1-mavzu: Sabzavotchilik fanining ahamiyati, maqsadi,vazifasi va sabzavotchilikni ruvojlanishi. Reja


Download 35.79 Kb.
bet1/5
Sana06.04.2023
Hajmi35.79 Kb.
#1332471
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-amaliy mashg\'ulot (3)


1-mavzu: Sabzavotchilik fanining ahamiyati, maqsadi,vazifasi va sabzavotchilikni ruvojlanishi.


Reja

    1. Sabzavotchilik fanining maqsadi va vazifalari.

    2. Respublikamizda sabzavotchilikni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar, qabul qilinayotgan qarorlar va qonunlar.

      Tayanch iboralar: Sabzavot ekinlarining morfologik, biologik va xo’jalik belgilari, bir, ikki va ko’p yillik, generativ va vegetatiy organlari, oziq – ovqatga ishlatiladigan, sabzavot ekinlarining kelib chiqish markazlari, o’sish va rivojlanishi, ontogenezning davrlari, fenalogik fazalari, chuqur va zaruriy tinim davri, yorug’lik rejimi, suv rejimi, oziqa rejimi.

    3. Sabzavotlarning yangi turlarini ko’paytirish va etishtirilayotgan mahsulotlar salmog’ini oshirish choralari.


  1. Sabzavotchilik fanining maqsadi va vazifalari.

Aholi salomatligi, uning energetika, ichimlik suvi va oziq-ovqat tahminoti yangi ming yillikdagi eng chuqur va global muammo hisoblanadi. Bugungi kunda yer sharida qariyb 6,5 mlrd. dan ortiq kishi yashamoqda va har 50 yilda aholi ikki barobarga ortmoqda. SHu bois insoniyatni oziq-ovqfat bilan tahminlash masalasi birinchi o’ringa chiqmoqda.
Inson hayotida sabzavotlarning ahamiyati katta. Ular tarkibida turli xildagi biologik faol moddalar ko’p bo’lganligi uchun ularni “salomatlik sarchashmalari” deb ham yuritiladi. Sabzavotlar tarkibida inson salomatligi uchun zarur bo’lgan vitaminlarni 15 tasi mavjuddir, mineral tuzlar, fermentlar, fitontsitlar va boshqa biologik faol moddalarning ko’pligi ular insonlarning muhim oziqa moddasi ekanligidan dalolat beradi. SHunga ko’ra aholi hayotini davomiyligi va mehnatga layoqatliligi sabzavotchilikni rivojlanishiga bog’liq bo’ladi.
Dunyo hamjamiyati tomonidan buning chuqur ehtirof etilgani bois, sabzavot va poliz ishlab chiqarish hajmi yiliga ortib bormoqda. Jaxonda 2013 yilda 376,4 mln.t. kartoshka ishlab chiqarilgan.
2011-2013 yillar bo’yicha jahonda yiliga eng ko’p kartoshka ishlab chiqaruvchi birinchi beshlikka quyidagi davlatlar kirgan: Xitoy (85,9 mln.t.), Hindiston (45,0 mln.t.), Rossiya Federatsiyasi (29,5 mln.t.), Ukraina (23,2 mln.t.) AQSH (19,1 mln.t.). Ikkinchi beshlikda Germaniya (10,6 mln.t.) yetakchi bo’lib, undan so’ng Polg’sha (9,09 mln.t.), Bangladesh (8,2 mln.t.), Belorussiya (6,9 mln.t) va Gollandiya (6,7 mln.t.). Frantsiya – 6,3 mln.t., Eron-5,4 mln.t. Kanada, Buyuk-Britaniya, Misr, Peru, Aljir va Pokiston davatlari 4 mln.t dan ortiq kartoshka ishlab chiqarmoqdalar.
Sersuv mevasi va etli qismi oziq-ovqatga ishlatiladigan bir yillik, ikki yillik va ko’p yillik o’tchil o’simliklar sabzavotlar deb ataladi.
Ilgarilari sabzavot ekinlari asosan tomorqalarda-sabzazor-larda o’stirilgan. Qovun, tarvuz, qovoqlar esa maxsus uchastkalarda-polizlarda yetishtirilgan. Sabzavot yoki poliz ekinlari degan nom ana shundan kelib chiqqan bo’lib, sabzavotchilik yoki polizchilik deyiladi.
Sabzavotchilik dunyo dehqonchiligida eng qadimiy asosiy va yetakchi tarmoqlardan hisoblanadi. Sabzi, sholg’om, sarimsoq, lavlagi 2 ming, karam, bodring, piyoz kabilar 4 ming yildan beri ekiladi. Markaziy Osiyoda, yahni bizda qovun eramizdan ilgari ham yetishti­rilgan.
Hozirgi paytda sabzavot ekinlari dunyoning barcha mamlakatla­rida o’stiriladi.
Sabzavotchilik - qishloq xo’jaligining muhim sohasi bo’lish bi­lan birga, fan sifatida uning maqsadi - sabzavot ekinlari biologiya­sini o’rganish va shu asosda mahsulot birligiga kam mehnat, mablag’ sarflab, yuqori, sifatli hamda arzon mahsulot etishtirish texnolo­giyasining nazariy asoslari va amaliy usullarini ishlab chiqishdan iborat.
Sabzavotchilik - o’simlikshunoslikning ajralmas tarkibiy qismidir. SHuning uchun sabzavot ekinlarini hamma vaqt ham boshqa ekinlardan ajratib bo’lmaydi. CHunki, karam, kartoshka, sabzi, qovoq, lavlagi, tarvuz, makkajo’xori kabilarni sabzavot ekini sifatida oziq-ovqatga, chorva mollari uchun yem-xashak va texnik maqsadlarda ishlatish uchun xom ashyo sifatida etishtirish mumkin.
Lekin, sabzavotchilik o’simlikshunoslikning boshqa tar­moqlaridan quyidagi xususiyatlari bilan farqlanadi:

Download 35.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling