Sabzavot ekinlarining botanik ta’rifi va morfologik tuzilishi, sabzavot ekinlarining biologik hususiyatlari


Download 0.52 Mb.
bet7/26
Sana13.11.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1771263
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26
Bog'liq
amaliy mashg\'ulot

Amaliy mashg’ulot mavzusi:



HIMOYALANGAN YER INSHOOTLARI TURLARI, TUZILISHI VA VAZIFALARI



Ishning maqsadi: Himoyalangan joy inshootlari turlari, tuziishi va ularning vazifalari xaqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdan iboratdir
Materiallar va jihozlar:1. Parnigi bor xo‘jalik. 2. Turli xildagi parniklarning tuzilishi bo‘yicha maketi, plakati, rasmi, shakli. 3. Ruletka, shtangentsirkul, chizg’ichlar. 4. Kompyuter tasvirlari va informatsiyalari. 5. Ma’lumotnomalar. 6. Parnik asbob-uskunalari.

TOPSHIRIQ
1. Himoyalangan yer inshootlari va ularning turlari
2. Himoyalangan yer inshootlari tuzilishi va vazifalari
TOPSHIRIQNI BAJARISH UCHUN KO‘RSATMALAR
1. Himoyalangan yer inshootlari va ularning turlari
Ekinlarni mavsumdan tashqari davrlarda o‘stirish maqsadida, sun’iy mikroiqlim sharoitlarini yaratish yoki tabiiy mikroiqlim sharoitlarini yaxshilash maqsadida jihozlanib qurilgan inshootlar va yer maydonlari yer inshootlari deb ataladi.
O‘zbekistonda keng tarqalgan ilitilgan yer turlari bilan tanishish, ularni birini ikkinchisidan ajrata bilishni o‘rganish, ilitilgan yer turlari tasnifi o‘zlashtirish, arkasimon (yarim yoysimon) sinchli kichik hajmli tonnel tipidagi plyonkali qurilmalar tuzilishini chizish. Himoyalangan yerinshoatlarini qanday turlari borligi, ularni ajrata bilishni tuzilishi va vazifalarini o‘quvchilarga o‘rgatish va o‘zlashtirishlariga yordamlashish.
O‘quvchilar nazariy kursda olgan bilimlari va ma’lumotnomalar, parniklarning har xil turlarini yoki ularning maketlarini ko‘rib ish daftarida quyidagi savollarga javob beradilar:

  1. Parniklar nimalari bilan issiqxonadan farqlanadi?

  2. Parniklar qanday konstruktiv tuzilishi va foydalanishiga ko‘ra farqlanadi?

  3. Erni kovlanib o‘rnatilgan plyonkali parniklarning qanday turlarini bilasiz?

  4. Kesaki nima va u qanday vazifani bajaradi?

  5. Parniklarning yana qanday asosiy tiplari mavjud?

So‘ng o‘quvchilar, bir nishabli oynavand, bir va ikki nishabli plyonkali, yer kovlanib joylashtirilgan parniklarning tuzilishi bilan tanishadilar. Ularning har birida (oynavand va plyonkali parniklarda) kesakisining enini, uzunligini va balandligini o‘lchaydilar. Ko‘rsatilgan uch tur parniklarini taxta kesakisi tirgaklari orasidagi masofa aniqlanadi. Bir nishabli parniklarning shimoliy va janubiy devorlari balandligi, plyonka yaxlit yopilgan ikki nishabli parniklar kesakilari asosining o‘lchamidan tashqari, asosidan sarrovigacha bo‘lgan masofa, stropilining uzunligi va oralaridagi masofa, sarrov va plyonka mahkamlanadigan g’altak diametri o‘lchanadi.
O‘quvchilar shundan so‘ng parnik turlari kesakilarining o‘lchamini ko‘rsatgan holda rasmini chizadilar. Keyin o‘quvchilar oynavand va plyonkali parnik romlarining tuzilishi bilan tanishadilar. Parnik romlari bo‘yi va enini, rom oralig’idagi oyna o‘rnatiladigan bag’azlar (shproslar) sonini va ular oralig’ini, romni bog’lab turgan bruslar va shproslarning kesimi hamda shpros va rom chetidagi oyna o‘rnatiladigan o‘yiqning (faltsaning) chuqurligini aniqlaydilar. O‘quvchilar o‘lchagan natijalaridan foydalanib parnikning umumiy ko‘rinishi va parnik romlarining o‘lchamlarini ko‘rsatgan holda ko‘ndalang kesimi rasmini chizadilar.
O‘quvchilar o‘lchov natijalaridan foydalanib o‘z ish daftarlariga nomlari keltirilgan uch turdagi parnikning ko‘ndalang kesimi va umumiy ko‘rinishi -rasmlarini chizadilar.
O‘quvchilar nomi keltirilgan qurilmalar (ob’ektlar) rasmini chizib bo‘lganlaridan so‘ng, parniklarning konstruktiv tuzilishi va foydalanish belgilarini quyidagi shakl bo‘yicha ta’riflaydilar.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling