3. Sabzavotlarning yangi turlarini ko’paytirish va yetishtirilayotgan mahsulotlar salmog’ini oshirish choralari.
Takroriy ekindan foydalanish hisobiga kartoshka, sabzavot va poliz etishtirish hajmini oshirish. O’zbekistonda yiliga yoz avvalida boshoqli don ekinlaridan qariyb 1 mln. gektar va ertagi sabzavotlardan ham bir necha o’n minglab gektar yerlar bo’shaydi. Bunday yerlarda kartoshka, karam, sabzi, osh lavlagi, turp, sholg’om, pomidor, ko’kat sabzavotlar, qishki poliz va boshqa ko’plab mahsulotlarni muvaffaqiyat bilan etishtirish mumkin.
Tarvuz va qovun etishtirish uchun lalmi yerlarni o’zlashtirish. Bugungi kunda lalmi yerlarda 3-4 ming gektar maydonlarda poliz yetishtirilmoqda. Ushbu maydonlarni 30-40 ming gektargacha oshirish imkoniyatlari mavjud.
Sabzavot va poliz ekinlarining sifatli urug’larini yetkazib beruvchi tizim faoliyatini tiklash. Ilmiy tadqiqot muassasalarida sabzavot va poliz ekinlarining sifatli urug’larini yetishtirib berishni kuchaytirish, ixtisoslashgan urug’chilik xo’jaliklarida elita va super elita urug’lar yetishtirilishini davlat tomonidan nazorat qilinishini tahminlash lozim, yahni urug’ etishtirishning ekish, parvarishlash, yig’ib olish va saqlashgacha bo’lgan barcha jabxalarida aprobatsiyani kuchaytirish maqsadga muvofiqdir. Mamlakat hududiga Davlat sinovi va karantin nazoratidan o’tmagan, Davlat reestriga kiritilmagan urug’larning kirib kelishini jiddiy nazorat ostiga olish lozim.
Mamlakat ichida o’z navlarimizni chiqarish va uni ochiq dalada etishtirish uchun tatbiq etish ishlarini kuchaytirish zarur. Buning uchun ilmiy tadqiqot muassasalarida toza tizmalardan foydalanish asosida yangi, muhitning stress omillariga chidamli va hosildor navlarni chiqarish ishlarini rag’batlantirish kerak.
Sabzavot ekinlari assortimentini kengaytirish. Mahlumki, bugungi kunda insoniyatga mahlum 1200 tur sabzavolardan mamlakatimizda 40, kengroq maydonlarda esa atigi 20 tur yetishtirilmoqda. Bular orasida 80-85 % maydon bor yo’g’i 5 ta ekin bilan band qilinmoqda: pomidor (39-40%), piyoz (19-20%), sabzi (10-11%), bodring (7-8%) va karam (6-7%). Mamlakatimizga yangidan-yangi noanhanaviy sabzavot mahsulotlarini introduktsiya qilishga ehtiborni kuchaytirish zarur. Bu esa aholi ovqatlanish sifatini yanada oshirish, ularning mehnatga layoqatlilik darajasi va salomatligini yaxshilashda muhim omildir.
Do'stlaringiz bilan baham: |