U korxona xodimlari o’rtasidagi vazifalar va faoliyat turlarini ma’lum taqsimlanish tartibini belgilaydi, shuningdek rejalashtirish, yechimlar qabul qilish, ularni bajarish va nazorat qilish uchun vakolat va mas’uliyat hajmini reglamentlaydi. Tashkiliy tuzilma, amaliy nuqtai nazardan korxonani asosiy bo’lim va bo’lmalari, shuningdek odamlar o’rtasidagi bog’liqliklar va munosabatlar, ishga aloqador informasiya va moddiy resurslar oqimlaridan iborat. O’rnatilgan struktura asosida ishchilarni foliyati yo’naltiriladi va nazorat qilinadi, farmoyish va buyruqlar beriladi, iste’molchilar oqimi tashkil etiladi. Struktura maqsadli ravishda quyidagilar sababli ishlab chiqiladi: - U korxona xodimlari o’rtasidagi vazifalar va faoliyat turlarini ma’lum taqsimlanish tartibini belgilaydi, shuningdek rejalashtirish, yechimlar qabul qilish, ularni bajarish va nazorat qilish uchun vakolat va mas’uliyat hajmini reglamentlaydi. Tashkiliy tuzilma, amaliy nuqtai nazardan korxonani asosiy bo’lim va bo’lmalari, shuningdek odamlar o’rtasidagi bog’liqliklar va munosabatlar, ishga aloqador informasiya va moddiy resurslar oqimlaridan iborat. O’rnatilgan struktura asosida ishchilarni foliyati yo’naltiriladi va nazorat qilinadi, farmoyish va buyruqlar beriladi, iste’molchilar oqimi tashkil etiladi. Struktura maqsadli ravishda quyidagilar sababli ishlab chiqiladi:
- - personal ishini funksiyaviy va mazmun vazifalari bo’yicha oqilona taqsimlash va ixtisoslashtirish imkoniyatini yaratishi;
- - jamoa ichidagi, shuningdek ishchilarni iste’molchilar bilan muhim munosabatlar va aloqalar yo’llarini shakllantira olishi;
- - har bir ishchini vazifa va majburiyatlarini belgilashi;
- - ishchilar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni, shuningdek ularni kasbiy rollarini belgilashi.
- Industirlashtirishga qadar va industirlashtirish davrlarida xizmat korxonalari oddiy tashkiliy tuzilmaga ega bo’lib, unda xizmat ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan asosiy ishlab chiqarish va asosiy ishlab chiqarishni ish sharoitini yaratishga yo’naltirilgan boshqa bo’lim (ko’p hollarda ishchilar soni va ish hajmi kam) shakllangan. Ko’p hollarda bir ishchi ko’plab ishlab chiqarish – xizmat funksiyalarni birga olib borgan.
- Hozirgi vaqtda mayda, o’ta mayda, qisman o’rta servis korxonalarida bu struktura o’z ahamiyatini saqlab qolmoqda. Bu yerda tashkiliy tuzilmaga quyidagi tavsiflar xos:
- - mehnat taqsimotini past darajasi, ishchilar ko’p hollarda ko’plab xizmat funksiyalarini birga olib borishganlari sababli ko’p ish bajarishadi;
- - rahbar bevosita servis ishlab chiqarishda ishtirok etadi;
- - bo’limlarga bo’linish deyarli uchramaydi;
- - ishchilar o’rtasida qisqa informasion aloqa kanallari ustunlik qiladi;
- - turli xodimlar ishini muvofiqlashtirish bevosita ularni o’zlari tomonidan to’g’ridan-to’g’ri kelishuv va bitim tuzish yo’li bilan o’rnatiladi;
- - ishchilar o’rtasida norasmiy (shaxsiy) munosabatlar ustunlik qiladi;
- - bularni hammasi iste’molchilar talabi o’zgarishiga yuqori darajadagi tashkiliy egiluvchanlikni va boshqalarni taqozo qiladi.
- Hozirgi vaqtda ko’pgina katta, shuningdek qisman mayda servis korxonalarida differensiyalangan, kompleksli tashkiliy strukturalar amal qiladi. Ko’plab zamonaviy servis korxonalarini asosiy ishlab chiqarishi bir necha bo’lmalarga bo’linadiki, ular o’rtasida asosiy xizmat turlarini ishlab chiqarishga, ya’ni tayyorlash, yordamchi, xizmat ko’rsatuvchi ishlarga tegishli bo’lgan tashkiliy tuzilmalar ajratiladi. Masalan, zamonaviy otel uchun ikkita muhim xizmat ko’rsatish bo’g’inlari: joylashtirish va ovqatlantirish xizmatlarini mavjudligi xos.
- Boshqa xizmatlar yordamchi xarakterga ega bo’lib, ko’p hollarda ular uchun ham tarmoqlangan mayda strukturalar xos. Bu esa mehmondorchilik industriyasidagi mehnatni chuqur taqsimlanishidan dalolat beradi. mayda, o’rta va katta servis korxonalari (tashkilotlari)da uchraydigan tashkiliy tuzilmalarni muhim turlarini keltiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |