1-mavzu: «Restoran menejmenti»fanining maqsadi va vazifalari Reja


Yaqin Sharq va arab mamlakatlarida restoran faoliyati


Download 1.72 Mb.
bet128/128
Sana01.04.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1317668
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   128
Bog'liq
1-mavzu «Restoran menejmenti»fanining maqsadi va vazifalari Rej

3. Yaqin Sharq va arab mamlakatlarida restoran faoliyati

Araviya yarim oralida yashovchi ko‘chmanchi arablarning pazandachiligi o‘zgacha. Ularning ratsionida sut mahsulotlari, ayniqsa chakki (laban), pishloq va xurmo alohida o‘rin egallaydi. Go‘sht, oddiy chorvadorlar va dehqonlar uchun bayram taomi hisoblanadi. Sutni qizdirib quruq sutga o‘xshash kukun tayyorlashadi va iste’mol qilishdan oldin suvda eritishadi. Issiq paytlarda suv bilan aralashtirilgan chakki ichishadi.


O‘troq arablarning asosiy taomi – arpa noni, gohida bug‘doy noni, yormadan tayyorlangan bo‘tqalar, qaynatilgan loviya, sabzavotlar, oshqovoq, mevalardan tashkil topgan. Keng tarqalgan taom, burgul-ma’lum ishlov berilgan bug‘doy yoki makkajo‘xoridan tayyorlangan bo‘tqa ustiga chakki yoki tantanali kunlarda go‘sht bo‘lakchalari bilan beriladi. Ovqat ustiga qizil qalampur va ziravorlar sepiladi.
Ko‘p viloyatlarda xurmo xuddi donlar kabi ahamiyatga ega. Xurmodan boshqa mahsulotlar bilan birgalikda turli taomlar, aroq; pista palmasi sharbatidan shakar olishadi va alkogolli ichimlik - lakbi tayyorlashadi.
Arablarning mehmondorchiligi juda cheksiz: uyida mehmon - eng muhim voqea hisoblanib, to‘kin-sochin dasturxon yozishadi. Rus jurnalisti A. Stupak Yemenda bo‘lib ta’surotlarini quyidagicha yozadi: ”Tantanali tushlik tarvuz va qovun bilan boshlanib, keyin “bint es-saxn”-eritilgan sariyog‘ va asalga botirilgan shirin hamir mahsuloti berishadi. Barra go‘shtidan keyin mehmonlarga “xelba”-qaynatilgan go‘sht sous bilan beriladi. Tushlik bulon bilan tugallanadi.Ovqatni qo‘l bilan iste’mol etib, ustidan suv ichishadi.
Araviya yarim oroli arablarining yoqimli ichimligi qahva hisoblanadi. Qahva avval Yemenga va keyin XVI asrda shimoliy Araviyaga keltirilgan. Qahva tayyorlash, mehmonlarni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan murakkab va tantanali marosim hisoblanadi. Odatga ko‘ra qahvani uy egasi tayyorlaydi. Buning uchun metal tayoqcha bilan qahva donini aralashtirib turib qovuradilar va maxsus o‘g‘irchada, ma’lum ritmga rioya qilib maydalab ezadilar. Qahvani qaynatish uchun choynakka o‘xshash mis yoki latun idishidan foydalanadilar.
Tayyor ichimlik dastali piyolachalarda yoshi ulug‘ligiga qarab navbat bilan tarqatiladi. Hurmatli mehmonlar uchun uch marotiba qahva uzatishadi va undan keyingisiga mehmon minnatdorchilik bildirib, qahvani rad etishi mumkin. Qahvani shakarsiz, ko‘pincha chinnigul (gvozdika) va hil (kardamon) bilan yoki boshqa xushbo‘y ziravorlar bilan iste’mol etishadi. Lekin, musurmonlarning asosiy ichimligi choy hisoblanadi. Shirin choy, qora choy, mevali choy shimoliy Afrika, Tursiya, shuningdek Yemenda kunning xohlagan paytida iste’mol etilishi mumkin.
Diniy urf-odatlarga ko‘ra musurmon davlatlarida alkogolli ichimliklar ichish taqiqlangan. Sharqda mineral suvi yoki chashma suvi, muz qo‘shilgan meva sharbati va boshqa xil sharbat, sut, ayron iste’mol etishadi.


1D. I. Abidova. “Restoran servisini tashkil qilish” o‘quv qo‘llanma ToshkenT – 2011, 15-bet




Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling