-
- 1.Tashkiliy tuzilma va uni funksiyalari
- Servis korxonasini boshqarish jarayoni qishloq xo’jaligi yoki industrial sektorda faoliyat yuritayotgan tashkilotlarni boshqarishi bilan ko’pgina umumiy tavsiflarga ega. Ko’pgina tashkilotlar kabi bu yerda boshqaruv jarayoni mehnatni vertikal taqsimlanishi (umumiy rag’barlik, o’rta va quyi bo’g’inlarga rahbarlik), shuningdek servis ishlab chiqarilishini bo’lim, bo’lma, sektor va boshqalarga taqsilanishi bilan bog’liqdir.
- Servis korxonasidagi boshqaruv jarayonlarini xususiyatlarini ko’rib chiqamiz. Boshqaruvni asosiy funksiyalari quyidagilar hisoblanadi:
- - ishlab chiqarish faoliyatini, maqsad va vazifalarini shakllantirish;
- - maqsadlarga erishishni rejalashtirish va vazifalarni hal qilish;
- - yechimlarni qabul qilish, ya’ni u yoki bu harakat variantlarini qabul qilish;
- - yechimlarni amalga oshirish, ya’ni buyruqlarni ishlab chiqish, personalni tayyorlash, ularga instruksiya berish va ularni uyushtirish, majburiyatlarni taqsimlash, buyruqlarni bajarish jarayonini tartibga solish;
- - belgilangan rejalarni, berilayotgan buyruqlarni va boshqalarni bajarilishini nazorat qilish.
- Servis sohasidagi boshqaruv xizmat ishlab chiqarishni bozor rivojlanishi vazifalariga (personal ishini tashkillashtirish, ishchilarni mehnat samaradorligini oshirish, xizmatlarni raqobatbardoshligiga erishish, ularni daromadligi va boshqalar) buysundirilgan. Bir vaqtni o’zida u xizmat ishlab chiqaruvchilari bilan bozor almashinuvi jarayonlariga kirishayotgan katta odamlar guruhi, aniq odamlarni turli talab va ehtiyojlarini amalga oshirishga yo’naltiriladi.
- Ammo, xizmat ishlab chiqaruvchilari va iste’molchilari o’rtasidagi munosabatlar to’liq bozor almashinuvi bilan chegaralab qo’yilmasdan, ular o’rtasida ijtimoiy, ruhiy, madaniy komponentlar bilan to’yingan jiddiy munosabatlar quloch otadi. Boshqacha qilib aytganda, servis korxonasini boshqaruvi ichidagi ishlab chiqarish – texnologik jarayonlar servis korxonasi faoliyatidagi yagona, hal etuvchi emas ekan. Bularni hammasi servis menejmentini jamiyat tipidagi tashkilotlardagi boshqaruvdan farqlarini shakllantiradi.
- Xizmat sohasi korxonalaridagi boshqaruv jarayonlarini servisni o’ziga xosligi nuqtai nazaridan ko’rib chiqamiz. Korxona rivojlanishini yaxlit siyosatini ishlab chiqish va strategik boshqaruv bilan chambarchas bog’liq bo’lgan umumiy menejmentni tahlil qilishdan boshlaymiz. Bunda umumiy boshqaruv xarakteridagi ko’pgina tomonlar korxonani faoliyat ko’lami, undagi personal soni, uni tashkiliy-huquqiy shakliga bog’liq bo’ladi.
- Servis tarmog’ida faoliyat yuritayotgan aksionerlari soni 50 tadan oshiq bo’lgan yirik aksiyadorlik kompaniyasini yuqori rahbariyati direktorlar kengashi, , qo’mita va boshqarmadan iborat. Direktorlar kengashi umumiy siyosatni ishlab chiqadi, boshqarma uni amalga oshiradi. Bosh menedjer (bosh ma’mur, direktor, boshqaruvchi va boshqalar) esa firma (korxona) yoki bosh korxona va uni filiallaridan iborat tizim ishi tizginlarini o’z qo’lida ushlab turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |