Baqirmaydigan onalar


Download 21.22 Kb.
Sana28.03.2023
Hajmi21.22 Kb.
#1303466
Bog'liq
Baqirmaydigan onalar


BAQIRMAYDIGAN ONALAR
Farzandlarimiz kichkinaligida ularga baqirib-chaqirib, ba`zan urib, qo`rqitib aytganlarimizni qildira olamiz. Ho`p, ular bizdan qo`rqmaydigan yoshga yetganlaridachi, und anima qilamiz?
Ko`rsatkich barmog`ini farzandiga niqtab baqiradiga ona bilib qo`ysinki, u bolasini tarbiya qilayotgani yo`q. aksincha, bolaning qalbida ildiz otajak aybdorlik tuyg`usining ilk urug`larini qadamoqda. O`zi nega baqiramiz? Nega biz onalar farzandlarimizga ovozimizni ko`taramiz?
Onalarni hafa qiladigan, jaxlini chiqaradigan, g`azabini keltiradigan jihat bu voqea yoki farzandlarimizdagi nuqsonlar emas. O`sha voqea yoki farzandlarimizga nisbatan ongimizda paydo bo`lgan ijobiy yoki salbiy fikrlardir. Ya`ni ularga nisbatan biztomonimizdan qaratilgan nuqtai nazarimiz. Misol uchun, yomg`ir kimgadir raxmat, yana kimgadir zaxmat ekanligining sababi ham mana shunda. Shunday qilib, ko`chada yog`ib turgan yomg`ir aynan o`sha yong`ir bo`lishiga qaramay, ba`zi insonlar unga quyidagicha fikr bildiradilar:
Birinchi toifadagi odamlar tashqariga qaraydi va ufff… endi ko`chalarda mashinalar tiqilinch bo`ladi, bolalar maktabga borishayotganda ho`l va shalabbo bo`ladi, oyoq kiyim va ust boshlari loy bo`ladi. Qayerdan chiqdi bu yomg`ir-a? deydi.
Ikkinchi toifa esa huddi shu manzaraga qarab, behisob shukur! Ustimizga Allohimning rahmatlari yog`ayapti, endi su omborlari suvga to`ladi, tuproqlarga Baraka inadi. Bolajonlar esa maktabdan qaytishayotganlaridan keyin bog`larga borib, yaxshigina ho`l bo`ladilar. Ko`lmaklarda barglarni qayiq qilib suzdiradilar qabilada fikirlashlari mumkin.
Hayotdagi hamma voqea ham huddi shunaqa. Eng yuqori nuqtada, hatto o`lim ham kimnidir tor-mor etar ekan, kimdir uchundir bu holat shahodat maqomiga yetishish jumlasi bilan kutib olinadi va ulkan shukur qilishlikkayam sabab bo`lishi mumkin.
Farzandlarimiz haqida gap ketar ekan, bunda ham vaziyat bir xil. Bizni hato qilgan, jaxlimizni chiqargan, g`azab girdoblariga tashlagan farzandlarimizning aynan o`zi emas, ularning harakatlariga nisbatan ongimizda paydo bo`lgan nuqtai nazarimiz. Kim uchundir boshning toji bo`lgan bolaga yana bir uyda boshga bitgan balo sifatida qaralib, unga yomon muomala qilinadi. Agar bu ishga chuqurroq qaraydigan bo`lsak, aslida biz shavqatli, farzandi bilan kelishishb, alohida e`tibor qaratadigan va kerak bo`lsa, baqirib-chaqirmasdan ota-onalik qilishni niyat qilgan insonlarmiz. Ammo nuqtai-nazarimiz bizga to`g`ri yo`lni voqealardagi haqli sabablarni va tuyg`ularni ko`rishimizga to`sqinlik qiladi va ichimizda hujum qilishga shay turgan onani harakatga keltiradi. Sizlar uni juda yaxshi bilasizlar. Jaxli chiqqanda ikki qo`li belida, bolasiga qarab, qarg`anib, shippak uloqtiradigan, asabi buzilganda ko`zlaridan o`t sachraydigan, men senga aytmaganmidim? Hozir o`sha yerga borsam, o`zim bilganimdek qilaman va uchgacha sanagunimcha qara lekinlar bilan bolasiga tashlanadigan o`sha mashhur shaxs. Ho`p nima sababdan farzandining barmog`iga tikan kirsa joni og`riydigan onalar bu vaziyatlar qarshisida bunaqa jonzotga aylanib qolamiz.
Ongda aynan biz tuzatishimiz kerak bo`lgan nuqtai nazarlar keltirilmoqda. Tanishamiz, birinchisi: bolani yoshligida ezmasam, katta bo`lganidan keyin eplolmay qolaman. Ikki yoshida biror o`yinchoqni istagani uchun sizga baqirib-chaqirgan, o`zini yerga otgan, onasiga musht tushirgan yoki shapaloq tortib yuborgan, harhasha qilib, aqldan ozayotgan bolani ko`rganimizda hayolimizga kelgan birinchi fikir shunday bo`ladi. E voh… bu bolaga gapmni hozir o`tkazmasam, katta bo`lganidan keyin meni qanday kunga solar ekan? Buni qanday qilib eplayman? Mana shu qarashda ikkita asosiy yanglish idrok bor. Birinchisi, eplashimiz kerak ekanligini o`ylayotganimiz. Mana shu fikir ongimizni jang maydoniga aylantiradi. Farzandimiz bilan go`zal munosabatimizni urushga aylantiradi. Axir shunaqa emasmi? Eplash uchun kuch ishlatish kerak, qarshingdagi kishi bilan urishish, uni yengish zarur. Mana shu fikir farzandimiz bilan o`rtamizda bir raqib ruhiyatini paydo qiladi. Bu yo`l bilan aslida yuzaga kelishi niyat qilingan ezgulik binosi hali qurilmasdan buziladi
Ezgulik binosi dgan tushuncha farzandimizga dahlsizlik hissini berishdan boshqa narsamas. Aslida va ham tilimiz, ham holimiz va dilimiz bilan mana shu habarni yetkazishni o`z ichiga oladi. Farzandim, biz sen bilan bitta kemadamiz, sen hafa bo`lsang, men ham hafa bo`laman. Sen zarar ko`rsang, men ham zarar ko`raman. Shuning uchun hayotning to`g`ri qoidalarini va to`g`ri harakatlarini o`rgatayotganimda, seni urib, sindirib, egib, bukib emas, sening ruhiyatingni tushunib, seni tushunishga harakat qilib, qilaman bu ishlarni. Chunki seni yaxshi ko`raman degan yaxshi ma`noda siz aytgan bu go`zal jumlalar shunchalar sirli ta`sirlarni yuzaga keltiradiki, bir daqiqa oldin qaysarlik qilgan bolamiz tegishli bo`lish tuyg`usi bilan harakatga o`tib, sizga moslasha boshlaydi. Masalan, juda ko`p onalar bolasining o`yinchoqlarini yig`ishtirib yurmasligidan noliydi. Agar mehmon kelib qolsa va uy bomba tushgandek yoyilib yotgan bo`lsa, mehmondan keyin uyni terga pishib, yig`ishtirish biz onalarni jinniga aylantirishi mumkin. Sababi ko`p holda onalar hatto shu ishni ham o`z girdoblariga oladilar. Ko`p hollarda bolalarimizga qani xonangni yig`ishtir deymiz. Ular esa hozir yig`ishtira olmayman, juda charchadim, men qilmadim Oisha qildi degan javoblarni berishadi va bu bizni jaxlimizni chiqaradi. Huddi shu vaziyatda ularga o`yin tariqasida, mana mehmonlar ham ketdi, kelinglar zalda uchrashamiz, bu oilaviy yig`ilishimiz bo`ladi deb turib, zalga o`tirishsada, butun oila gilam ustiga o`tirib olib, boshni boshga qo`yib fikirlashsa va ona yok iota ana endi o`n besh daqiqa vaqt ajratib, uyimizni tartibga keltirib olamiz desa, ona oshxonani hal qilsin, ota esa zalni yig`ishtirsin, bolalar bo`lsa xonalaridagi o`yinchoqlarni qutilariga solsin, o`n besh daqiqadan keyin yana ish joyida ko`rishamiz deyishsa olam guliston. Keyin qo`llar ustma-ust qo`yilib, bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun degan shior jo`shqinlanib yangrasa, ana unda yuzaga kelgan holat bolani qanday harakatga keltirishini bir kuzatib ko`ringchi…
Ikkinchi xato fikrimiz esa farzandimiz kichkinaligida qilgan salbiy harakatlarining katta bo`lgach ortib borishiga ishonishimizdadir. Hozir oldini olmasam, keyin izdan chiqib ketadi – degan ishonch mana shunda kelib chiqadi. Holbuki, inson katta bo`lgani sari aqilli bo`lib boradi, yetuklashadi, tajriba ortadi. Yeti yoshli bola onasidan biror narsa so`raganida, ikki yoshdagi kabi baqirib-chaqirib yig`lamaydi. Albatta biz uni shunday qilishi uchun undamasak. O`n yoshdagi bola besh yoshdagi boladan farqli raavishda meva suvini o`zi siqishi mumkin, yoniga esa shirin sendvich tayyorlab turib, uni ishtaha bilan yeyishi mumkin. Chunki endi bu ishlarni qila oladgan malakaga ega. Jaxl qilish, yig`lash, krizis, injiqlik, kimnidir tishlash kabi harakatlar erta bolalikka oid bolalarga hos harakatlar farzandimiz qanday yaxshi harakat qilmaslik sabab yuzaga keladi va bolamiz o`zini ko`rsatish muammolarini insonga hos hal qilishni o`rgangach, ya`ni katta bo`lgach, ular kamaya boradi va qolib ketadi. Ammo biz ko`p holatlarda mana shu salbiy harakatlarni o`zimiz bilmagan holatda ko`paytiramiz.

Xulosa

Yuqorida aytilgan ko`plab yanglish fikirlar aslida yaxshi munosabat bildirsa yoki ko`rmaslikka olinsa yo`q bo`lib ketadigan mavsumiy qaysarlikni ulg`aytiramiz. Masalan ikki yoshli bola uchun qaysarlashish harakati mavsumiy harakat rivojlanish ehtiyoji bo`lganligi uchun qilganligi, mana shu ko`rinishdagi yaratgani ichki motivatsiyadir.


Ona buni biladi va bolani qaysarlashgan holiga u ham qaysarlashib emas, mehribonlik bilan munosabatda bo`lsa bo`ladi, qaysarlik o`tkinchi tus oladi. Ammo tamoman aksincha, sen qaysar bo`lsang men sendan battar qaysarman.
Qani ko`ramiz kim yutar ekan degan harakat qilinadigan bo`lsa, bolaning bu fe`li shaxsiy namunaga aylanib qoladi.
Mana shu sababdan ham bolalik davrining onalar uchun sehrli so`zlari bu aynan tushinish, hamdardlik, mehribonligi, qat`iy qarorlari va sabridir…
Download 21.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling