100 ta Hamkatsu(Tonkastsu restoranlar zanjiri) restoranlari bilan hamkorlikda ishlaydigan restoranlari mavjud. Ringer Hutrestoranining ikkita asosiy Fukoka va Tokiyoda rmarkazlari bor.


«Ringer Hut» «Champon» nomli Nagasaki uslubida pishiriladigan, ugrali taomi bilan tanilgan. «Champon»Xitoycha taom bo`lib, Nagasakida yashovchi xitoylik fuqaro tomonidan XIX asr oxirlarida o`ylab topilgan. «Champon» to`yimli va vitaminlarga boy taom hisoblanadi. Uning tarkibida 6 xil barra sabzavotlar(karam, sabzi, loviya novdasi, yashil no`xat, yashil piyoz va piyoz), qisqichbaqa, kalamar, baliq va go`sht, har kuni un qorishmasidan tayyorlanadigan ugradan iborat. Bundan tashqari ushbu restoranlarda xitoycha taom bo`lmish «Radna»ga o`xshash «Sara udon» nomli ovqat ham pishiriladi. «Sara udon» to`liqligicha tabiiy mahsulot hisoblanadi, unga mahsus un qorishmasidan tayyorlangan ugra ishlatiladi. Bu ugralar uchun ishlatiladigan unni dunyoning boshqa nuqtalaridan topish qiyin. Ingichka, qarsilloq ugra qimmat va ajoyib sirli sous bilan tortiladi. Ushbu sousning siri barra sabzavotlar va tovuq go`shti hisoblanadi.




7-rasm. «Ringer Hut» xalqaro restoranlar zanjiri tarkibidagi restoran binolari



Download 2.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling