1-mavzu: «Restoran menejmenti»fanining maqsadi va vazifalari Reja
Beloruslar ovqatlanishiga xos xususiyatlar
Download 1.72 Mb.
|
1-mavzu «Restoran menejmenti»fanining maqsadi va vazifalari Rej
3.4. Beloruslar ovqatlanishiga xos xususiyatlar
Aholi soni bo‘yicha Sharqiy slavyanlar mamlakatlari ichida Belorusiya uchinchi o‘rinda turadi. Uning aholisining ѕ qismining qo‘prog‘ini beloruslar tashkil qiladi. Bu yerda beloruslardan tashqari ruslar, ukrainlar va boshqa millatlar va elatlar vakillari yashaydi. Belorus pazandaligi ham boshqa slavyan xalqlarining pazandaligiga o‘xshab, uzoq tarixga ega. Uning shakllanishida geografik joylanishi, iqlim sharoiti va ajdodlar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va asrlar davomida qo‘shni yashaydigan davlatlar xalqlarining pazandaliklari ham katta ta’sir ko‘rsatgan. Shu bilan birga beloruslar pazandaligiga xos xususiyatlar saqlanib qolgan va asrdan-asrga takomillashib va boyib bormoqda. Bundan oldin ta’kidlanganidek, beloruslar avvaldan dehqonchilik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash bilan shug‘ullanishgan hamda suv havzalari (daryolar, ko‘llar) va o‘rmonlar in’om etgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilib kelishgan. Beloruslar ajdodlari iste’mol qilib kelgan mahsulotlar assortimenti millatning ovqatlanish xususiyatlarini belgilaydi. Shu sababli ham beloruslarning ovqatlanishiga xos xususiyatlardan biri shundan iboratki, taomlar tayyorlashda ekinchilik oziq-ovqat mahsuloti bo‘lgan kartoshka juda ham ko‘p ishlatiladi. Bugungi kunda kartoshka gazak, qaynatilgan, dimlab va toblab pishirilgan hollarda hamda mustaqil taom va garnir sifatida iste’mol qilinadi. Kartoshkadan taomlar go‘sht mahsulotlari, sabzavotlar va baliq bilan ham tayyorlanadi. Bu beloruslar milliy taomlarining assortimenti faqat kartoshkali taomlardan iborat degani emas. Hozirgi Belorusiya hududida sabzavot turlari ham ko‘p bo‘lgan va taomlar tayyorlashda foydalanilgan va foydalanib kelinmoqda. Ajdodlar taomlarining aksariyati bugun ham beloruslar pazandaligining ko‘rki hisoblanadi. Belorus milliy pazandaligida kartoshka va sabzavotlardan tashqari uy hayvonlari, yovvoyi hayvonlar va parrandalar go‘shtlaridan keng foydalaniladi. Milliy taomlarni tayyorlashda cho‘chqa, mol, buzoq va yovvoyi parranda go‘shtlari ishlatiladi. Go‘sht turlaridan eng sevimlisi cho‘chqa go‘shti va yog‘i hisoblanadi. Cho‘chqa go‘shti va yog‘idan tayyorlangan juda ham yog‘li sous (mochanka) beloruslar tomonidan sevib iste’mol qilinadi. Bu sous issiq blin taomiga va barcha ikkinchi issiq taomlarga qo‘shib beriladi. Beloruslar ovqatlanishidagi asosiy xususiyatlardan yana biri shundan iboratki, belorus pazandaligida dudlangan cho‘chqa go‘shti juda ham ko‘p ishlatiladi. U xuddi ziravorlardek, sabzavotlardan va hamirdan tayyorlangan milliy taomlarning barchasiga solinadi. Bundan tashqari uy sharoitida cho‘chqa go‘shtidan turli xil kolbasalar, kotletlar va yaxna taomlar tayyorlanadi. Adabiyotlardagi ma’lumotlarga qaraganda beloruslar ratsionlarida kartoshkadan tashqari sabzavotlar, yormalar, qo‘ziqorinlar, sut va sut mahsulotlari ham juda ko‘p ishlatiladi, chunki ular go‘shtli taomlardan tashqari turli bo‘tqalarni, sutli, hamirdan tayyorlangan taomlarni ham sevib iste’mol qilishadi. Milliy belorus pazandaligida kartoshka, yorma, hamir va sutdan tayyorlangan taomlardan tashqari joydari loviyadan (bobq), ayniqsa no‘xatdan, tayyorlangan taomlar, mevalar (olho‘ri, nok, olma kabilar) juda ham ko‘p iste’mol qilinadi. Bundan tashqari yaichnitsa (yayeshnya), zatirka va xolodnik taomlari ham katta talabga ega va sevib iste’mol qilinadi. Yayeshnya taomi asosan cho‘chqa yog‘i (shpik) yoki vetchina bilan tayyorlanadi. Xolodnik taomi asosan yoz vaqtida tayyorlanadi va rus xalqining okroshka taomiga o‘xshaydi. Shu bilan birga beloruslar boshqa xalqlar tomonidan yeyiladigan ba’zi meva va qo‘ziqorinlarni iste’mol qilishmaydi: ularga kalina, cheremuxa, oblepixa, paslyon, boyarka, ryabina, valun, svinushka, volnushka va ba’zi joylarda gruzdi ko‘ziqorinini ham. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling