1-mavzu: Sabzavotchilik fanining ahamiyati, maqsadi,vazifasi va sabzavotchilikni ruvojlanishi. Reja


Tovar mahsulotlar etishtirish hajmini asosan ixtisoslashtirilgan fermer xo’jaliklarida ishlab chiqarishni tashkil etish orqali kengaytirish


Download 35.79 Kb.
bet4/5
Sana06.04.2023
Hajmi35.79 Kb.
#1332471
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-amaliy mashg\'ulot (3)

Tovar mahsulotlar etishtirish hajmini asosan ixtisoslashtirilgan fermer xo’jaliklarida ishlab chiqarishni tashkil etish orqali kengaytirish. Bu esa mexanizatsiya vositalaridan yanada keng foydalanishga yo’l ochadi, tarmoqni jadallashtirish va mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qiladi.
Ishlab chiqarish jarayonlarida mexanizatsiyadan foydalanish darajasin oshirish. Respublikada faqatgina ekish va qator oralariga ishlov berish mexanizatsiyalashtirilgan xolos. Aksariyat sabzavotlarni yig’ib olish va ularga birlamchi ishlov berish qo’l mehnatiga tayanganligicha qolmoqda. Bu jarayonlarda mini texnikalarning roli juda ham pastdir.
Sug’orishning progressiv texnologiyalaridan keng foydalanish. Sabzavotchilik va kartoshkachilikda hanuzgacha egatlab yer ustki sug’orish qo’llanilmoqda. Tomchilib sug’orishning rolini tarmoqda kuchaytirish lozim. Bu sa suvni tejash va yetishtirilayotgan mahsulot sifatini oshirish imkonini beradi.
Ertagi mahsulot etishtirish hajmini oshirish. Ertagi mahsulot etishtirish bo’yicha xorijiy davlatlar O’zbekiston bilan raqobatlasha olmaydi. Bu esa O’zbekistonning ertagi sabzavot mahsulotlarini MDH va boshqa xorijiy davlatlarga keng miqyosda eksport qilish imkoniyatlarini ochib beradi
Himoyalangan joy sabzavotchiligini yanada rivojlantirish. Bu tizim mavsumdan tashqari vaqtlarda ham yangi sabzavotlar bilan tahminlash, shuningdek eksport salohiyatini oshirishga keng imkoniyatlar ochib beradi. Buning uchun mavjud issiqxona xo’jaliklarini qayta rekonstruktsiya qilish, ularga yangi progressiv texnologiyalarni olib kirish talab etiladi.
Sabzavot va poliz mahsulotlarini tayyorlash, birlamchi ishlov berish va transportda tashish tizimini takomillashtirish. Aksariyat sabzavotlar kichik dehqon xo’jaliklarida yetishtirilayotganligi bois, ularni to’plash, birlamchi ishlov berish va qadoqlash bo’yicha markazlashgan tayyorlov issiqxona kombinatlarini va transportda tashish subhektlarini joriy qilish lozim, uch tomonlama shartnoma asosida ish tashkil etilishi lozim: ishlab chiqaruvchi – tayyorlovchi (eksporter) – transportda tashuvchi. Bu bitim mahsulotlarning ko’plab isrof bo’lishini oldini olish, mahsulotni istehmolchilarga sifatli yetkazib berish imkoniyatlarini beradi

Download 35.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling