Sabzavot ekinlarining botanik ta’rifi va morfologik tuzilishi, sabzavot ekinlarining biologik hususiyatlari


Download 0.52 Mb.
bet1/26
Sana13.11.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1771263
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
amaliy mashg\'ulot


Amaliy mashg’ulot mavzusi:

SABZAVOT EKINLARINING BOTANIK TA’RIFI VA MORFOLOGIK TUZILISHI, SABZAVOT EKINLARINING BIOLOGIK HUSUSIYaTLARI



Ishning maqsadi: Talabalarni sabzavot ekinlarining morfologik, biologik, xo‘jalik va boshqa belgilariga qarab guruhlanishlari bilan tanishtirish.
Materiallar va jihozlar:
Turli sabzavot ekinlari aks ettirilgan jadvallar va sabzavotlarning mulyajlari.
TOPSHIRIQ
1. Sabzavot ekinlarining botanik oilalari bilan tanishish
2. Sabzavotekinlarining biologik xususiyatlariga bog’liq holda guruxlarga bo‘linishi
KO‘RSATMALAR
1. Sabzavot ekinlarining botanik oilalari bilan tanishish
Sersuv mevasi va etli qismi oziq-ovqatga ishlatiladigan bir yillik, ikki yillik va ko‘p yillik o‘tchil o‘simliklar sabzavotlar deb ataladi.
Sabzavot ekinlari 14 ta botanik oilaga mansub 80 ga yaqin turni o‘z ichiga oladi. SHundan 40 ga yaqin turi O‘zbekistonda ekiladi. Ular morfologik, biologik va xo‘jalik belgilari bo‘yicha keskin farqlanadi. O‘rganishni osonlashtirish uchun sabzavot ekinlari muayyan belgilarning o‘xshashligiga qarab ma’lum guruhlarga birlashtiriladi.
Botanik belgilariga ko‘ra asosiy sabzavot ekinlari quyidagi oilalariga mansubdir.
1. Karamdoshlar yoki krestguldoshlar (Brassicaceae) – oddiy karam, savoy, bryussel, kolrabi karami, gulkaram, xitoy, pekin (salatbop) karami, kress salat, xantal (gorchitsa), bryukva, turp, sholg’om, rediska, xren, qatron.
2. Soyabonguldoshlar yoki seldereysimonlar (Apiacecae) – sabzi, petrushka, selderey, shivit, kashnich, pasternak.
3. Qovoqdoshlar (Cucurbitaceae) – tarvuz, qovun, qovoq, qovoqcha, patisson, bodring.
4. Tomatdoshlar (Solanaceae) – pomidor, boyimjon, qalampir, fizalis, kartoshka.
5. SHo‘radoshlar - (Chenopodiaceae) – xo‘raki lavlagi va barg lavlagi (mon­gold), ismaloq.
6. Dukkakdoshlar, ya’ni kapalakdoshlar (Fabaceae) – dukkaklar, gorox, loviya, fasol, sparja loviyasi.
7. Murakkabguldoshlar yoki astrasimonlar (Acteraceae) – barg salat, bosh salat, romen salati, artishok, estragon, salatbop tsikoriy.
8. Toronguldoshlar (Polygonaceae) – shovul, rovoch (chukri).
9. Labgullilar yoki yasnotkasimonlar (Labiatae) – rayhon, yalpiz, mayoran, chaber.
10. Gulxayridoshlar (Malvaceae) – bamiya.
11. Pechakguldoshlar (Convonvulaceae) – batat.
12. Piyozguldoshlar (Liliacae) – bosh piyoz, batun, anzur piyoz, porey piyoz, ko‘p yarusli, shnitt, oltoy, shalot piyozlari, sarimsoq.
13. Sparjadoshlar (Asparaguceae) – sarsabil.
14. Boshoqdoshlar yoki qo‘ng’irboshlar (Poaceae) – shirin makkajo‘xori.
Piyozguldoshlar, sparjadoshlar va boshoqdoshlar bir pallalilar, qolganlari ikki pallalilar sinfiga kiradi.
Botanik guruhlanish har bir o‘simlikning o‘simliklar dunyosidagi o‘rnini belgilaydi. Muayyan bir botanik oiladagi o‘simliklar ko‘p hollarda o‘sish sharoitiga bir xil talabchan bo‘ladi, bir xil zararkunanda va kasalliklar bilan zararlanadi hamda morfologik, anatomik tuzilishida umumiy o‘xshashliklar ko‘p bo‘ladi.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling