1-mavzu: «Restoran menejmenti»fanining maqsadi va vazifalari Reja
Download 1.72 Mb.
|
1-mavzu «Restoran menejmenti»fanining maqsadi va vazifalari Rej
Kulolchilik idishlari ko‘polroq (sopol, loydan) yupqa va nozikroq (chinni, mayolika) bo‘ladi. Bunday idishlar namni ko‘p tortmasligi uchun bo‘yoq beriladi, natijada sirti oynasimon yaltiroq bo‘ladi. Suriladigan glazur modda oynaga yaqinroq turadi. Uning xususiyati taom resepturaga bog‘liqligi uchun o‘zgaruvchan bo‘ladi. Chinni idishlarni tayyorlash uchun qattiq va qiyin eriydigan loy kaolini ishlatiladi. Bunday chinni idishlarning erishi qiyin, kimyoviy chidamli shishasimon glazur bilan (kuydirish darajasi 1300° S) qoplanadi. Kulolchilik idishlari tez eriydigan arzon loylardan yasaladi, tez eriydigan glazurlar bilan qoplanadi. Glazurning erish darajasi 700-750°S gacha bo‘lganda, unga qo‘rg‘oshin oksidi beriladi. Bu yoqilg‘ini tejash vaarzon loydan foydalanish imkonini beradi.
Kulolchilikdan quyidagi idish turlari ishlab chiqariladi: chinni idishlar; fayans idishlar; oddiy va guldor (mayolika) sopol idishlari. Kulolchilik, plastmassa, shishalardan taom va ichimliklar iste’mol qilish uchun mo‘ljallangan idishlari (kosalar, laganlar, tovoqlar, chashkalar, stakanlar va b.) ishlab chiqariladi. Chinni va fayans idishlar ishlab chiqarish jarayonida tiniq va silliq sir bilan qoplanadi. Kulolchilik idishlaridan yasaladigan barcha idish turlari ulardan foydalanishdan oldin sirka kislotasining suvdagi kuchsiz eritmasida qaynatib olinishi kerak. Qaynatish jarayonida eriydigan qo‘rg‘oshin ionlari sirka kislotasi eritmasiga o‘tadi. Xullas, metallardan va issiqqa chidamli shishadan yasalgan idishlar asosan taomlarni tayyorlash, isitish, tayyor taom va ba’zi bir xom ashyolarni saqlash, sopol va plastmassalardan yasalgan idishlar esa taomlarni suzib uzatish va iste’mol qilish uchun ishlatiladi. Razryadli umumiy ovqatlantirish korxonalarida billurdan (xrustal) yasalgan idishlar (vazalar, ryumkalar, stakanlar va b.) hamda zanglamaydigan po‘latdan, mis va nikel qotishmasidan (melxior) ishlab chiqarilgan idish va taomlar iste’mol qilish anjomlari (qoshiq, sanchqi, pichoq va b.) keng qo‘llaniladi. Taom solib iste’mol qilinadigan idishlar quyidagi materiallardan yasaladi: melalitdan – issiq taomlar uchun; polistiroldan – gazaklar va sovuq taomlar uchun. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling