1-mavzu: Sabzavotchilik fanining ahamiyati, maqsadi,vazifasi va sabzavotchilikni ruvojlanishi. Reja


Download 35.79 Kb.
bet2/5
Sana06.04.2023
Hajmi35.79 Kb.
#1332471
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-amaliy mashg\'ulot (3)

Birinchidan: Sabzavotchilik ikkita:
1.Ochiq maydonda (dalada);
2.Yopiq maydonda ishlab chiqarish usuliga ega.
Ikkinchidan: Sabzavotchilik xilma-xil ekin tur, xil va navlar to’plamini o’z ichiga oladi. Sabzavot ekinlari 14 ta botanik oilaga mansub 80 ga yaqin turni o’ziga olib, shundan 40 ga yaqini O’zbekistonda ekiladi.
Uchinchidan: Sabzavotchilikda o’ziga xos ishlab chiqarish usullari (ko’chat ekin usuli, konservalash, qayta o’stirish kabilar) qo’llaniladi.
To’rtinchidan: Sabzavotchilik o’z navbatida bir necha tarmoqlarga bo’linadi. Jumladan, poliz ekinlari biologiyasi va agrotexnikasini ishlab chiqish bilan polizchilik, sog’lom, sifatli urug’ini etishtirish bilan sabzavot ekinlar urug’chiligi tarmog’i shug’ullanadi.
Sabzavotchilikka xarakterli xususiyatlar sifatida yana nisbatan kichik maydonlarda etishtirish, o’suv davri qisqaligi (ko’pchilik ekinlarda), iqtisodiy samaradorligining yuqoriligini ham qayd etish o’rinlidir.
Sabzavotchilik xo’jaliklarida yana asosiy sohalar sifatida g’allachilik va chorvachilikni rivojlantirish mumkin. Bu esa respub­lika hukumatining bugungi agrar siyosatining muhim yo’nalishi hisoblanadi. CHunki, kuzgi g’alla ekinlari sug’oriladigan yerlarda yig’ib olingan dalalarga takroriy ekin sifatida sabzavot-poliz ekinlari va kartoshka o’stirib mo’l hamda sifatli hosil olish imko­niyatlari cheksizdir.
Sabzavotchilik bilan sut-tovar yo’nalishidagi qoramolchilik va cho’chqachilikni bog’lab rivojlantirish maqsadga muvofiq. CHunki, yi­rik zavod, fabrika, shahar va aholi zich joylashgan madaniy markaz­larda tez buziladigan va kam tashiluvchan sabzavot mahsulotlarini sotish mumkin bo’lsa, sotilmay qolganlarini, yig’ishtirilgach qolgan qoldiqlarini, nostandart va shahar oziq-ovqat chiqitlarini chorva mollari uchun zarur oziqa sifatida foydalanish mumkin. Go’ng esa sabzavotchilik uchun zarur mahalliy o’g’it, yopiq (himoyalangan) maydon uchun issiqlik manbai hisoblanadi.
2. Respublikamizda sabzavotchilikni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar, qabul qilinayotgan qarorlar va qonunlar.
Poliz ekinlari yalpi hosilining sezilarli va barqaror ko’tarilishi 2006 yildan boshlandi, bu hosildorlikning oshirilishi bilan ham izohlandi. Biroq 1991 yilgi ishlab chiqarish darajasiga 2008 yildagina erishildi.
2006 yildan so’ng poliz ekinlarining yalpi mahsuloti yiliga 90-140 ming tonna atrofida ortib bordi. 20014 yilda poliz ekinlarining yalpi hosili 1696 ming t. ni tashkil etdi. 1991 yilgi ko’rsatkichga qiyoslanganda poliz mahsulotlari etishtirish hajmi qariyb 1,8 marta ortdi. Aholi jon boshiga poliz mevalari etishtirish hajmi 54 kg ni tashkil etdi va bu 1991 yilgi ko’rsatkichdan 10 kg ga yuqoridir.
Tahkidlash joizki,poliz mevalarining taxminan yarmi fermer xo’jaliklari dalalarida yetishtirilmoqda. Binobarin, 2013 yilgi 1558 ming t. hosilning 782 ming t. yoki 50% qismi fermerlar tomonidan ishlab chiqarildi.
SHunday qilib, bugungi kunda sabzavot, poliz va kartoshka ishlab chiqarish hajmi mamlakatda olib borilayotgan islohotlar tufayli shu darajaga yetkazildiki, u sog’liqni saqlash muassasalari tomonidan belgilangan mehyorga nisbatan aholi jon boshiga ortig’i bilan iishlab chiqarilmoqda.
Binobarin, aholi jon boshiga talab qilinadigan mehyorga nisbatan ishlab chiqarilayotgan sabzavotlar 2,6 marta (109,2 kg o’rniga 290 kg), kartoshka – 1,4 marta (54,6 kg o’rniga 79 kg), poliz – v 2,2 marta (24,2 kg o’rniga 54 kg) ortiqdir. Agar transportda tashish va qayta ishlash sanoatini talabini hisobga olinsa ham, yetishtirilayotgan sabzavot, poliz va kartoshka aholi uchun yetarlicha darajaga olib kelingan.
SHunga qaramay, sabzavot, poliz va kartoshka etishtirish yalpi hajmini oshirish zarurati saqlanib turibdi. Buni eksport hajmini kengaytirish imkoniyati yuqori bo’lgan qayta ishlash korxonalarining talabini to’liq qondirilmayotganligi bilan izohlash mumkin. SHu bois bugungi kunda sabzavot mahsulotlari etishtirish hajmini oshirish bo’yicha barcha imkoniyatlardan foydalanish bo’yicha tadbirlar ishlab chiqilmoqda.
Binobarin, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 yanvardagi «2015 yilda sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz va uzum ishlab chiqarish va foydalanish prognoz parametrlari” qaroriga muvofiq 2015 yilda mahsulot ishlab chiqarish hajmi quyidagicha bo’lishi lozimligi belgilangan: sabzavot 9536 ming t. kartoshka – 2606 ming t. va poliz – 1770 ming t.
Uzoq kelajak prognozi bo’yicha esa 2030 yilga borib mahsulot ishlab chiqarish hajmi quyidagi ko’rsatkichlarga yetkazilishi lozim: sabzavot – 10,2 mln. t., kartoshka – 5,3 mln. t, poliz – 2,2 mln. t.
Yuqorida keltirilgan mahlumotlardan kelib chiqib xulosa qilishg mumkinki, sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik tarmoqlarini rivojlantirish uchun yetarlicha zahiralar mavjud. Fikrimizcha, ularning asosiylari quyidagilar hisoblanadi.



Download 35.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling