Sabzavot ekinlarining botanik ta’rifi va morfologik tuzilishi, sabzavot ekinlarining biologik hususiyatlari
Sabzavot ekinlar urug’ining morfologik xususiyatlari
Download 0.52 Mb.
|
amaliy mashg\'ulot
2. Sabzavot ekinlar urug’ining morfologik xususiyatlari.
Sabzavot ekinlari urug’ining yirikligi shakli, yuzasi va morfologik belgilari har xil bo‘ladi. Ko‘pgina sabzavot ekinlari urug’ini bir-biridan oson ajratish mumkin. Biroq bir oilaga mansub o‘simliklarning, masalan, karamdoshlar, piyozdoshlarning urug’ini morfologik belgilariga qarab bir-biridan ajratish juda qiyin, hatto mumkin emas. SHunga ko‘ra ularni aniqlash uchun boshqa usullardan foydalaniladi. Masalan, kartoshkaning har xil turlarining urug’i morfologik - anatomik belgilariga qarab, sholg’om va rediska urug’i anatomiya va ximiyaviy usullar yordamida aniqlanadi. Anatomiya usuli urug’ po‘stining har xil tuzilishiga asoslangan. Ximiyaviy usul yordamida aniqlashda urug’lar o‘yuvchi natriyning 10% li eritmasiga 2 soat davomida solib qo‘yiladi. Natijada eritma shu o‘simlik turi uchun xos bo‘lgan rangga kiradi. Urug’larning yirik-maydaligi, shakli yuzasi, rangi va alohida hosilalari bo‘lishi ularning muhim morfologik belgisi hisoblanadi. V.I.Edelshteyn sabzavot ekinlari urug’ining yirikligiga yoki 1 grammdagi soniga ko‘ra ularni quyidagi guruhlarga bo‘ladi: Juda yirik urug’: 1 g da 1 - 10 dona - dukkaklar, loviya, gorox, qovoq, makkajo‘xori, tarvuzda; Yirik urug’: a) 1 g da 10 - 60 dona - artishok, tarvuz, qovun, bodring, lavlagi, sparjada; b) 1 g da 60 - 100 dona - rovoch, ismaloq, rediska, sholg’om; O‘rta yirik urug’: 1 g da 150 - 350 dona - qalampir, karam, piyoz, pomidor, boyimjon, pasternak, bryukva, turpda; Mayda urug’: 1 g da 600 - 900 dona - turp, sabzi, petrushka, shivit, sachratqida; Juda mayda urug’: 1 g da 1000 - 2000 dona - shovul, selderey, kartoshka, salat, estragonda (5000 - 6000). K.P.Lange sabzavot ekinlari urug’ini yirikligiga ko‘ra: juda mayda – 2 mm gacha, mayda - 2,5 mm, o‘rtacha yirik - 5-8 mm, dan yirik bo‘lganlarga ajratadi. Urug’larning yirikligi va solishtirma og’irligi doimiy emas. Ular ona o‘simlikda, joylashishiga va o‘stirish sharoitiga (iqlim, tuproq, agrotexnika va boshqalarga qarab) keskin o‘zgaradi. Urug’larning yirik bo‘lishi murtakning rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan zapas oziq moddalar miqdorini bildiradi. Mayda urug’lardan nimjon, ancha ko‘p parvarish qilishni talab etadigan maysalar chiqadi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling