1-mavzu. Restoranlarda mehmonlar ishonchi. Barlardagi servis reja: Servis sifati. Mehmonlarni kutib olish va kuzatish. E’tirozlar va hayajonlarni engish. Ish kunini yakunlanishi. Bar ko‘rinishlari. Barlarni xizmat ko‘rsatuvchi personali


Download 127.75 Kb.
bet8/16
Sana08.02.2023
Hajmi127.75 Kb.
#1177463
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
1-MAVZU

Servis sohasini o’rta korxonalardagi boshqaruvni yuqori bo’g’ini kam sonli idora qiluvchi kuchlardan iborat. Bu holda 3-7 kishidan iborat ma’muriyat korxona uchun muhim yechimlar qabul qiladi va ularni amalga oshirilishini kuzatadi. Ma’muriyat guruhi odatda, yuqori lavozimli shaxs (direktor yoki boshqaruvchi), uni bir yoki bir necha o’rinbosarlari va korxonani muhim bo’limlarini boshqaruvchi bosh menedjerlardan (ishlab chiqarish boshqaruvchisi yoki xizmat ko’rsatish jarayonini boshlig’i, kadrlar bo’yicha inspektor) iborat bo’ladi.

  • Servis sohasini o’rta korxonalardagi boshqaruvni yuqori bo’g’ini kam sonli idora qiluvchi kuchlardan iborat. Bu holda 3-7 kishidan iborat ma’muriyat korxona uchun muhim yechimlar qabul qiladi va ularni amalga oshirilishini kuzatadi. Ma’muriyat guruhi odatda, yuqori lavozimli shaxs (direktor yoki boshqaruvchi), uni bir yoki bir necha o’rinbosarlari va korxonani muhim bo’limlarini boshqaruvchi bosh menedjerlardan (ishlab chiqarish boshqaruvchisi yoki xizmat ko’rsatish jarayonini boshlig’i, kadrlar bo’yicha inspektor) iborat bo’ladi.
  • Servis korxonasi yuqori menejment bo’g’ini majburiyatlari doirasiga kiruvchi ish va vazifalarni ko’rib chiqamiz, uning muhim vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
  • - korxona faoliyatini maqsadi, rivojlanish strategiyasi va rejalarini ishlab chiqish;
  • - korxonani bozor salohiyatini baholash va faoliyati samaradorligi mezonlarini aniqlash;
  • - umumiy ma’muriy-buyruq berish va tashkiliy tartibga solish harakatlarini amalga oshirish;
  • - jamoa ichidagi va jamoani tashqi muhit bilan kommunikativ – muvofiqlashtirish vazifasi;
  • - asosiy faoliyat yo’nalishlari va personalni nazorat qilish;
  • - korxona ishini umumiy xavfsizligi va xizmat xavfsizligini ta’minlash;
  • - iste’molchilarga xizmat qilish umumiy strategiyasini ishlab chiqish va jamiyat fikrida korxonani ijobiy imidjini yaratish;
  • - kompaniyani xo’jalik – ijtimoiy muhit bilan aloqalarini rivojlantirish;
  • - informasion jamiyatda biznesni dinamizasiyalash talablari bilan bog’langan ishga bog’liq ma’lmuotlarni yig’ish, tahlil qilish va foydalanish.
  • Keltirilgan bu vazifalar ko’pgina xususiy faoliyat turlariga bo’linadi, shuning uchun oliy menejment bo’g’ini haqiqatda ko’p vazifalarni bajaradi. Bu servis korxonasini rivojlanish strategiyasi va maqsadlarini ishlab chiqish misolida yaqqol ko’rinib turadi. Maqsad deyilganda, korxonani yaqin kelajak va uzoq istiqboldagi ko’ngildagidek holati tushuniladi. Aynan maqsad ishlab chiqarish jarayonlarini harakat yo’nalishini, ya’ni firma, kompaniya nimani, qancha, qayerda va qanday ishlab chiqarishini belgilaydi. Maqsadlar bosh yoki ikkinchi darajali, umumiy yoki xususiy, uzoq muddatli yoki qisqa muddatli, yakuniy yoki oraliq bo’ladi.
  • Hohlagan kompaniyani, aniq korxonani biznesdagi asosiy maqsadi yashab qolish va rivojlanish, bozordagi salohiyatini saqlash va raqobatbardoshlik hisoblanadi. Bu asosiy maqsadni aniqlashtiruvchi maqsad foyda hisoblanadi. Menejment firma foydasi uni kun kechirish sababli emas, balki uni faoliyati natijasida paydo bo’lishdan kelib chiqqan holda korxonani muvoffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun sharoit yaratadi. Foydani oshishiga olib keluvchi umumiy maqsadlar quyidagilar hisoblanadi:
  • - mavjud faoliyat turlarida optimal rentabillikni ta’minlash;
  • - firmani yangi rivojlanish yo’nalishlari, yangi faoliyat turlarini ishlab chiqish;
  • - firmani iqtisodiy barqaror holatini va uni ishini har tomonlama xavfsizligini ta’minlash. O’ziga xos va aniq maqsadlarga quyidagilar tegishli:
  • - foyda markazi hisoblangan har bir alohida bo’limlar bo’yicha rentabellikni aniqlash;

Download 127.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling