Sabzavot ekinlarining botanik ta’rifi va morfologik tuzilishi, sabzavot ekinlarining biologik hususiyatlari


Himoyalangan yer inshootlari tuzilishi va vazifalari


Download 0.52 Mb.
bet8/26
Sana13.11.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1771263
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26
Bog'liq
amaliy mashg\'ulot

2. Himoyalangan yer inshootlari tuzilishi va vazifalari
“O‘stiriladigan o‘simlik” qatoriga, parnikda nima yetishtirilsa shu yoziladi, masalan: karam ko‘chati, qalampir ko‘chati, rediska, ko‘k piyoz va boshqalar. O‘quvchilar parnik turlari xarakteristikasini yozib bo‘lganlaridan so‘ng, parnik jihoz (inventar)lari va mashinalarini ko‘zdan kechirib ularning ro‘yxatini tuzadilar. Ro‘yxatda inventar va jihozlarning nomlari va vazifalari ko‘rsatiladi.
O‘quvchi barcha savollarga javob yozib, xo‘jalikda mavjud bo‘lgan parnik turlari va ular qismlarini chizib, asosiy parnik turlari ta’rifi aks ettirilgan jadvalni to‘lg’azganidan, ko‘rgan inventar, jihozlari va mashinalarning ro‘yxatini tuzganidan so‘ng ish bajarilgan hisoblanadi.

18.3-rasm. Tuproq ko‘tarmali sinchsiz qurilma ko‘rinishi:
1 – plyonka, 2 – tuproq ko‘tarmasi


Sinchli plyonkali yopqichlar. Ularda plyonka uchun, simlar, plastmassa quvurlar, tol novdalari, yog’ochlar yoki reykalar va boshqalardan tayyorlangan sinchlar tayanch vazifasini bajaradi. Ular sinchning konfiguratsiyasiga ko‘ra chodirsimon (shatrovыe) (ikki nishabli) va arkasimon (yarimdoirasimon, tonnelsimon)larga bo‘linadi.



18.4-rasm. CHodirsimon yog’och sinchlar:
a – chorpoyatirgovuch (kozelok) va b – uchburchak
CHodirsimon (shatrovыe) plyonkali yopiqichlar yog’och chorpoya (kozelok) yoki uchburchak shaklli vertikal yog’och bag’azdan yasalib, ularni pastki qismi tuproqqa qadaladi (18.4-rasm).
Yog’och materialning qimmatligi sababli sinchli chodirsimon qoplamalar kam qo‘llaniladi.
Arkasimon (yarimaylana) sinchli plyonkali yopqichlar yoysimon sinchli bo‘lib, sinchlari po‘lat sim, plastmassa yoki alumin quvurlar, tol novdalari va boshqa egiluvchan materiallardan tayyorlanadi.
Tomorqa xo‘jaliklarida, zavodlarda ishlab chiqarilgan metall va plastmassalardan tayyorlangan qismlari bo‘lgan, arkasimon sinchli plyonkali qurilmalardan foydalanadilar. Ularning barchasi yoysimon, sinchli bo‘lib, ustidan plyonka tortilib yopiladi. YOn tomonlaridagi plyonkaning chetlari tuproq bilan bostirilib, bosh va oxirgi qismlaridagi plyonka buklanib yig’iladi va kanop bilan oldindan yerga qoqilgan qoziqchaga bog’lanadi. Ularning quyidagi uch turi keng tarqalgan: ya’ni, egatlarda qo‘llash uchun sinchi alyumin quvurlardan yasalgan, o‘rkachlar uchun plastmassa quvurlardan va po‘lat simdan tayyorlangan sinchlardan foydalaniladi (19.5-rasm).


Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling