2. Restoranda xizmat ko‘rsatish madaniyati
Umumiy ovqatlantirish korxonalarida mijozlarga xizmat ko‘rsatish, tegishli axloqiy tartib-qoidalarga rioya qilish, zimmadagi vazifalarni bajarish - bu soxaning madaniyatini belgilaydi.
Umumiy ovqatlantirish korxonalarida madaniy xizmat qilish quyidagi ko‘rsatkichlar va baholariga ega:
xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning mijozlar bilan o‘zaro munosabatlari, ularning xizmat qilish usuli;
xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning ko‘rinishi, kiyim shakli va poyafzallari belgilangan talabga javob berishi, har bir xodimning shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishi;
umumiy ovqatlantirish korxonalari binosining ichki ko‘rinishi, oshxona idish-tovoqlari va anjomlari, sochiq va dasturxonlarining sanitariya holati;
umumiy ovqatlantirish korxonalari oshxonasining idish-tovoqlari va anjomlari, inventar va jihozlari bilan to‘la ta’minlanganligi;
taom va ichimliklar, ovqat mahsulotlari assortimentiga rioya qilishi;
mijozlarga tez xizmat ko‘rsatish;
musiqa xizmatining sifati;
qo‘shimcha xizmatlarning mavjudligi.
Xizmat ko‘rsatish madaniyatining bahosi besh ballik shkala bilan belgilanadi. Nazorat qiluvchi organlarda tekshiruv natijalari va mijozlar fikrlari hisobga olinadi. Bu haqda respublikaga xos tartib-qoidalarga rioya qilinadi. Umumiy ovqatlantirish korxonalarida, jumladan, restoranlarda xizmat ko‘rsatish darajasi quyidagilar asosida belgilanadi.
Restoranning tashqi bezagi:
nomi yozilgan lavhalar va ko‘rsatkichlar;
qulay va manzarali ko‘rinishlar.
restoranning old tomonini yoritish vositalari bilan bezash va b.
Mehmonlarni kutib olish:
xushmuomalalik bilan mijozlarni kutib olish va tezlik bilan til topishish;
doimiy mijozlarga alohida e’tibor berish;
mijozlarga e’tibor va yon berish;
xizmat qiluvchilarda dimog‘dorlik bo‘lmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |