1-Mavzu: Sezgi va idrok umumiy tasavvurlar, yondoshuvlar Sezgi to‘g‘risida umumiy tushuncha
Seminar mashg‘uloti uchun mavzular
Download 150.6 Kb.
|
1-Mavzu Sezgi va idrok umumiy tasavvurlar, yondoshuvlar Sezgi t
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-MAVZU: Diqqat haqida umumiy tushuncha
Seminar mashg‘uloti uchun mavzular
Idrok to‘g‘risida tushuncha. Idrokning yangi qirralari. Idrok fenomenlari haqida mulohazalar. Idrok shakllarining psixologik tavsifi. Idrokning rivojlanishi. Referat uchun mavzular Idrok to‘g‘risida umumiy tushuncha. Idrok bosqichlari va bilish. Idrok xususiyatlari va sifatlari haqida mulohazalar. Idrokning fenomenal holatlari talqini. Adabiyotlar /. Bruner D.S. Psixologiya poznaniya. —M., 1977. Velichkovskiy B.M. Sovremennaya kognitivnaya psixologiya. — M., MGU, 1982. Velichkovskiy B.M., i dr. Psixologiya vospriyatiya. —M, MGU, 1973. Logviyenko A.D. Psixologiya vospriyatiya. —M., MGU, 1987. Solso R. Kognitivnaya psixologiya. —M.: 2002. Fress P., Piaje J. Eksperimentalnaya psixologiya. Vt.4. — M., 1978. G‘oziyev E.G‘. Umumiy psixologiya. -T.: «Universitet”, 2002 5-MAVZU: Diqqat haqida umumiy tushuncha Diqqat inson faoliyatining barcha turlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishning va ularni samaradorligini taʼminlovchi muhim shartlardan biridir. Kishi faoliyati qanchalik murakkab, serzah-mat, davomiylik jihatdan uzoq muddatli, masʼuliyat hissini taqozo qilsa, u diqqatga shunchalik yuksak shartlar va talablar qo‘yadi. Inson ziyrakligi, farosatliligi, tez payqashi, sinchkovligi, dilkash-ligi uningturmush sharoitida, shaxslararo munosabatida muhim omil sifatida xizmat qiladi. Diqqat aqliy faoliyatning barcha turlari-da ishtirok etadi, insonning xatti-harakatlari ham uning ishtiro-kida sodir bo‘ladi. Psixologiya fanida diqqatga har xil taʼrif beriladi, uni yori-tishda psixologlar turli nazariyaga asoslanib yondashadilar. Diqqat deb ongni bir nuqtaga to‘plab, muayyan bir obʼektga aktiv (faol) qara-tilishi aytiladi (P. I. Ivanov). P. I. Ivanovning fikricha, biz faoliyatimiz jarayonida idrok va tasavvur qiladigan har bir narsa, har bir hodisa, o‘zimiz qilgan ishimiz, o‘y va fikrlarimiz diqqat-ning obʼekti bo‘la oladi. N. F. Dobrinin. N. V. Kuzmina, I. V. Straxov, M. V. Gamezo, F. N. Gonobolin va boshqalarning nuqtai nazaricha, diqqatning vujud-ga kelishida ongning bir nuqtaga to‘planishi ong doirasining to-rayishini bildiradi, go‘yoki ong doirasi bir muncha tig‘izlanadi. Bunday torayish vatig‘izlanish natijasida ongdoirasi yanada yorqin-lashadi. Ongning eng toraygan, tig‘izlangan yorqin nuqtasi diqqat-ning markazi (fokusi) deb nomlanadi. Xuddi shu markaz (fokus)ga tushgan idrok qilinayotgan jismlar, tasavvur obrazlari, o‘y va fik-rlar to‘la, yorqin va aniq ifodalanadi. Jahon psixologlarining fikricha, diqqat uzluksiz ravishda, muayyan darajada aktivlik xusu-siyatini saklab turadi. Bunday aktivlik, ongning biron-bir obʼektga yo‘nalishining kuchayishi va maʼlum vaqt davomida diqqat yo‘nalti-rilgan narsaga ongning faol (aktiv) qaratilishini regulirovka qilib turadi hamda mazkur holatning saklanishini taʼminlaydi. Shuni alohida taʼkidlab o‘tish kerakki, diqqat sezgi, idrok, xo-tira, tafakkur, xayol, nutq kabi alohida psixik jarayon emas. Shu-ning uchun barcha psixik jarayonlarda qatnashadi, ularking mahsul-dorligini oshirishga taʼsir etadi. Shu boisdan diqqat qaratilgan obʼektlar ong to‘plangan nuqgasida aniq, yaqqol aks ettiriladi. De-mak, diqqat aqliy jarayonlarning sifati, mahsuldorligi va samaradorligini taʼminlovchi insonning ichki aktivligidan iboratdir. Shuningdek, u har qanday inson faoliyatining zaruriy shartidir. Psixologiya tarixining sahifalarini varaqlasak, diqqatning kishi faoliyatidagi roliga berilgan yuksak va qimmatli mulohaza-lar uchraydi. Jumladan, fransuz olimi Kyuve geniallikni chidam-li diqqat deb taʼriflashi, Nyutonning kashfiyot fikrini doimo shu masalaga qaratilish jarayoni deyishi, Ushinskiyning diqqat psi-xik hayotimizning yagona eshigi deb baho berishi bunga yorqin misol bo‘la oladi. Bilish jarayonlari kechishining eng muhim xususiyati uning tan-lovchanlik va yo‘nalganligi bilan xarakterlanadi. Shu boisdan inson atrof-muhitning ko‘plab qo‘zg‘atuvchilari, taʼsirlari orasidan alohida nimanidir idrok etadi, faraz qiladi, allaqaysi narsa to‘g‘ri-sidagina mulohaza yuritadi, xolos. Ongning bu xossasi diqqat xusu-siyati bilan bog‘liq ravishda namoyon bo‘ladi. Diqqat bilish jarayon-lari singari o‘zining alohida mazmuniga, muayyan mahsuliga ega emas, shuning uchun u barcha jarayonlarning jo‘shqinligi, ildamligini taʼ-minlaydi. Demak, diqqat individning hissiy, aqliy yoki harakat-lantiruvchi faolligi darajasining oshirilishini taqozo etadigan tarzda ongning yo‘naltirilganligi va biror narsaga qaratilganli-gidir (YE.' B. Pirogova). Berilgan taʼrifga binoan, "ushbu yo‘nalti-rilganlik subʼektnichg ehtiyojlariga, uning faoliyati maqsadlari va vazifalariga mos keladigan obʼektlarning tanlanganligida, ix-tiyorsiz yoki ixtiyoriy tanlashda va ajratishda vujudga keladi. Diqqatning muayyan obʼektlarga to‘planishi, to‘planganligi (konsentra-siyalanishi) ayni paytda boshqa jismlardan chalg‘ishni yoki ularning vaqtincha (muvaqqat) inkor etilishini talab qiladi. Ana shu omil-larga ko‘ra, aks ettirish ravshanlanib boradi, tasavvurlar, mulohaza-lar faoliyat yakunlangunga qadar, qo‘yilgan maqsadga erishguncha ong-da saqlanadi. Ana shu yo‘sinda diqqat faoliyatini nazorat qilib boradi va uni boshqaradi. Shuning uchun ko‘pgina psixologlar (P. Ya. Galperin va uning shogirdlari) diqqatni yuksak turini bilish ja-rayonlari, kishining xulq-atvori kechishini boshqarish imkoniyatiga ega ekanligini taʼkidlaydilar. Diqqatning.biror obʼektga yo‘na-lishiga ko‘ra sensor (perseptiv), akliy (intellektual), harakatlan-tiruvchi (harakat) shakllariga ajratish mumkin. Diqqatning muayyan obʼektga to‘planishi ko‘p jihatdan insonning his-tuyg‘usi, irodaviy sifati, qiziqishi kabilarga bog‘liqdir. His-tuyg‘ular va emotsional holatlar diqqatning obʼekti bilan uzviy bog‘langandagina uning uchun ijobiy ahamiyat kasb etadi. Histuyg‘ular, emotsional holatlar qanchalik kuchli va ko‘tarinki tarzda namoyon bo‘lsa, demak, diqqat ham shunchalik obʼektga mustahkam qara-tiladi. Hislar, lar diqqatning ham ixtiyorsiz, ham ixtiyoriy turlarini zo‘raytiradi. Insonning amaliy va aqliy faoliyati jara-yonida uning ongi muayyan darajada yangi bilimlar maʼlumotlar bilan boyib borishi natijasida diqqat ham takomillashadi. Yangilik-ni payqash hissi odam aqliy faoliyatini faollashtiradi (aktiv-lashtiradi), shu bilan birga, diqqatning obʼektga uzoqroq to‘plani-shini taʼminlaydi. Insonning barqarorlashgan kayfiyati diqqat-ning kuchi va ildamligini oshiradi, tanlovchanligiga ijobiy taʼ-sir etadi. Stress, affekt singari emotsional holatlar diqqatga sal-biy taʼsir etib, uningtashqi taʼsirlariga beriluvchan, kuchsiz qilib qo‘yadi. Ana shuning oqibatida diqqat chalg‘iydi, bo‘linadi, parishon-lik namoyon bo‘ladi, faoliyatdagi bir tekislik buziladi. Psixologiyada diqqat.ning ixtiyoriy turi, ko‘pincha irodaviy deb nomlanadi. Bu, albatta, bejiz emas, chunki, diqqatning muayyan obʼekt-ga yo‘naltirilishi iroda kuchi bilan saklab turiladi. Hatto ixtiyor-siz diqqat faoliyatida qatnashsa, u ham irodaning zo‘ri bilan yo‘nal-tirilgan obʼektda to‘planib turadi. Irodaning faoliyatni amalga oshirishda ishtirok qilishi ko‘p jihatdan kishining maqsadiga in-tilishi, ishchanlik qobiliyati, psixologik tayyorligiga bog‘liq. Shu boisdan diqqatning kuchi, barqarorligi, mustahkamligi ildamligi odamning muayyan faoliyatini bajarishga moyilligi, shayligi bilan o‘lchanadi. Diqqatning yuksak darajada mujassamligini taʼmin-lab turishda odamning faoliyatni bajarishga muvofiqlashgani mu-him rol o‘ynaydi. Har qanday faoliyatni amalga oshirishning bo-shida qiyinchiliklar yuzaga keladi va ular kishidan irodaviy zo‘r berishni talab qiladi. Faoliyatni bajarishdagi nuqsonlarning na-moyon bo‘lishi diqqatni to‘plashdagi qiyinchiliklarningoqibati bo‘lib hisoblanadi. Diqqatning obʼektga to‘planishi, mustahkamlanishi odamning qiziqishlariga bog‘liqdir. Hatto ixtiyorsiz diqqatning faoliyatda mujassamlashishida kishining ishtiyoqi va qiziqishi katta ahamiyat-ga egadir. Odatda, faoliyatga qiziqish bevosita va bilvosita shaklda namoyon bo‘ladi. Bevosita qiziqish faoliyat jarayoniga, xatti-hara-katlarning o‘ziga, ish uslublariga qaratilgan qiziqishdan iborat-dir. Bilvosita qiziqish esa faoliyatning maqsadiga, uning natija-siga yo‘naltirilgan qiziqishdir. Ixtiyoriy, irodaviy diqqat bilvo-sita qiziqish bilan aloqadordir. Psixologik maʼlumotlarningtah-liliga ko‘ra, diqqatning obʼektga to‘planishi va mustahkamlanishi ko‘zlangan maqsadni, faoliyat mahsulining zarurligi hamda sifati-ning ahamiyatini inson tomonidan anglash orqali taʼminlab turi-ladi. Faoliyat maqsadini anglash o‘z ish-harakatida kishi diqqati-ning yuksak darajada mujassamlanishini taʼmin etuvchi eng muhim shart va sharoitlardan biridir. Diqqatning ixtiyorsiz va ixtiyoriy ravishda vujudga kelishi o‘zi-ning yo‘nalishiga ko‘ra tashqi va ichki bo‘lishi mumkin. Agar diqqat-ning manbai ongimizdan tashqarida bo‘lsa tashqi deb ataladi. Masa-lan, shofer, tikuvchi, muharrir kabilarning faoliyatida sodir bo‘la-digan diqqat tashqi diqqatdir. Tashqi diqqat faqat idrok qilish jarayonidagina namoyon bo‘lmasdan, balki fikr yuritilayotgan narsalarga ham qaratiladi. Jumladan, ixtirochining o‘zi yaratgan narsasi-ni tasavvur qilishi, rassomning obrazlarni kashf qilish jarayoni, muhandisning to‘g‘on qurilishini ko‘z o‘ngiga keltirish bilan bog‘liq holatlar bunga misol bo‘la oladi. Inson ongining o‘zida sodir bo‘la-yotgan o‘z hissiyotlarini, fikrlarini, orzu-istaklarini va shu kabi-larni kuzatishda ichki diqqat yuzaga keladi. Diqqatning har ikkala ko‘rinishi ham faoliyatning muvaffaqiyatli yakunlanishiga munosib hissa qo‘shish imkoniyatiga egadir. Download 150.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling