1-mavzu. Restoranlarda mehmonlar ishonchi. Barlardagi servis reja: Servis sifati. Mehmonlarni kutib olish va kuzatish. E’tirozlar va hayajonlarni engish. Ish kunini yakunlanishi. Bar ko‘rinishlari. Barlarni xizmat ko‘rsatuvchi personali


- asosiy xo’jalik faoliyati ko’rinishlari bo’yicha maqsadlar


Download 127.75 Kb.
bet9/16
Sana08.02.2023
Hajmi127.75 Kb.
#1177463
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
1-MAVZU

- asosiy xo’jalik faoliyati ko’rinishlari bo’yicha maqsadlar;

  • - asosiy xo’jalik faoliyati ko’rinishlari bo’yicha maqsadlar;
  • - xo’jalik bo’limlari, filiallar va boshqalarni maqsadlari. Oliy menejmentni asosiy vazifalaridan biri korxonani yaqin (2-4 yil) va uzoq (5 yil va undan ortiq) istiqboldagi maqsadlarini aniqlash hisoblanadi. Bu hollarda menejment maqsadlarni qo’yish va unga erishishga qaratiladi.
  • Maqsadlar korxona (firma) strategiyasini ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi. Servis korxonasini strategiyasi bu kompaniya belgilangan maqsadlarga erishishni ta’minlovchi kelajakka mo’ljallangan tadbirlar majmuasidir. Strategiyani mo’ljallanishi ko’p sonli alternativlardan kerakli rivojlanish yo’nalishini tanlash va ishlab chiqarish jarayonlarini tanlangan yo’l bo’yicha yo’naltirishdan iboratdir.
  • Ko’pgina o’xshash umumiy maqsadlarni (yashab qolish, foyda va boshqalar) mavjud bo’lishi turli servis (kompaniyalari) korxonalari tomonidan bir xil bo’lmagan rivojlanish yo’llarini tanlashni talab qiladi. Bunda oliy menejmentni mahorati ularni hyech kim ko’rmaydigan joyda qulay imkoniyatlarni axtarib topish, o’z firmasi uchun alternativ faoliyat shakllarini ishlab chiqish hisoblanadi. Strategiyani ishlab chiqish quyidagi vazifalarni yechish bilan bog’liq:
  • - strategik maqsadlarni ishlab chiqish;
  • - alternativ faoliyat yo’llarini baholash va ular ichidan eng real va istiqbollilarini tanlab olish;
  • - ularni amalga oshirishni tashqi imkoniyatlarini va ularni korxona tomonidan yechish uchun ichki shartlarni baholash;
  • - birma-bir tezkor reja, dastur, byudjetlarni tayyorlash.
  • Korxona o’zini istiqboldagi o’rnini maqsadlarini ustuvorligiga bog’liq holda belgilaydi. Bu holda quyidagi strategiya turlari mavjud bo’lishi mumkin: samarali-bozor, marketing strategiyasi, raqobat strategiyasi, innovasion, investision strategiya, inson resurslariga tayangan strategiya. Bu strategiya turlari o’zaro kesishishi ham mumkin. Qoidaga ko’ra, kon’yuktura va firmani ichki imkoniyatlariga bog’liq holda ularni navbati va ustuvorligi almashadi.
  • Jahon tadbirkorlik amaliyotida uzoq muddatli maqsadlarni ishlab chiqish va aniq korxona faoliyatini rejalashtirish mexanizmlari chuqur ildiz otgan. Bizdagi xizmatlar sohasi biznesi bu vazifalarni bozor sharoitida yechishga nisbatan yaqinda kirisha boshladi. Bu holat har bir korxonada strategik boshqaruv va rejalashtirishni ishlab chiqishni qiyinlashtiruvchi iqtisoddagi chuqur inqiroz sababli murakkablashdi. Bundan tashqari, xo’jalik amaliyotini davlat-huquqiy tartibga solish mexanizmlarini kuchsizlanishi, shuningdek servis tadbirkorlik amaliyotida kriminal paydo bo’lishi servis sohasida bir kunlik yashash taktikasini mustahkamladi.
  • Servis korxonalarida “qanday bo’lmasin foyda olish, keyin bir gap bo’lar”, “tezkor bitim – tezkor pullar” va boshqa tamoyillar kam uchraydigan holat emas edi. Bunday ruh va o’zini tutish umumiy inqirozni yengib o’tishga halaqit beradi, servis sohasida, umuman olganda mamlakat iqtisodida madaniyatli tadbirkorlikni oyoqqa turishga zarar yetkazadi. Ayniqsa, o’rta servis korxonalari rahbarlari o’rtasida strategik menejment va ishlab chiqarishni rejalashtirish asoslarini kerak emasligi haqidagi ishonch keng tarqaldi. Ishchilar tomonidan strategik menejment va rejalashtirishni yetarlicha baholanmasligi korxonani boshqarish bo’yicha kasbiy bilimlarni yetishmasligi, yetarlicha informasion ta’minotni bo’lmasligi, iste’molchilarni bir lahzali talabiga mo’ljal olish, rejalashtirish va uzoq muddatli hisob-kitobga emas, balki asosan o’z tajribasiga tayanish tufayli chuqurlashishi mumkin.

Download 127.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling