1-mavzu: «Restoran menejmenti»fanining maqsadi va vazifalari Reja
Hindilar, hindistonliklar pazandaliklariga va ovqatlanishiga xos xususiyatlar
Download 1.72 Mb.
|
1-mavzu «Restoran menejmenti»fanining maqsadi va vazifalari Rej
6.4.2. Hindilar, hindistonliklar pazandaliklariga va ovqatlanishiga xos xususiyatlar
Bundan oldin ta’kidlanganidek, Hindiston o‘ta ko‘p millatli mamlakat. Millat taomlarining umumiy assortimenti ham o‘ta katta. Assortimenti, taomlar ta’mi, hidi rangligi bo‘yicha Hindiston xalqlarining pazandaligini faqat fransuzlar va xitoyliklar pazandaliklari bilan taqqoslash mumkin. Hindiston xalqlari pazandaligi o‘zining dongdorligi bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turadi. Faqatgina Hindistonda nafaqat boshqa mamlakatlardan keladigan mehmonlarni, hatto hindistonliklarning o‘zlarini ham hayratda qoldiradigan taomlarni totib ko‘rish mumkin. Buni hind yozuvchisi Rabindrat Tagorning quyidagi yozib qoldirgan fikrlari yaqqol tasdiqdaydi. U shunday deb yozadi: “Bir kuni meni u ayol kecha pishirilgan, uvalalanib ketadigan guruch va alampirdan tayyorlangan qayla bilan mehmon qildi. Menda shunday hissiyot paydo bo‘ldiki, go‘yoki menga hayotda boshqa hech narsa kerak emasdek edi. Yuqorida ko‘rsatilgan sabablarga ko‘ra dunyoning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan mamlakatlarida, masalan, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Fransiya va Germaniya kabilarda hindistonliklar taomlari restoranlari tashkilqilingan. Bugungi kunda faqat buyuk Britaniyada Hindiston taomlari restoranlari soni 7000ga yaqin. Hindiston xalqlari pazandaliklarining shakllanishi tarixiga quyidagi omillar juda katta ta’sir ko‘rsatgan: Hindistonga yashash uchun ko‘chib kelgan millatlar va elatlar, hamda Hindistonda uzoq yillar davomida mustamlakachilik qilgan davlatlar xalqlarining pazandaliklari; Dinlar va boshqa ta’qiqlar; Issiq iqlim sharoiti va bu yerda yashaydigan xalqlarning boshqa tirik jonlarga bo‘lgan munosabati va boshqa omllar. Hindiston xalqlari pazandaliklari ko‘chib kelgan va mustamlakachilik qilgan xalqlar pazandaliklari hisobidan faqat boyib va rivojlanib kelgan. Masalan, Hindistonliklar fransuz pazandaligidan sufle va bagett, ingliz pazandligidan esa puding, anchausli buterbrodlar, qo‘y boshidan ilvira va boshqa taomlar tayyorlash texnologiyalarini ijobiy o‘zlashtirishgan. Bundan tashqari portugaliyaliklardan achchiq qizil qalampirni qabul qilishgan. Bugunki kunda aksariyat Hindiston xalqlarining ratsionini achchiq qizil qalampirsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Mahalliy xalqlar pazandaliklarining rivojlanishiga ayniqsa Markaziy Osiyodan kelgan bobur avlodlari pazandaligi juda ham katta ta’sir ko‘rsatgan. Hindistonliklar ulardan guruchdan yog‘li palov tayyorlash, biriyani (qovurma), ichiga bodom, quritilgan mevalar yoki shirin qaymoq solingan non turlarini va boshqa taomlar tayyorlash texnologiyalarini ham qabul qilgan. Bugungi kunda Hindistonda keng tarqalgan tandir konstruksiyasi ham birinchi marta Markaziy Osiyolik musulmonlar tomonidan keltirilgan. Yana shuni ta’kidlash lozimki, bugungi kunda va bundan oldin boshqa mamlakatlardan ko‘chib kelgan millat va elatlarning gavjum yashaydigan joylarida ular milliy taomlari faqat ularning o‘zlari tomonidan tayyorlanibgina qolmasdan bu yerda yashaydigan xalqlar hindlar va boshqa millatlar pazandaliklarida ham tayyorlanib kelingan va tayyorlanadi. Shu sababli ham boshqa millatlar va elatlar pazandaliklaridan o‘zlashtirilgan taomlar asrlar davomida hindlarning milliy taomlariga aylanib borgan. Bundan tashqari hozirgi Hindiston hududida yashagan hind qabilalari ham bir-birlarining milliy taomlarini va taom iste’mol qilish madaniyatini o‘zaro ijobiy o‘zlashtirib va o‘zlarining pazandaliklarida mujassamlashtirib kelishgan. Shu sabablarga ham ko‘ra hindlar taomlarini internatsional harakterga ega deyishi mumkin. Bugungi kunda Hindistonda turli dinlarning, diniy dunyoqarashlarning va ovqatlanish bo‘yicha o‘zlarining qonun-qoidalariga ega bo‘lgan 3.5 mingga yaqin maxsus guruhlarning (kastalarning) mavjud bo‘lishiga qarmasdan Hindiston xalqining ovqatlanishiga quyidagi ikkita din katta ta’sir ko‘rsatgan: induizm va islom dini. Induizm mol go‘shtini, islom dini esa cho‘chqa go‘shtini iste’mol qilishga ruxsat bermaydi. Shu bilan birga islom diniga itoat qiluvchi hindistonliklar qo‘y, echki va parranda hamda yovvoyi hayvonlar go‘shtlarini bemalol iste’mol qilishavermaydi. Hindlar uchun sigir muqaddas hisoblanadi. Uning go‘shtini nafaqat hindlar, hatto musulmonlar ham iste’mol qilishmaydi. Bundan hindlar umuman go‘sht yemas ekan degan xulosa chiqarish xato bo‘ladi, chunki hindlar orasida ham go‘shtli taomlarni iste’mol qiladiganlar bor. Masalan, Goa mintaqasida hindlar tomonidan cho‘chqa go‘shti ko‘p iste’mol qilinadi. Aholining deyarli 20%ga yaqini go‘sht mahsulotlarini itse’mol qilishi hisobga olinsa, Hindistonni vegetarianlar, ya’ni go‘sht yemaslar mamlakati deyish mumkin. Demak, hindilar pazandaligiga va ovqatalanishiga xos eng muhim xususiyatlardan biri shundan iboratki, aholining deyarli 80% i go‘sht va baliq mahsulotlarisiz ovqat iste’mol qilishadi. Vegetarian hindlarni mamlakatning barcha joylarida uchratish mumkin. Lekin ular asosan Hindistonning janubiy qismida yashaydi. Yana shuni ta’kidlash lozimki, vegetarianlar nafaqat hinidlar o‘rtasida, musulmonlar va xristianlar orasida ham uchraydi. Hatto bir oilada vegetarianlar va go‘shtli taomlarni iste’mol qiladiganlar bo‘lishi mumkin. Mamlakatning janubida yashaydigan hatto musulmonlar ham induizm diniga itoat qiladigan vegetarian hindilarga hurmat yuzasidan mol go‘shtini ite’mol qilishmaydi. Hind vegetarianlar ham ikki guruhga bo‘linadi: qat’iy va noqat’iy vegetarianlar. Qat’iy vegetarianlar mamlakatning janubida yashashadi va faqat o‘simlik mahsulotlarini iste’mol qilishadi va ulardan tayyorlangan taomlar bilan ovqatlanishadi. Qat’iy vegetarianlar barcha o‘simlik mahsulotlarini ham iste’mol qilishavermaydi. Ular piyoz va sarimsoqpiyozni umuman iste’mol qilishmaydi. Xuddi shuningdek, pomidor va osh lavlagisi ham iste’mol qilinmaydi. Vegetarian hindilar fikricha ularning rangi xuddi qon rangiga o‘xshash qizil. Noqat’iy vegetarianlar piyozni ham, pomidorni ham, osh lavlagisini ham iste’mol qilishaverishadi. Bundan tashqari ular sut va tuxumni hamda ulardan tayyorlangan mahsulot va taomlarni ham iste’mol qilishaveradi. Lekin vegetarianlar nafaqat go‘sht mahsulotlaridan, baliq va balq mahsulotlaridan taom sifatida foydalanishmaydi. Yuqorida ko‘rsatilgan sabablarga ko‘ra janubiy Hinidiston aholisi ratsionining asosini yormalardan guruch, shirin qalampir va boshqa ho‘l sabzavotlar, sariq chechevitsa, xurmo (finiki), kokos yong‘og‘i, tashkil qiladi. Shu sababli ham Janubiy Hindiston aholisining taomlarini tayyo1rlashda go‘sht va bvaliq mahsulotlari umuman ishlatilmaydi. Taomlar asosan guruchdan, sabzavotlardan ziravorlar qo‘shib tayyorlanadi. Bu yerda karri ziravorlari bilan tayyorlangan sabzavot taomi (bxudjia), karri sousli chechevitsa, marinadlar qiymasi solingan chuchvara, ezilgan sabzavotlar yoki faqat bodring va yalpiz aralshatirilgan yogurt taomlari keng tarqalgan. Bu yerda non ham guruch unidan tayyorlanadi. Vegetarian taomlar o‘tkir ta’m va hidga ega. O‘tkir achchiq ta’mni qo‘shimcha mahsulotlapr sifatida barcha taomlarga qo‘shiladigan achchiq qizil qalampir beradi. Hindistoning janubida vegetarianlikning rivojlainishida, adabiyotlardagi ma’lumotlarga ko‘ra, birinchidan, induizm, ikkinchidan, mamlakatning janubi azaldan issiq iqlim sharoitiga ega bo‘lganligi sababli go‘sht va baliq mahsulotlarini saqlashga imkoniyat bo‘lmagan, uchinchidan, bu yerda yashaydigan hindlarning ajdodlariga go‘sht yeydigan qabilalr va musulmonlarta’siri o‘ta kam bo‘lgan. Shu sababli ham mamlakatningjanubida vegetarianlikning shakllanishida qator ob’ektiv sabablar mavjud bo‘lgan. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan Hindistonning janubida yashaydigan hindilar umuman go‘sht yemas ekan degan xulosa chiqarish mumkin emas, chunki mamlakatning janubida yashaydigan hindilar orasida ham go‘sht mahsulotlarini iste’mol qiladigan kishilar ham mavjud. Lekin ular ham mol go‘shtini iste’mol qilishmaydi. Masalan, Goa tumani hududida yashaydigan hindular cho‘chqa go‘shtini juda ko‘p iste’mol qilishadi. Ular taomlar tayyorlashda tovuq go‘shtidan ham foydalanishadi. Hindistonning janubida yashaydigan hindilar ovqatlanishiga xos asosiy xususiyatlardan yana biri shundan iboratki, taomlarni hech qanday instrumentlarsiz chap qo‘l panjalari yordamida iste’mol qilishadi. Go‘sht mahsulotlarini iste’mol qilishda Hindistonning janubida va shimolida yashaydigan aholi o‘rtasida katta tafoqut bor. Mamlakatning shimol qismi hindilardan tashqari musulmonlarning gavjum yashash joyi hisoblanadi. Bu yerda yashaydigan aholi go‘sht mahsulotlarini juda ko‘p iste’mol qiladi. Lekin bu yerda ham hindilar mol go‘shtini umuman iste’mol qilishmaydi, bundan tashqari bu yerda vegetarianlar ham yashaydi. Mamlakat shimolida yashaydigan aholining asosiy qismini musulmonlar tashkil qilganligi sababli bu yerda tayyorlanadigan taomlar hozirgi Markaziy Osiyo mahalliy xalqlarining milliy taomlariga o‘xshaydi. Bu yerda taomlarni tayyorlashda ziravorlar, go‘sht mahsulotlari va sariyog‘dan ko‘p foydalanishlari natijasida taomlari xushxo‘r va to‘yimli bo‘ladi. Taomlar maydalangan yong‘oq va za’faron bilan sepib beriladi. Go‘sht turlaridan qo‘y, echki va uy hamda yovvoyi parranda go‘shtlari ko‘p ishlatiladi. Shimoliy Hindiston aholisining ovqatlanishiga xos xususiyatlardan yana biri iboratki, bu yerda Janubiy Hindistonga nisbatan guruch emas,bug‘doy doni mahsuloti bo‘lgan un ko‘p ishlatiladi. Albatta taomlar tayyorlashda guruchdan ham foydalaniladi, lekin u janubiy Hindistondagidek aholi ratsionining asosini tashkil qilmaydi. Hamirdan turli xil non mahsulotlari – chapati, puri, non va shugna o‘xshaganlar tayyorlanadi. Shimoliy Hindiston aholisi go‘sht mahsulotlaridan tashqari baliq go‘shtini ham iste’mol qilishadi. Bu yerda oziq-ovqat mahsulotlari sifatda sut va tuxum ham keng ko‘lamda ishlatiladi. Sutdan achitilgan sut mahsulotlaridan tashqari sariyog‘ olinadi. Sariyog‘ga bo‘lgan e’tibor bu yerda juda ham katta. Sariyog‘ sigir mahsuloti bo‘lgan sutdan olinganligi sababli unga tabarruk mahsulot sifatida qarashadi va uni ko‘p miqdorlarda ishlatish farovonlik va moddiy ta’minlanganlik timsoli deb hisoblashadi. Shuning uchun sariyog‘ ko‘p miqdorlarda deyarli barcha taomlarga qo‘shiladi. Mamlakatning shimolida yashaydigan musulmonlarning sevimli taomlari mit karri (prostokvashada-іatiіda karri ziravori bilan іґshib dimlangan іґy gґshti), kimu (ziravorlar solib tayyorlangan іґy gґshti іiymasi), rogan-josh (karri sousida dimlangan іґy gґshti), gushtaba (yogurtga solingan ґtkir ta’mli tefteli), biriyani (qovurilgan tovuq yoki qo‘y go‘shti guruch va apelsin sousi bilan), tandirda toblab pishirilgan tovuq, qo‘y yoki baliq go‘shti va kebab hisoblanadi. Hindiston shimolida yashaydigan aholining ovqatlanishiga xos xususiyatlardan yana biri shundan iboratki, bu yerda ham taomlar instrumentlarsiz, lekin o‘ng qo‘l bilan iste’mol qilinadi. Keyin qo‘l panjalari maxsus idishda beriladigan suvda chayqaladi va sachoq bilan surtib olinadi. G‘arbiy hindistonliklar ratsionining asosini okean va daryolarin’om etadigan baliq va nobaliq mahsulotlari tashkil qiladi. Ular asosan har xil usullar yordamida qovurilgan va dimlab pishirilgan holatlarda iste’mol qilinadi. Shu sababdan ham baliq va nobaliq mahsulotlaridan tayyorlanadigan taomlar assortimenti juda katta. Ulardan bamilo va hindiston lasosi baliqlaridan tayyorlanadigan, daxi-mach (imbirli yogurtga solingan karri ziravorli baliq), maylai (karri ziravorli krevetkakokos yong‘og‘i bilan) kabi taomlar nafaqat mamlakat g‘arbida, butun Hinidston bo‘yicha keng tarqalgan. Hindisionning janubida va shimolida yashaydigan xalqlarning, millatidan va qaysi dinga sig‘inishidan qatiy nazar, ovqatlanishiga xos umumiy xususiyatlardan biri – oziq-ovqat sifatida dukkakli va sabzavot mahsulotlarini juda ko‘p iste’mol qilishidir. Janubiy va shimoliy mintaqa xalqlarining pazandaliklarida dukkakli mahsulotlardan va sabzavotlardan tayyorlanadigan tayyorlanadigan taomlar taomlarning ulushi ham juda katta. Bundan tashqari Hindistonda ovqatlanishni maydalangan yong‘oq (betel yong‘og‘i) va ziravorlar solib o‘ralgan betel bargini chaynash bilan tamom qilish urf-odati qabul qilingan. Adabiyotlardagi ma’lumotlrga qaraganda betel bargi va unga o‘ralgan yong‘oq va ziravorlar taom hazm qilish jarayonini yaxshilaydi. Tayyor taomlarni dasturxonga uzatish bo‘yicha milliy hind an’analari shakllangan. Bu mamlakatda qabaul qilingan an’anaga ko‘ra “katori” deb nomlanadigan va bir porsiyaga mo‘ljallangan metall idishlarga solinadi. Katorilar mis yoki zanglamaydigan po‘latdan yasalgan kata talilarga (patnis) qo‘yiladi. Katorini tali ustida joylashtirishda ham ma’lum bir qoidalarga rioya qilinadi, masalan, talining o‘rtasiga qaynatilgan guruch solingan qatori, chap qo‘l tomonga suv solingan metall stakan, taomlar solingan boshqa idishlar esa guruch atrofida joylashtriladi. Talining chekkalaridagi joylarda esa tuz, barra bodring va limon bo‘lakchalari solingan idishlar qo‘yiladi. Hindiston xalqlarining pazandaliklariga xos umumiy xususiyatlarning eng asosiylaridan biri shundan iboratki, butun mamlakat bo‘yicha taomlar ziravorlar, turli ta’m va hid beradigan qo‘shimcha mahsulotlar qo‘shib tayyorlanadi. Ma’lumotlarga qaraganda ularning soni 30 ga yaqin. Ziravorlar va qo‘shimcha mahsulotlar nafaqat birinchi va ikkinchi issiq taomlarga, shirin taomlar va ichimliklarga ham solinadi. Hindiston xalqlarining taomlariga xushxo‘r hid, ta’m va rang berish maqsadida qo‘shiladigan ziravor va qo‘shimchalarning ba’zilari ular solingan taomlarning oziq-ovqat va biologik qiymatlarini oshiribgina qolmasdan, davolash xususiyatlariga ham ega. Hindiston xalqlari milliy taomlarini va ichmliklarini tayyorlashda quyidagi ziravor va qo‘shimchalardan keng miqyosda foydalanishadi: - asafetida – spesifik hidga ega bo‘lgan ziravor. Shu sababli taomlarga kam miqdorlarda qo‘shiladi. Asosan tovuq go‘shtidan tayyorlanadigan taomlar uchun ishlatiladi. - atirgul g‘unchalari – guruchdan tayyorlanadigan taomlarga va sabji taomiga (sabazavotli taom) taomiga solinadi; - zanjabil (imbir) - sabzavotlardan tayyorlanadigan taomlarga (sabji) va ichimliklarga qo‘shiladi; - kalinja – piyoz urug‘iga o‘xshagan qora rangli ziravor. Hind an’anaviya taomlarining barchasiga qo‘shib tayyorlanadi, taom hazm qilish jarayonini yaxshilaydi; - kardamon – guruch, sabzavotli (sabji) va shirin taomlarga solib tayyorlanadi; - koriandr (kashnich urug‘i) – kukun holda taomlarga qo‘shiladi; - kinza – barglari faqat taomlarni bezash uchun ishlatiladi. Uni petrushka ko‘kati bilan Hindistonda almashtirilmaydi; - tayoqcha shaklida koritsa kukuni – sabji taomini va guruchni tayyorlashda ishlatiladi; - kayen qizil qalampiri – og‘izni juda kuchli kuydiradigan ziravor mahsulot. Undan asosan vegetarian taomlarni tayyorlashda foydalaniladi; - kurkuma – kuchli ifloslaydigan kukun shaklidagi sariq rang beruvchi ziravor. Kiyimlardagi kurkuma dog‘lari umuman ketmaydi. Shuning uchun ham undan foydalanishda juda ehtiyot bo‘lish lozim. U taomlarga sariq rang berish maqsadida qo‘shiladi; - gorchitsa urug‘lari – asosan sabzavotli taomlarga qo‘shib tayyorlanadi. U achchiq ta’m beradi. Urug‘lar rangi qancha qora bo‘lsa, ularning ta’mi shuncha achchiq bo‘ladi. - hindiston zirasi (jira) – qovurilgandan keyin ishlatiladi. Butunlayicha – guruch, sabji va dalga (har xil dukkakli mahsulotlar qo‘shib tayyorlangan sabzavotli suyuq taom), kukun shaklida esa raytq taomiga (yogurtga solingan sabzavotlar yoki mevalar), ichimlik va boshqa qator taomlarga qo‘shiladi; - qora murch (chyornqy peres) – Markaziy Osiyo respublikalarida yetishtiriladigan va ishlatiladigan murchga nisbatan ancha o‘tkir hid va ta’mga ega bo‘lib, qator an’anaviy taomlarga qo‘shib tayyorlanadi; - qora tuz – binafsha rangli ziravor bo‘lib aksariyat mahsulotlarga qo‘shilganda sasigan tuxum hidini beradi. Shuning uchun ham bu ziravor tarvuz eti ustidan sepib beriladi; - chat masala – taomlarga tansiq ta’m beradi. U rayti, sabji taomlariga va ba’zi gazaklarga qo‘shiladi; - chatni – bu ziravor ikki xil bo‘ladi: o‘tkir va shirin ta’mli. Shirinliklar va ichimliklardan tashqari barcha taomlarga alohida iidishlarga beriladi. Yuqorida ko‘rsatilganlardan tashqari aksariyat milliy hind taomlari turli yong‘oqlarning maydalangan mag‘zi qo‘shib tayyorlanadi. Ziravor va qushimcha mahsulotlarning bir nechalarini birga qo‘shib va turli nisbatlarda ishlatilishi bir-birlariga o‘xshamaydigan ta’mi, hid va rangi bo‘yicha bir xil asosiy mahsulotdan bir necha xil taomlarni tayyorlashga imkon beradi. Nomlari yuqorida qayd qilingan ziravor va qo‘shimcha mahsulotlardan tashqari Hindistonda turli ziravorlar aralashmalari har xil nisbatalarda ishlab chiqariladi. Ular qatoriga karri, garam masala va Kitchen King aralashmalari kiradi. Ulardan eng muhimi karri hisoblanadi. Uning asosini faqat Hindistonda o‘sadigan karri o‘simligining barglari tashkil qiladi. Karri aralashmasi tarkibiga, karri bargidan tashqari o‘nlab ziravorlar (kurkuma, kardamon, imbir, koriandr, mak, muskat yong‘og‘i, chili qalampiri, rim kamni va gorchitsa mevalari, qora murch, pajitnik urug‘lari va boshqalar) kiradi. Karri kukun shaklida ishlab chiqariladi va suv qo‘shilganda sousga o‘xshagan quyuq massa hosil qiladi va taomlarga nordon-achchiq ta’m beradi. Karri har xil miqdorlarda go‘shtli, sabzavotli, baliqli va boshqa taomlarga qo‘shilib tayyorlanadi. Garam masala bir necha ziravorlar (koriandr, kurkuma, atirgul g‘unchalari, koritsa, hindiston zirasi va qora murch) dan iborat bo‘lib, kukn shaklida ishlab chiqariladi. Uning uchun ziravorlar tovada yog‘siz qovurib olinadi va keyin maxsus mashinalarda kukun hosil bo‘lguncha maydalanadi. Kitchen King ham bir necha xil ziravorlar aralashmasidan iborat. Uning asosini kurkuma, koriandr, asafetida va boshqa ziravorlar tashkil qiladi. Hindilar va hindistonliklarning ovqatlanishiga xos xususiyatlardan yana biri shundan iboratki, ular shirin tomlar sifatida sut pudinglarini, gul suviga bulangan tvorogdan tayyorlangan shariksimon mahsulotlarni (rassgulla), un, yogurt va ezilgan mindaldan ishlab chiqarilgan shirinlikni (gulab-jamun), hindilar muzqaymog‘ini (kulfi), siropga solingan oladyalarni (jaleba), shirin sousli sut ko‘pigidan tayyorlangan mahsulotni (razmalay), har xil mahsulotlar qo‘shilib quritilgan sutdan tayyorlangan shirinlikni (baffi) sevib iste’mol qilishadi. Bulardan tashqari desert sifatida Hindistonda yetishtiriladigan mevalar (anor, mango, o‘rik,, mandarin, apelsin, bananlar, klubnika,papayya, goava, linchi va sh.o‘.) taklif qilinadi. Hindistonliklarning ovqatlanishi to‘g‘risida yana shunga e’tibor qilish o‘rinli bo‘ladiki, mamlakatning janubida yashaydigan hindilar taomlari achchiq-nordon ta’mga ega. Bunday xususiyatlarni taomlarga ko‘p miqdorlarda qo‘shiladigan achchiq qizil qalampir va karri ziravorlar aralashmasi beradi. Mamlakatning janubidan shimoliga qarab taomlar achchiq ta’mining intensivligi pasayib boradi, chunki janubdan tashqari mintaqalarda achchiq qalampir deyarli ishlatilmaydi. Taomlar asosan ularni xushxo‘r qiladigan ziravorlar va qo‘shimcha mahsulotlar solibtayyorlanadi. Hindiston issiq iqlimli tropik mamlakatlardan biri hisoblanadi. Bunday iqlim sharoitida chanqoqni bosuvchi suyuq ichimliklarni iste’mol qilish talab qilinadi. Bunday ichimliklar asortimenti uzoq yillar davomida shakllangan va chanqoqni bosish bo‘yicha ularning samaradorligi isbotlangan. Barcha hindistonliklar uchun bunday ichimliklardan eng sevimlilari choy va chimbu panch (limon va suv aralashmasi) hisoblanadi. Hind choyi navlari butun dunyoda ma’lum. Hindilar issiq choyni sut va shakar bilan hamda ziravorlar solib berishadi. Sut alohida beriladi. Choy limon, imbir va asal bilan ham beriladi. Bundan tashqari mevalar qo‘shib kefirdan tayyorlangan ichimlik ham iste’mol qilinadi. Hindistonliklar kofeni ham iste’mol qilishadi. Kofe sharqona usulda bir necha tomchi avtirgul essensiyasi qo‘shib tayyorlanadi. Hindilar pivo jinni ham iste’mol qilishadi. Lekin ovqatlanish stoliga pivo va alkogolli ichimliklar berilmaydi. Taom stakanda berilgan suv bilan ichiladi. Hindistonning turli mintaqalarida yashaydigan xalqlarning milliy taomlari butun Hindiston bo‘yicha tarqalgan va hindistonliklarning g‘ururiga aylangan. Ular qatoriga turli sabzavotli, go‘shtli, baliqli va nobaliq mahsulotlaridan tayyorlangan karrilar, sabzavotli va dukkakli taomlar, dal (maydalangan chechevitsa, no‘xat, qizil loviya yoki yogurt) taomlari, panir (uy pishlog‘i), hamirdan tayyorlandigan non mahsulotlari - roti (yupqa non), chapati (rotiga nisbatan qalinroq), non (yogurt solingan qalin va g‘avakli non), dosa (parata ziravori qo‘shilgan kartoshka qiymasi solingan pirojka) kabilar kiradi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling