1-mavzu: «Restoran menejmenti»fanining maqsadi va vazifalari Reja


Restoranda xizmat ko‘rsatish madaniyati


Download 1.72 Mb.
bet20/128
Sana01.04.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1317668
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   128
Bog'liq
1-mavzu «Restoran menejmenti»fanining maqsadi va vazifalari Rej

2. Restoranda xizmat ko‘rsatish madaniyati

Umumiy ovqatlantirish korxonalarida mijozlarga xizmat ko‘rsatish, tegishli axloqiy tartib-qoidalarga rioya qilish, zimmadagi vazifalarni bajarish - bu soxaning madaniyatini belgilaydi.


Umumiy ovqatlantirish korxonalarida madaniy xizmat qilish quyidagi ko‘rsatkichlar va baholariga ega:

  • xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning mijozlar bilan o‘zaro munosabatlari, ularning xizmat qilish usuli;

  • xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning ko‘rinishi, kiyim shakli va poyafzallari belgilangan talabga javob berishi, har bir xodimning shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishi;

  • umumiy ovqatlantirish korxonalari binosining ichki ko‘rinishi, oshxona idish-tovoqlari va anjomlari, sochiq va dasturxonlarining sanitariya holati;

  • umumiy ovqatlantirish korxonalari oshxonasining idish-tovoqlari va anjomlari, inventar va jihozlari bilan to‘la ta’minlanganligi;

  • taom va ichimliklar, ovqat mahsulotlari assortimentiga rioya qilishi;

  • mijozlarga tez xizmat ko‘rsatish;

  • musiqa xizmatining sifati;

  • qo‘shimcha xizmatlarning mavjudligi.

Xizmat ko‘rsatish madaniyatining bahosi besh ballik shkala bilan belgilanadi. Nazorat qiluvchi organlarda tekshiruv natijalari va mijozlar fikrlari hisobga olinadi. Bu haqda respublikaga xos tartib-qoidalarga rioya qilinadi. Umumiy ovqatlantirish korxonalarida, jumladan, restoranlarda xizmat ko‘rsatish darajasi quyidagilar asosida belgilanadi.
Restoranning tashqi bezagi:

  • nomi yozilgan lavhalar va ko‘rsatkichlar;

  • qulay va manzarali ko‘rinishlar.

  • restoranning old tomonini yoritish vositalari bilan bezash va b.

Mehmonlarni kutib olish:

  • xushmuomalalik bilan mijozlarni kutib olish va tezlik bilan til topishish;

  • doimiy mijozlarga alohida e’tibor berish;

  • mijozlarga e’tibor va yon berish;

  • xizmat qiluvchilarda dimog‘dorlik bo‘lmasligi kerak.

    Download 1.72 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling