1-mavzu: «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari Reja
Download 2.33 Mb.
|
1-mavzu «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari Reja
Bilishi kerak:
idish-tovoqlar, anjomlar, oshxona buyumlarining hamma xillarini hisobga olish va saqlash tartibi; stol yasatishning qoida va tartiblari, gullar qo‘yish; taomnoma tuzish tartibi, taom va ichimliklarning yozilishi; ofitsiant ish joyining tashkil qilinishiga talablar; oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar haqida qisqa ma’lumot; ovqatlar tavsifi taomlar, ichimliklar berish tartibi; professional etika qoidalari; banket turlari, xizmat qilishning ilg‘or shakli; ofitsiantning tashqi qiyofasiga talablar; mijozlarning restoranda o‘tirish odobi. Ofitsiant qobiliyatli kasb egasi va yuqori darajali mu-taxassis bo‘lishi kerak. Mutaxassis shaxs bo‘lgan qobiliyatli ofitsiant quyidagi psixologik sifatlarga ega bo‘lishi lozim: xushmuomalalik; insonlar bilan til topishib ketadigan; chidamli, sabr-toqatli, ruhan tetik, bosiq, o‘zini qo‘lga oladigan; ziyrak, yaxshi xotira egasi; o‘zgalar kayfiyatini sezadigan; didli, nutqi ravon, so‘zlarni tushunarli aytadigan; shakl, rang, hajmni sezadigan; diqqatni o‘ziga va boshqalarga jalb qila oladigan; hisob-kitobni tez va aniq bajaradigan; odamlar xususiyati farqiga boradigan. Ofitsiant yaxshi psixolog bo‘lishi kerak, chunki restoranga keluvchilarning kayfiyatini tez tushunishi, ularga munosib muomalada bo‘lishi, tegishli xizmatni boshlashi kerak; o‘zini to‘g‘ri anglashi, o‘z hissiyotini ongli boshqarishi lozim. Ish bo‘yicha o‘z hamkasblarini yaxshi bilishi, bir-birini tushungan holda o‘rtoqlarcha munosabatda bo‘lishi kerak. Har bir mijozga nisbatan ofitsiant mehmondo‘stlik, ziyraklik, bosiq, odoblilikni o‘zida mujassam qilgan bo‘lishi shart. Agar mijozlar biror masala bo‘yicha narigi stoldagi ofitsiantga murojaat qilib qolsalar, ofitsiant so‘zsiz quloq solishi, imkoniyati bo‘lsa bajarishi, agar imkoniyati bo‘lmasa, o‘sha mijozga xizmat qilayotgan ofitsiantni chaqirib masalani hal qilishi zarur. Bordiyu, mijoz biron-bir narsadan norozi bo‘lib, shovqin-suron ko‘tarsa, ofitsiant muloyimlik bilan, gunohkor bo‘lmasa ham, kechirim so‘rab tinchitishi kerak. Ofitsiant shunday ishlashi kerakki, zaldagilarning diqqatini o‘ziga jalb qilmasligi, mijozlar suhbatiga halaqit bermasligi idish-tovoqlarni ovoz chiqarmasdasdan hamkasblarini baqirib chaqirmasdan , mijozlarga sekin va yoqimli ovozda javob qilishi kerak. Ofitsiantning sherigi kerak bo‘lgan idishni ishlatib qo‘ygan bo‘lsa, ofitsiant nima qilishi kerak, zalda idishimni topib ber, deb janjallashishi kerakmi? Yo‘q, boshqa idish olib kelib xizmatni davom ettiraverish zarur. Ofitsiant mijozlar bilan munosabatda juda xushmuomalali bo‘lishi talab qilinadi. Biror narsa olib kelib qo‘yganda «marhamat» deyishi, «kechirasiz, taom bersam bo‘ladimi» kabi muomala qilishi kerak, agar mijoz qoshiq, vilka, salfetka va boshqalardan birontasini tushirib yuborsa, ofitsiant oldin o‘rniga tozasini olib kelib qo‘yadi va so‘ngra pastga tushgan buyumni oladi. Polga tush-gan narsani zinhor mijoz olmasin. Toza narsalarni ofitsiant patnis yoki tarelkada olib kelib berishi lozim. Ofitsiant narsalarni mijozga yaqin turgan qo‘li bilan uzatadi. O‘zbek odati bo‘yicha hamma vaqg o‘ng qo‘l bilan uzatish lozim va bu milliy an’anamiz talablariga mos keladi. Download 2.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling