1-Mavzu: Sezgi va idrok umumiy tasavvurlar, yondoshuvlar Sezgi to‘g‘risida umumiy tushuncha


Seminar mashg‘uloti uchui mavzular


Download 150.6 Kb.
bet19/19
Sana22.10.2023
Hajmi150.6 Kb.
#1715861
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
1-Mavzu Sezgi va idrok umumiy tasavvurlar, yondoshuvlar Sezgi t

Seminar mashg‘uloti uchui mavzular
Diqqat to‘g‘risida umumiy tushuncha.
Diqqatning fiziologik asoslari.
Diqqatning neyrofiziologik asoslari.
Jahon psixologiyasida diqqat nazariyalari.
Diqqatning pedagogik psixologiyada o‘rganilishi.
Diqqat turlari va ularning psixologik tavsifi.
Diqqatning ontogenezda o‘sishi.
Diqqat regulyator funksiyasi sifatida.
Referat uchun mavzular
Diqqat to‘g‘risida umumiy tushuncha.
Diqqat nazariyalari haqida mushohadalar.
Diqqat turlarining psixologik tavsifi.
Diqqat regulyator sifatida.
Diqqatni shakllantirish imkoniyatlari


Adabiyotlar
/. Velichkovskiy V.M. Sovremennaya kognitivnaya psixologiya. -M., 1982. -S. 151-183.
2. Vshgotskiy L.S. Sobrn. soch. — T.Z —M., 1983.
Galperin P.YA., Kabshnitskaya. Eksperimentalnoye formirovaniye vnimaniya. —M., 1974.
Dobrʼshin N.F. O novnx issledovaniyax vnimaniya.— Vopr. psix. 1975, № 2.
Dobrtin N.F. O selektivnosti i dinamike vnimaniya.-Vopr. psixol. 1975, № 2.

Xrestomatiya po vnimaniyu. —M., 1976.


G‘oziyev E. G‘. Umumiy psixologiya. —T.: «Universitet”, 2002.


10-MAVZU: Xotira haqida umumiy tassavvurlar. Xotiraning neyrofiziologik asoslari va bioximik nazariyalari
Psixologik manbalarda ko‘rsatilishicha, psixikaning eng muhim xususiyati shundan iboratki, inson tashqi taʼsirotlarning aks etti-rilishidan o‘zining keyingi faoliyatida, xatti-harakatlarida doi-mo foydalanadi va ijodiy yondashuvi natijasida baʼzi bir o‘zga-rishlar kiritadi. Insonda shaxsiy tajriba, ko‘nikma, malaka va bi-lim ko‘lami orta borishi hisobiga faoliyat hamda xulq-atvor tobora murakkablashib, yangi mazmun, yangi sifat kasb eta boshlaydi. Maʼ-lumki, agar tashqi olamning bosh miya katta yarim sharlari qobig‘ida hosil bo‘ladigan obrazlari, timsollari va ularning izlari yo‘qolib ketaversa, tajribaning saqlanishi, bilimlarning boyishi, murak-kablashishi, muayyan tartibga kelishi, qaytadan jonlanishi mutlaqo mumkin bo‘lmas edi. Modomiki shunday ekan, mazkur obrazlar bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘lanib, asta-sekin mustahkamlanib, miya qobig‘ida puxta saqlanib qoladi, shu bilan birga, hayot va faoliyat-ning muayyan talablariga muvofiq ravishda qaytadan jonlanadi, av-valgi holatini boshqatdan namoyon qiladi.
Hozirgi davrda qo‘llanib kelinayotgan adabiyotlarda xotiraga mana bunday tarzda taʼrif berilib kelinmokda: «Individning o‘z tajri-basida esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi”. Lekin bu taʼrifda xotiraga taalluq-li bo‘lgan juda ko‘p sifatlar, xossalar va xususiyatlar o‘z aksini top-magan, shuning uchun uni mukammal, ixcham, pishiq ifodalangan de-yishga hech qanday haq-huquqimiz yo‘q. Ushbu qiyin holatdan chiqish-ning birdan-bir yo‘li, bizningcha unga mana bunday tarzda taʼrif berishdan iborat: «Xotira atrof-muhitdagi voqelik (narsa)ni bevo-sita va bilvosita, ixtiyoriy va ixtiyorsiz ravishda, passiv va aktiv (faol) holda reproduktiv va produktiv tarzda, verbal va noverbal shaklda, mantiqiy va mexanik yo‘l bilan aks ettiruvchi esda olib qolish, esda saqlash, qaytadan esga tushirish, unutish hamda tanish, eslashdan iborat ruhiy jarayon alohida va umumiy namoyon qiluvchi hodisa, barcha taassurotlarni ijodiy qayta ishlashga yo‘naltirilgan mnemik (yunoncha tpeta — xotira) faoliyatdir”. Shuni qatʼiy ishonch bilan aytish mumkinki, berilgan taʼrif xotiraning murakkab, keng qamrovli jihatlarini to‘la taʼkidlash imkoniyatiga ega. Lekin bu narsa mutlaq darajada mukammallik daʼvo qilish degan ibora emas, chunki unda obʼektivlik (tashqi) va subʼektivlik (ichki) yuzasidan maʼlumot aks ettirilmadi. Umuman olib qaraganda esa, bu narsaga hojat ham, imkoniyat ham yo‘qdir.
Taʼrifda xotiraning esda olib qolish, esda saqlash, esga tushi-rish, unutish, tanish, eslash kabi asosiy jarayonlari alohida ajratib ko‘rsatilgan, lekin ularninghar biri mustaqil holat va jarayon hisob-lanmaydi. Chunki ular muayyan faoliyat davomida, xohbilish, xohmne-mik holat bo‘lishidan qatʼi nazar va o‘sha faoliyat tuzilishi, mohiyati va mazmuni bilan belgilanadi. Shuning uchun inson tomonidan muay-yan bir materialni esda olib qolish, esda saqlash, esgatushirish uning individual (yakkahol) tajriba ko‘lami, bilim saviyasi va akd-zakovati darajasiga bog‘liq. Chunki esda olib qolingan narsa va hodisalarni keyinchalik qo‘llash uchun esga tushirish taqozo etiladi; bu mnemik faoliyatni talab qiladi. O‘zlashtirilgan materiallarni ushbu faoli-yat doirasidan chiqib ketishi esa uning unutilishiga olib keladi. Materialni esda sakdash uchun shaxs faoliyatida qanday aks etishiga bog‘liqdir. Ana shuning uchun har xil holatlarda odamning bilish fa-oliyati, xulq-atvori hayotiy tajribasi va madaniy malakasi bilan belgilanadi. Lekin qarama-qarshi nuqtai nazarlar ham mavjud; ular o‘zaro mezonlari hamda sharhlari bilan tafovutlanadilar.
Shunday qilib, xotira shaxs ruhiy faoliyatining eng muhim tar-kibiy qismlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Shuni alohida taʼkid-lash kerakki, xotiraningbosh roli o‘tmishda yuz bergan narsa va hodi-salarni aks ettirish bilan cheklanib qolmasdan, balki ham hozirda, ham kelgusida amalga oshirish rejalashtirilgan voqelikning ro‘yobga chiqishini taʼminlaydi. Tabiatda va jamiyatda namoyon bo‘ladigan har qanday toifadagi ruhiy hodisa o‘zining tarkibiga kiruvchi har bir qismni muayyan tartibda o‘zaro bog‘langan tarzda saqlab qolinishini talab etadi. Turli ko‘rinishga ega bo‘lgan «bog‘lanish”ga imkoniyat yoki shart-sharoit vujudga kelmasa, u holda rivojlanish to‘g‘risida so‘z ham bo‘lishi mumkin emas, chunki, I. M. Sechenov iborasi bilan aytganda, kishi »чақалоқлик holatida” mangu qolib ketgan bo‘lur edi.
Psixologik ilmiy adabiyotlarda ko‘p marotaba taʼkidlanishiga binoan, xotira barcha ruhiy jarayonlarning eng muhim tasnifi bo‘li-shi bilan bir qatorda, inson shaxsining birligi va yaxlitligi, bio-logik va ijtimoiylik nisbatini taʼminlab turadi. Ularning o‘ziga xos xususiyatlari, xossalari, mexanizmlari to‘g‘risida muayyan tar-tibda maʼlumot berish imkoniyatiga ega.
Xotira psixologiya fanining chuqur tadqiq qilingan jarayonla-ridan biri bo‘lib hisoblansa-da, lekin fan va texnikaning taraq-qiyoti ko‘p jihatdan xotira muammolarining o‘rganilishiga bog‘liq-dir. Shuning uchun uning qonuniyatlarini ochish, «aqlli” va «sunʼiy intellekt”li mashinalar mahsuldorligini oshirish, sifat daraja sini ko‘tarish uchun xizmat qiladi. Hozirgi davrda olib borilayotgan ilmiy-tekshirish ishlari esda olib qolish, esga tushirish mexanizm-lari va kognitivistik nazariyalarga bag‘ishlangan. Lekin jahon psi-xologiyasi fanida assotsianizm, geshtaltizm, bixeviorizm, frey-dizm kabi ko‘plab yo‘nalishlar mavjud bo‘lishiga qaramasdan bugun xotiraning yagona va tugallangan nazariyasi ishlab chiqilmagan. Il-miy-nazariy xususiyatlarga ega bo‘lgan, faraz tarzdagi nazariyalar va qarashlarning haddan tashqari ko‘pligi kibernetika, tajriba va ge-netik biologiya, biokimyo, fiziologiya, tibbiyot nuqtai nazaridan yondashganligi bilan tasniflanadi. Bu narsaning barchasi xotirani o‘rganishning psixologik, neyrofiziologik va biokimyoviy bosqich-lari mavjudligidan dalolat beradi.
Xotirani o‘rganishning har uchala darajasi ichidan uning psixo-logik darajasi tadqiq qilinishi o‘zining boy materiallari bilan boshqalaridan sezilarli ustunlikka ega bo‘lib, psixologiya fanida xilma-xil yo‘nalishlar va nazariyalar ishlab chiqilganligi hamda ori-ginal (mustaqil ravishda, boshqalarga o‘xshamaydigan) innovatsion (yangi, dolzarb) g‘oyalar ilgari surilganligi maʼlumdir. Bu nazariya-lar negizida (mohiyatida) xotira jarayonlarining shakllanishiga subʼekt (inson)ning faolligi qanday ahamiyatga egaligi va bunday faollikning mexanizmi (yuzaga kelishi) qanday ro‘yobga chiqishi to‘g‘ri-sidagi muammolarni gasniflash va baholash yotadi.


Download 150.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling