1-mavzu: «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari Reja


-mavzu: Restoran xizmatlarida texnologik jarayonlar tavsifi


Download 2.33 Mb.
bet56/121
Sana02.06.2024
Hajmi2.33 Mb.
#1833632
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   121
Bog'liq
1-mavzu «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari Reja

9-mavzu: Restoran xizmatlarida texnologik jarayonlar tavsifi
Reja:
1. Taomlar tayyorlashgacha bo‘lgan sexlar ishini tashkil etish.
2. Korxonalarda tayyorlov sexlarining ishini tashkillashtirish.
3. Maxsus sexlar ishini tashkil etish va ularning faoliyati.


1. Taomlar tayyorlashgacha bo‘lgan sexlar ishini
tashkil etish

Umumiy ovqatlantirish korxonasining asosiy vazifasi oziq-taom mahsulotlaridan taomlar tayyorlash, savdoni tashkil etish, tayyorlangan taomlarni realizatsiya qilib, mijozlarga yetkazish va sifatli xizmat qilishdir.


Eng muhim vazifani bajarishda umumiy ovqatlantirish korxonalari yuqorida aytilganlarni hisobga olishi kerak. Oziq-ovqat mahsulotlari bilan mijozlar ehtiyojini qondirish, taomning biologik xususiyatini, ta’mini, mazasini ko‘tarish, assortimentini kengaytirish lozim. Ovqatlantirish korxonasining turiga qarab bu vazifa har xil usullar bilan amalga oshiriladi. Agar oshxonada o‘zining mahsulotidangina tayyorlangan taomlar bilan savdo qilinadigan bo‘lsa, restoranda esa taomlar va sotib olib ishlatiladigan mahsulotlar assortimenti ancha keng bo‘ladi. Restoran mijozlarga taom tarqatish bilangina chegaralanib qolmaydi, bu yerda oliy darajada xizmat ko‘rsatiladi va tashrif buyuruvchilarning dam olishlarini ko‘ngilli o‘tkazish tadbirlari qo‘llaniladi.
Umumiy ovqatlantirish korxonalarida kulinar mahsulotlar tayyorlashni tashkil qilishning uch shakli mavjud:

  • mahsulotlar ishlab chiqarishni tayyorlash xomashyodan boshlanib, to iste’molgacha yetkazish;

  • chala tayyor mahsulotlardan taomlar tayyorlab, iste’molgacha yetkazish;

  • taom iste’molini tashkil qilishda uning bir qismini uylariga berib yuborishgacha va b.

Shunday qilib, harakteri bo‘yicha ishlab chiqarishni tashkil qilish to‘la va to‘la bo‘lmagan texnologik jarayonlarga bo‘linadi.
Korxonalarda xomashyoni qabul qilib olish, omborxonadan chiqarish, tayyor mahsulot ishlab chiqilib realizatsiya qilinishi bilan tugaydigan texnologik jarayonga to‘la texnologik jarayon deyiladi.

Download 2.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling