Sabzavot ekinlarining botanik ta’rifi va morfologik tuzilishi, sabzavot ekinlarining biologik hususiyatlari
Download 0.52 Mb.
|
amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 18.8-rasm.
- Issiqxonalar
18.7-rasm. Biologik usulda isitiladigan yerga xandaq kovlab o‘rnatilgan rus parnigining ko‘ndalang kesimi: a – yog’och suyamali parnik; b – temir betondan yig’ilgan parnik; 1 – romi; 2 – shimoliy kesakisi; 3 – janubiy kesakisi; 4 – tuprog’i; 5 – bioyonilg’i; 6 – qo‘shni parnik kesakilarini birlashtiruvchi moslama (lejen); 7 – rom tirgagi; 8 – parnik romlariga tirab turiladigan temir moslama (skoba)
Ertagi issiq parniklar, qishda foydalaniladigan bioyonilg’isi qalinligi – 50-60 sm, bahorda foydalanadigan yarim issiqxonalarniki esa – 30-40 sm bo‘ladi. Oynavand parniklar qo‘pol va qimmat bщlgani uchun so‘nggi-yillarda romi plyonka bilan qoplangan yengil va arzon parniklardan foydalanilmoqda. Plyonkali parniklarning yon tomonlarida oynavand parniklar kabi to‘siqlari bo‘ladi. Ular bir va ikki nishabli. Bularning har ikkisi ko‘chma va statsionar bo‘lishi mumkin. Bir nishabli plyonkali parnik o‘lchami 1,5×3 m bo‘lib, uning uchun 0,5-0,6 m chuqurlikda o‘ra tayyorlanadi. O‘raning burchaklariga va bo‘yining uzun tomonlari o‘rtasiga ustunlar o‘rnatilib, ularga kesaki (bort) qoqiladi. тупроқ гўнг 18.8-rasm. Bir nishabli plyonkali parnik. Plyonkali yig’ma ko‘chiriladigan parnik. Uzunligi 6 m bo‘lgan parnik maydoni 9,6 m2 ni tashkil etadi. U uchta stropil bag’azlar (reykalar), ikki (kesaki) yon taxta va plyonkali qoplamadan yig’iladi. Issiqxonalar – o‘simlik o‘stiriladigan, inshootlarning eng takomillashgan turi bo‘lib, ularda zamonaviy muhadnislik vositalari ko‘magida o‘simliklarni o‘stirish uchun eng maqbul sharoitni yaratish mumkin. Issiqxonalarning vazifasi mavsumiy bo‘lmagan o‘simliklarni, shuningdek himoya qilingan va ochiq yerlar uchun ko‘chat o‘stirishdir. Ularning asosiy konstruktiv elementlari asos, karkas, old va yon tomon devorlari, qoplamadir. Ichki uskunalarga isitish, shamollatish, suv ta’minoti, elektr ta’minoti, karbonat angidrid bilan boyitish sistemalari va tokchalar kiradi. Issiqxona elementlarining qanday materiallardan tayyorlanganligi ko‘z bilan ko‘riladi. Issiqxonaning qurilish, inventar va foydali maydoni o‘lchashlar natijasi bo‘yicha hisoblab chiqiladi. Qurilish maydoni - bu tashqi uzunlikni kenglikka ko‘paytmasi, inventarniki ichki uzunlikni kenglikka ko‘paytmasi, foydali maydon - ekish va ko‘chat uchun foydalaniladigan maydon (doimiy asfalt yo‘llarsiz). Maydondan foydalanish koyeffitsiyenti foydali maydonni inventar maydonga bo‘lish va olingan sonni 10 ga ko‘paytirib aniqlanadi. Ichki uskunalarni bayon qilishda issiqlik manbalari va ularning joylashishi (issiq suvli quvurlar, tuproqosti va suv tuproqustini isitish, issiqlik generatorlari, kaloriferlar va sug’orish usullari yomg’irlatib yoki rezina ichak bilan va shu kabilar), karbonat angidrid bilan boyitish usuli, issiqxonaga qorishmalarni zaharli ximikatlar, o‘g’itlarni berish usuli (magistral truboprovod, yomg’irlatib sug’orish orqali, umuman yo‘q), mikroiqlimni boshqarish (avtomatlashtirilgan yoki yo‘q) ko‘rsatib o‘tiladi. Issiqxona solishtirma hajmi to‘siq koyeffitsiyenti hisoblashlar vositasida aniqlanadi. Solishtirma hajmi - bu hajmning inventar maydonga nisbati, to‘siq koyeffitsiyenti esa devor va tom sathi yig’indisining inventar maydonga nisbatidir. Ikki nishabli bir bo‘g’inli issiqxonalar devorlarining sathi to‘rt devor va ikki yon uchburchaklar sathi yig’indisiga, tom sathi esa ikkala nishab sathining yig’indisiga tengdir. Blokli issiqxonada devorlar sathi to‘rt devor va barcha sektsiyalar yon uchburchaklari sathining yig’indisiga, tom sathi esa bo‘g’inlarni barcha nishablari sathining yig’indisiga tengdir. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling