1-mavzu: «Restoran menejmenti»fanining maqsadi va vazifalari Reja


Sharqiy slavyan xalqlarining ovqatlanishiga xos xususiyatlar


Download 1.72 Mb.
bet118/128
Sana01.04.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1317668
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   128
Bog'liq
1-mavzu «Restoran menejmenti»fanining maqsadi va vazifalari Rej

3. Sharqiy slavyan xalqlarining ovqatlanishiga xos xususiyatlar
3.1. Slavyanlar pazandaligidagi umumiy o‘xshashliklar

Sharqiy slavyanlarni hozirgi Rossiya Federatsiyasida, Ukraina va Belorussiya respublikalarida yashaydigan ruslar, ukrainlar va beloruslar tashkil qiladi. Ular pazandaliklaridagi o‘xshashliklar tillari asosining, dini va madaniyat darajasining hamda iqlim sharoitlarining deyarli bir xilligi bilan bog‘liq.


Slavyanlar pazandaligiga xos umumiy xususiyatlardan biri shundan iboratki, taomlar tayyorlashda ruslar ham, ukrainlar ham, beloruslar ham dehqonchilik, chorvachilik mahsulotlaridan, baliq va tabiat in’om etadigan boshqa mahsulotlardan (o‘rmon, daryo, ko‘l, dengiz va okean mahsulotlari) keng foydalaniladi, chunki o‘tmishda bu uchta millat ajdodlari ham dehqonchilik, chorvachilik bilan shug‘ullanib kelishgan. Bu davlatlar maydonining ma’lum bir qismini o‘rmonlar tashkil qiladi. Ma’lumki, o‘rmon mahsulotlari (yovvoyi parranda va hayvonlar go‘shtlari, qo‘ziqorinlar, yovvoyi mevalar, o‘rmon yong‘oqlari va sh.o‘.) u yerda yashaydigan xalqlarning ratsionida ishlatilib kelingan va kelinadi. Bundan tashqari davlatlarning ichki suv havzalarida yetishtiriladigan baliqlar qo‘shimcha oziq-ovqat mahsuloti sifatida ishlatiladi. Ma’lumki, taom uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari turlari qancha ko‘p bo‘lsa, ulardan shuncha katta assortimentda taomlar tayyorlash mumkin. Shu sababli ham sharqiy slavyan halqlarining milliy taomlari assortimenti, Markaziy Osiyo respublikalari xalqlarining, masalan, o‘zbeklar yoki tojiklar milliy taomlari assortimentidan, juda ham katta.
Sharqiy slavyan xalqlarining asrlar davomida qo‘shni davlatlarda yashashi natijasida ular bir-birlarining milliy pazandaliklarini o‘zaro boyitib kelishgan. Shu sababdan bo‘lsa kerak, ruslar, ukrainlar va beloruslar milliy pazandaliklarida tayyorlash texnologiyasi yoki nomlanishi bo‘yicha aynan bir xil taomlar paydo bo‘lgan. Bu millatlar vakillaridan birontasi ham ot go‘shtini va undan tayyorlangan taomlarni iste’mol qilishmaydi. Lekin ular barcha uy hayvonlari go‘shtlaridan cho‘chqa go‘shtini afzal ko‘radi.
Ruslar, ukrainlar va beloruslar ajdodlarining asosiy taom pishirish jihozi pechka bo‘lib, u konstruksiyasi ruslarda ham, ukrain va beloruslarda ham deyarli bir xil va oziq-ovqat xomashyolari va mahsulotlariga issiqlik ta’sirida ishlov berishda har xil texnologik usullardan foydalanishga imkoniyat beradi. Uchta millatda ham taomlarni dasturxonga tortish tartibi bir xil: avval gazaklar, keyin esa navbati bilan birinchi, ikkinchi, shirin taomlar va issiq ichimliklar beriladi. Uchala millat vakillari ham quvvatlantirilgan kuchli alkogolli ichimliklarni iste’mol qilishadi.
Sharqiy slavyanlar pazandaliklarigaumumiy bo‘lgan xususiyatlaridan tashqari ularning har biriga xos xususiyatlari mavjud. Ular quyida ko‘rib chiqilgan.


Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling