1-mavzu: «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari Reja


«Quick» restoranlari (Fransiya)


Download 2.33 Mb.
bet27/121
Sana02.06.2024
Hajmi2.33 Mb.
#1833632
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   121
Bog'liq
1-mavzu «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari Reja

«Quick» restoranlari (Fransiya)

« Quick» restoranlari gamburger tayyorlovchi fastfudlarga mo`ljallangan restoranlar zanjiri hisoblanadi. Uning asosiy markazlari Berxem, Antverpen va Belgiyada joylashgan.  U 1971-yilda tashkil topgan va Yevropada mashhur fastfud tayyorlovchi restoran zanjiridir. Oxirgi yillarda uning soni yuqori darajada o`sdi. «Quick» restoranlari «McDonald's» va «Burger King» restoranlariga o`xshab ketadi. 2007-yilda ushbu restoran Fransiya hukumati tomonidan «milliylashtirildi».


Zanjir 1971-yilda ikkita restoran nomi bilan tashkil etilgan edi. Ulardan biri Antverpen shahar tashqarisida joylashgan Shoten, ikkinchisi Brussel janubida joylashgan Voterlu hisoblanadi. 2010-yil dekabr oyi ma’lumotlariga ko`ra Quick restoranlari boshqaruvida Fransiya, Belgiya, Lyuksemburg, Jazoir, Marokash va Rossiyada joylashgan 400 ta restorani mavjud. Ushbu restoranlarning 72% i franshiz shartnomasi asosida faoliyat yuritadi.




8-rasm. «Quick» xalqaro restoranlar zanjiri tarkibidagi restoran binosi va
ish faoliyatidan lavha


«Nordsee» xalqaro restoranlar zanjiri (Germaniya)

«Nordsee» Germaniyada joylashgan dengiz mahsulotlaridan «Fast food» tayyorlovchi xalqaro restoranlar zanjiri. Kompaniya xom va dudlangan baliqdan tashqri dengiz mahsulotlaridan tayyorlangan turlicha taomlar, masalan, «Fishbrochen»(baliqli sendvich), salatlar va konservalar ham sotadi. Ushbu restoran avvaliga faqat o`zining dengiz mahsulotlaridan foydalanardi, keyinchalik baliqchilardan sotib oladigan bo`ldi.


«Nordsee» 1896-yilda Bremen aholisini Shimoliy dengizdan olinadigan dengiz mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida tashkil topgan edi. Keyinchalik 1964-yilda kompaniya dengiz mahsulotlaridan tayyorlangan taomlar va xom baliqlarni sotuvchi restoran sifatida faoliyat yuritishni boshladi. Shundan so`ng «Nordsee» restoranlari soni ikki yil ichida hayratlanarli darajada 300 taga ko`paydi.
«Nordsee» restoranlari shahar markazlarida yoki aeroport vatemir yo`l stansiyalarida joylashgan. Kompaniya asosan Germaniya, Avstriya mamlakatlaridan o`rin olgan, bundan tashqari qo`shimcha Chexiya Respublikasi, Ruminiya, Slovakiya, Shvetsariya, Vengriyada va oxirgi paytlarda Kipr, Misr, Dubay, Turkiya va Rossiya mamlakatlarida shoxobchalari ochilmoqda.
2007-yilda Yevropada mustaqil faoliyat yurituvchi «Nordsee» belgisi ostida 400 tadan ortiq restoranlari mavjudligi aniqlandi. «Nordsee IHS International Ltd.» bilan hamkorlikda Yaqin Sharq bo`ylab yana 150 ta restoranlarini ochishni mo`ljallamoqda.


9-rasm. «Nordsee» xalqaro restoranlar zanjiri tarkibidagi restoran binosi va

Download 2.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling