«Caravan group» restoranlar zanjiri
Turlicha uslub, interyer, taomlarga ega bo`lgan «Caravan group» zanjiridagi restoranlar bir maqsadda – milliy an`analarni saqlab qolish uchun birlashadilar. «Caravan group» guruhi katta, o`n besh yillik tajribaga ega. Bunda yaratilgan omadli brend, tajribali oshpaz, konditer, ofitsiatlar, boshqaruvchi, marketolog, hisobchi va boshqalarni misol qilib olishimiz mumkin. «Caravan group» oilasi xodimlari o`z ishiga katta ma’suliyat yondashishi bilan ajralib turadi.
Ushbu restoran zanjiri tarkibiga Toshkent sharida joylashgan yettita restoran kiradi:
«Karavan» o`zbek restorani ;
«Chelsea» restoran-qovoqxonasi;
«Gruzinskiy dvorik» restorani;
«Affresco» restorani;
«Izumi» yapon restorani;
«Sato» restorani;
«12 stulyev» restorani.
Bugungi kunda «Caravan group» chet el kompaniyalari bila hamkorlik qilish maqsadida bir nechta shartnomalarni imzolamoqda.
«Caravan group» zanjiri tarkibidagi restoranlarida vaqti-vaqti bilan san’at ko`rgazmalari, turli davlat milliy oshxonalari festivallari o`tkaziladi.
«Caravan group» restoranlarida 500 dan ortiq xodimlar faoliyat ko`rsatadi. Bu yoshlardan iborat guruhda xodimlarning o`rtacha yoshi 25, 70%i oily va tugallanmagan oliy ma’lumotga egadir.
13-rasm. «Caravan group» zanjiri tarkibidagi Karavan restoranida
o`tkazilgan tadbir
O`zbekistonda xalqaro restoranlar zanjiri sonining kamligi unga ehtiyoj borligidan dalolat beradi. Mavjud restoranlar zanjiri asosan qimmat narxdagi taomlarni taklif qilishini bilamiz. Bundan kelib chiqqan holda O`zbekistonda arzon narxdagi taomlar tayyorlovchi restoranlar tashkil qilish, ularni bir zanjirda birlashtirish yoki chet ellardagi dunyoga mashhur restoranlar zanjirini milliy bozorimizga olib kelish yo`llarini izlash lozimdir.
Bunda mamlakat yoshlarining aksariyati uydan tashqarida ovqatlanishini hisobga olgan holda «Fast Food» tayyorlovchi restoranlar zanjirini mamlakatimizga olib kelish tavsiya etiladi. Ularda tayyorlanayotgan taomlarning arzonligi, tez muddatda tayyor bo`lishi va dunyoga tanilgan brendga ega ekanligi ushbu restoranlarning bozorimizga tezda moslashishidan darak beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |