1-Mavzu: Sezgi va idrok umumiy tasavvurlar, yondoshuvlar Sezgi to‘g‘risida umumiy tushuncha
Psixologiya fanida sezgi nazariyalari
Download 150.6 Kb.
|
1-Mavzu Sezgi va idrok umumiy tasavvurlar, yondoshuvlar Sezgi t
2. Psixologiya fanida sezgi nazariyalari
Tashqi olam xususiyatlari to‘g‘risidagi va shaxsning o‘z gavdasini tuta bilish yuzasidan bilimlar, maʼlumotlar, xabarlar va taassurot-lar manbai bu sezgilar bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun sezgilar inson organizmiga, yaʼni uning tana aʼzolariga tushadigan axborot-larning asosiy kanali (yo‘li) sanalib, ular tashqi dunyo hamda ichki tana aʼzolari to‘g‘risidagi xabarni bosh miya katta yarim sharlari va bosh miyaning tarkiblariga yetkazib turadi, xuddi shu boisdan inson o‘zini qurshab turgan makro muhitni oriyentirlash (mo‘ljallash) im-koniyatiga egadir. Agarda mazkur kanallar berk bo‘lib qolgan taqdir-da, sezgi organlari zarur axborotlar bilan taʼminlamaydi, binobarin, ongni hukm surish imkoniyati o‘z-o‘zidan yo‘qoladi. Psixologiya fanida shunday ilmiy dalillar mavjudki, mabodo inson axborotlarning shaxobchasidan mahrum bo‘lsa, u holda u uyqu holatiga sho‘ng‘iydi. Masalan, tasodifan teri-tuyush sezgilari pato-logiyaga uchrasa, unda odam (ko‘pincha vaqtincha, muvaqqat) ko‘rish, eshi-tish, hid sezishdan mahrum bo‘lishi mumkin. Mabodo axborotlar tuza-tish shaxobchasi ilk bolalik yoshi davrida buzilsa, kar yoki ko‘r bo‘lib qolsa, u taqdirda uning aqliy rivojlanishida keskin to‘xtalish (vaq-tincha orqada qolish) yuzaga keladi. Agarda bola maxsus usul yoki us-lubga o‘rgatilsa tabiiy ravishda mavjud kamchiliklarning o‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydi. Sezgini bunday tarzda tushuntirilishiga nisbatan har xil muno-sabatlar psixologiya tarixida mavjud bo‘lib, ularning hech qaysisi asosiy manba ekanligiga shubha bilan qarashga moyildirlar. Hozir ularning ayrimlariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz va haqiqiy mohiyati-ni ochib berishga intilamiz. Nemis faylasufi Xristian Volf «Ratsional psixologiya” (1732 yil) va «Empirik psixologiya” (1734 yil) kitoblarida: ongning ichki holati, aqliy fikr yuritishga qobiliyatlilik tabiiy moddiy asos zamiridan kelib chiqib, tashqi olamdan kelib tushadigan axborotlar shoxobchasiga, yaʼni sezgi kanaliga, hech qanday bog‘liq emas deb tu-shuntirishga harakat qildi. Sezgilarga mana bunday yondashish naza-riyotchisi »фанга ratsionalizm” tushunchasi bilan birga kirib keldi. X. Volf va uning tarafdorlari psixik jarayonlar (sezgi, idrok, xotira va boshqalar) murakkab ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot mahsuli emas, degan g‘oyani ilgari surdilar. Shuning bilan birga «Ong”, «Aql” tarixiy evolyusiya natijasi emas deb, inson psixikasiga o‘zgacha yonda-shib, uni izohlab berish mushkul bo‘lgan «birlamchi” xususiyat ekanligini tushuntirishga intildilar. Mazkur nazariyaga asoslangan psixologlar insonning sezgilari uning tashqi olam bilan bog‘lab turuvchi birdan-bir shaxobcha ekanligini inkor qilishgacha borib yetdilar va voqelikni mana bunday tarzda izohlashga harakat qildilar: go‘yoki sezgilar insonni tashqi olamdan ajratib turadilar, ular atrof-muhit o‘rtasidagi bartaraf qilib bo‘lmaydigan devor hisoblanadilar. Berkli, Yum, I. Myuller, Gelmgols singari olimlar sezgi organlarining «spetsifik ener-giyasi” nazariyasini ishlab chikdilar. Bu g‘oyaning asoschisi sifatida Iogann Myuller qatʼiy pozitsiyada turib, uni butun vujudi bilan himoya qilishga intildi. Ushbu nazariyaga binoan, har qaysi sezgi aʼzosi xoh quloq, xoh til, xoh teri bo‘lishidan qatʼi nazar, tashqi dunyoningtaʼsirini aks ettirmaydi, atrof-muhitda bo‘lib turgan real, yaqqol jarayonlar yuzasidan axborotlar berishga qobil emas, faqat u tashqi taʼsirdan shaxsiy jarayonlarning qo‘zg‘atuvchisidan turtki ola-Di, xolos. Mazkur nazariyaga ko‘ra, har bir sezgi aʼzolari o‘zining «spetsifik energiyasi”ga ega, har qanday taʼsirdan qo‘zg‘aladi. Masa-lan, ko‘zni bosib, unga elektr toki bilan taʼsir qilib ko‘rilsa, unda yorug‘lik sezgisi hosil qilinadi; quloqqa elektr qo‘zg‘atuvchisi bilan taʼsir o‘tkazilsa, u holda tovush sezgisi vujudga keladi. Binobarin, sezgi aʼzolari tashqi taʼsirni aks ettirmaydi, balki ulardan, yaʼni ularning taʼsiridan qo‘zg‘aladi, xolos. Inson hech qachon tashqi voqe, yaqqol dunyoning obʼektiv taʼsirlarni idrok qilmaydi, balki sezgi aʼzolari faoliyatida o‘zlarining shaxsiy subʼektiv holatlarini aks ettiradi. Mazkur nazariyaga binoan, inson obʼektiv dunyoni idrok qila ol-maydi, u subʼektiv jarayonlarni aks ettiradi, oqibat natija «dunyo element” (mayda qism)larni idrok qilish vujudga keladi. Psixolo-giya tarixida «subʼektiv idealizm” degan yo‘nalish ham yuzaga kelgan bo‘lib, ungacha, «inson faqat o‘zi”nigina biladi, xolos. Undan tashq-ari hech narsa hukm surishi mumkin emas. Bu nazariya o‘ziga xos g‘oyaga ega bo‘lib, fan tarixida «solipsizm” (yagona «Men”) nomini olgan edi. Download 150.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling