1-mavzu: Sabzavotchilik fanining ahamiyati, maqsadi,vazifasi va sabzavotchilikni ruvojlanishi. Reja
Sabzavot mahsulotlarini kichik omborxonalarda saqlash hajmini oshirish
Download 35.79 Kb.
|
1-amaliy mashg\'ulot (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
Sabzavot mahsulotlarini kichik omborxonalarda saqlash hajmini oshirish. Buning uchun fermer xo’jaliklari sharoitida kichik omborxonalrni barpo etish, mavjud omborlarn rekonstruktsiya qilish talab etiladi. Ularda saqlashning yangi texnologiyalaridan keng foydalanish taqozo etiladi (boshqariladigan gaz muhiti, muzlatish, yangi qadoqlash idishlari va h.k.). bularning barchasi mahsulotni sifatli saqlash va eksport hajmini oshirish imkonini beradi.
Mahsulot ishlab chiqarish hajmi va sifatini oshirishda boshqa tarmoqarga xos imkoniyatlar ham mavjud. Bular sug’horish suvlarini tejash va sifatli yetkazib berish tizimlari, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashishning uyg’unlashtirilgan tizimlari, biologik o’g’itlardan keng foydalanish, tuproqqa ishlov berishni kamaytirish, agroekotizimga tashqi tahsirlarni minimumga tushirish va boshqalardir. O’zbekistonda kartoshkkachilik va sabzavotchilikni rivojlantirishda ilmiy tadqiqotlarning ahamiyati ham yuqridir. Yuqorida bildirilgan fikrlar ushbu tarmoqlarda ilmiy tadqiqotlar olib borish yo’nalishlari va muammolarini aniq belgilashga asos bo’ladi. Selektsiya va urug’chilik yo’nalishida ilmiy tadqiqotlar roilini oshirish, unda biotexnologiyalar, gen muhandisligi, duragay avlodlarni tezkor ko’paytirish, adaptiv selektsiya uchun mutagenezdan keng foydalanish va boshqalarni o’z ichiga olishi kerak ; Nav xilma-xilligini tahminlash, bunda yuqori hosildor, muhitning stress omillariga chidamli, mahsulot tarkibida nitratlar va pestitsidlarning qoldiq miqdorini kam to’plovchi navlar va duragaylar ulushini oshirishga ehtiborni kuchatirish zarur. Bundan tashqari, respublika uchun ulg’tra tezpishar kartoshka va sabzavot mahsulotlari navlariga ehtiyoj yuqoridir. Bunday navlar o’rtagi navlar hosili chiqquncha aholini sifatli va yangi mahsulotlar bilan mo’l miqdorda tahminlash imkonini beradi. Ular takroriy ekinda ham qisqa muddat ichida qo’shimcha mashulot yetishtirib olish imkoini beradi. Sabzavotlarni bahorgi emas, balki eng erta va takroriy ekinda etishtirishni kuchaytirish yerdan oqilona foydalanish imkoniyatlarini beradi. Birlamchi urug’chilik tizimini faollashtirish va tadqiq qilish bugungi kun zarurati ekanligicha qolmoqda. Tahm va tovar sifatlari yuqori bo’lgan, biokimyoviy tarkibi boy noanhanaviy sabzavotlarni introduktsiya qilish orqali mamlakat sabzavot assortimentini oshirish talab etiladi. Agrotexnik ishlanmalar ham navga xoslanib ishlab chiqilsa, sabzavot ekinlarini etishtirish samaradorligi yanada ortadi. Bu holda mamlakatimiz navlari ham yuqori agrotexnikada xorijiy duragaylardan qolishmagan holda yuqori sifatli mo’l hosil berishi mumkin. Etishtirilgan mahsulotlar bir qancha talablarga javob bermog’i lozim: Yuqori mahsuldorlik Tezpisharlik Kasallik va zararkunandalarga chidamlilik Issiqqa chidamlilik Qurg’oqchilikka chidamlilik Saqlashga yaroqlilik Transportabellik Yuqori tovarboplik va texnologik sifatlari Ekologik jihatdan xavfsizlik Raqobatbardoshlik Bularning barchasi qishloq xo’jaligida islohotlarni yanada chuqurlashtirishni talab etadi. Bunda asosiy ehtibor, agrotexnik ishlanmalar, yangi yuqori hosildor va muhitning stress omillariga chidamli nav va duragaylarni keng tatbiq etish, tashqi muhitga zarar keltiruvchi pestitsidlar va tuproqqa ishlov berish tizimlarining ulushini kamaytirish, bunda biologik o’g’itlardan foydalanish va o’simliklar kasalliklari hamda zararkunandalarga qarshi uyg’unlashgan himoya usullarini kengsh qo’llashga ehtibor berish va boshqalarga ehtibor berish taqozo etiladi. Nazorat savollari: Sabzavotchilik qishloq xo’jaligining maxsus tarmog’i va fan sifatida o’rni, maqsadi va vazifalarini so’zlang. Biokimyoviy tarkibiga ko’ra vitaminlar, mineral elementlar, efir moylarga boy sabzavotlarni qayt eting. 3. O’zbekistonda sabzavotchilikning ilmiy asoschilari va ularning yutuqlari haqida gapiring. 4. Har bir muayyan sharoitda sabzavotchilik oldidagi muammolar va ularning yechimlari to’g’risida so’zlang. Download 35.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling