1-Mavzu: Sezgi va idrok umumiy tasavvurlar, yondoshuvlar Sezgi to‘g‘risida umumiy tushuncha
Download 150.6 Kb.
|
1-Mavzu Sezgi va idrok umumiy tasavvurlar, yondoshuvlar Sezgi t
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-MAVZU: Idrokning murakkab turlari 1. Idrok to‘g‘risida umumiy tushuncha
Referat uchun mavzular
Sezgilar to‘g‘risida umumiy tushuncha. Sezgi nazariyalari haqida mulohazalar. Sezgi nazariyalari. Sezgining neyrofiziologik asoslari. Sezgi qonuniyatlari bo‘yicha mushohadalar. Sezgi turlarining psixologik tavsifi. Sezgilarning rivojlanishi. Adabiyotlar /. Lnanev B.G. Teoriya oshusheniy. — L.: LGU, 1961. Kravkov S.V. Vzaimodeystviye organov chuvstv. —M. —L., 1948. Leontev A.N. Problema razvitiya psixiki. -M., MGU, 1972. Teoriya svyazi v sensornmx sistemax. —M., «Mir”, 1972. Eksperimentalnaya psixologiya. Pod. red. P.Fressa i J.Piaje, vt. 1,2.- M., “Progress”, 1966 3-MAVZU: Idrokning murakkab turlari 1. Idrok to‘g‘risida umumiy tushuncha Idrok sezgilarga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon bo‘lib hisoblanganligi sababli barcha ruhiy holatlar, hodisalar, xu-susiyatlar, xossalar va inson ongining yaxlit mazmuni, egallangan bilimlar, tajribalar, ko‘nikmalar bir davrning o‘zida namoyon bo‘la-di, aks ettirishda ishtirok qiladi. Idrok tushunchasi lotin tilida «regserpo” qabul qilish, idrok deb nomlanadi, uning yuqori bosqichi esa «appersensiya” (lotincha regserIo — idrok, qabul qilish) deyiladi. Appersepsiya — idrok jarayonini shaxsning oldingi bilimlari, shaxsiy va ijtimoiy taj-ribalari, qiziqishlari, motivatsiyasi, ehtiyojlari va odatlari, umu-man, ruhiy hayotning barcha mazmuni bilan belgilanishidir. Apper-sepsiya hodisasi tufayli odamlar o‘zaro idrokining mazmuni bilan bir-birlaridan muayyan darajada tafovutlanadilar, yaʼni ular ay-nan bir xil narsani o‘zining bilim saviyasi, maslagi, pozitsiyasi, dunyoqarashi va ijtimoiy kelib chiqishiga asoslangan holda turlicha idrok qiladilar hamda aks ettiradilar. Masalan, «ildiz” tushuncha-sini biologlar o‘simliklarning moddiy asosi sifatida, matematik-lar sonlarning ildiz ostidagi ko‘rinishida, ijtimoiy nuqtai na-zardan qarindosh-urug‘chilik shaklida ko‘z o‘ngiga keltiradi. Mazkur tushuncha baʼzi hollarda idrokning anikdik, to‘likdik, ravshanli-lik, predmetlilik, tanlovchanlik (saralash) kabi sifatlarning maʼ-nosi o‘rnida qo‘llanilgan. Psixologiya nazariyalariga ko‘ra appersep-siya hodisasi barqaror va vaqtincha (muvaqqat) deb yurituvchi ikki ko‘rinishga (turga) ajratiladi. Barqaror appersepsiya hodisasi shaxs-ningdunyoqarashi, qatʼiy maslagi, ideali, pozitsiyasi, motivatsiyasi, qiziqishi, bilim saviyasi, madaniy darajasi, xulq-atvori, maʼna-viyati va kasbiy tayyorgarligiga bog‘liq bo‘lib, u o‘ta murakkab tuzi-lishga egadir. Muvaqqat (vaqtincha) appersepsiya turi esa shaxsning faqat idrok qilish jarayonidagi emotsional holatiga, yaʼni uning kayfiyati, ruhlanishi, shijoati, stress, affektiv ko‘rinishdagi his-tuyg‘ularida, ularning surʼati, davomiyligi, tezligida o‘z ifodasi-ni topadi. Psixologiya fanida idrok muayyan shakllarga ajratilib tadqiq qilinadi, vaqt, harakat, fazo yordami bilan atrof-muhitning, bio-sferaning, ijtimoiy turmushning mohiyati yuzasidan axborotlar maʼlumotlar, xususiyatlar aks ettiradi. Borliqdagi narsa va hodisa-larning yashash shakli, uzluksiz ravishda harakatda bo‘lishi, muayyan obʼektiv vaqt birligida hukm surishi inson ongida bevosita inʼi-kos qilinadi. Odatda, inson tomonidan vaqtni idrok qilish, aso-san, ruhiy hodisalar, holatlar, vaziyatlar, xususiyatlarningo‘zaro o‘rin almashinuvi tufayli namoyon bo‘ladi va o‘ziga xos tuzilishi bilan mazkur jarayonning boshqa shakllaridan farq qilib turadi. Vaqtni idrok qilish inson tomonidan aks ettirilayotgan vaqt birligining obʼektiv (haqqoniy, xolis) mazmuniga, shaxsning unga nisbatan mu-nosabatiga bog‘liq bo‘lib, xuddi shu mezon orqali uning mahsuldor-ligi o‘lchanadi. Masalan, shaxsning ehtiyoji, motivatsiyasi, qiziqish-lari va intilishiga mos, mutanosib vaqt birligini, idrok birligi-ni idrok qilgan taqdirdagina vaqt obʼektiv jihatdan (kechinmalar, his-tuyg‘ularga nisbatan shaxsning ijobiy, haqqoniy munosabatla-rida) tez o‘tganday idrok qilinadi, odatda, yoqtirmaslik, idrok may-doniga (qamroviga) nomutanosiblik esa shaxsda zerikish, vakt «se-kin” o‘tish tuyg‘usini uyg‘otadi. Biosfera va neosferadagi harakatlarni idrok qilish jismlar-ning (baʼzan nisbiy jihatdan boshqa ijtimoiy, siyosiy, tabiiy holat-larning) fazodagi (ijtimoiy hayotdagi) o‘rin almashinuvini bevosi-ta (bavosita) inʼikos ettirishdan iboratdir. Xuddi shu sababdan harakat nisbatan (qiyosiy) va nisbat berilmasdan (taqqoslanmasdan) idrok qilinishi ilmiy psixologik manbalarda qayd qilib o‘tiladi. Mabodo harakatdagi jism uni qurshab turgan harakatsiz boshqa jis-mlarga taqqoslangan holda idrok qilinsa, bunday toifadagi harakat nisbatan idrok qilish deb ataladi. Agarda harakatlanayotgan jism hech qanday narsa bilan taqqoslanmasdan idrok qilinsa, bu ko‘ri-nishdagi harakat esa nisbat berilmasdan (nisbatsiz) idrok qilish deyiladi. Fazoni idrok qilish — voqelikdagi narsa va hodisalar-ning fazoda egallagan o‘rnini, shaklini, miqdorini va bir-biriga nisbatan munosabatlarini bilish jarayonining shaklidir. Voqelikni idrok qilish orqali inson borliq to‘g‘risida, uning xususiyatlari, hajmi, masofasi (ich tomoni, chuqurligi) yuzasidan muayyan maʼlu-motlar, xossalar, axborotlar to‘plash, ularni farqlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Idrokning har uchala shaklining yordami bilan dunyoni bilish jarayoni amalga oshadi, verbal va noverbal holatlar bilan bevosita va bilvosita yo‘l yordamida muayyan obrazlar (timsollar, tasvirlar, imij) mujassamlashadi, natijada yaxlit inʼikos etish holati yuzaga keladi, bilishga oid aksariyat mahsullar to‘planadi. Idrok jarayonida uning fenomenlari (yunoncha «rpatotepop” — noyob, g‘ayriodatiy holat degan maʼno anglatadi) muayyan hodisalarni aks ettirishda ishtirok etadi, inʼikosning turlicha aniklikda namoyon bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida maʼlumot beradi. Ular jahon psixologiyasi fanida gallyusinatsiya (lotincha aPiapSho” — alah-lash, bosinqirash, valdirlash, yaʼni yo‘q narsalarning ko‘rinishi, eshi-tilishi, sezilishi), illyuziya (lotincha «Shiyu” xato, adashish, yangla-shish degan maʼnoni bildiradi), attraksiya (frans. aPgasNop” o‘ziga tortish, maxdiyo etish, jalb qilish maʼnosini beradi), yaqqol ko‘ri-nish (ruscha «yasnovideniye” yaqqol oldindan ko‘rish, yaqqol g‘oyibdan xabar olish demaqdir) tushunchalari orqali nomlanadi. Yaqqol voqelikdagi narsa va hodisalarningtana aʼzolarini qabul qilish analizatorlariga bevosita taʼsir etmasdan inson ongida turli obrazlarning (ovozlarning eshitilishi, sharpalarning sezilishi) xayolan, fikran paydo bo‘lishidan iborat idrokning psixopatologik (ruhiy xastalik) hodisasiga gallyusinatsiya deyiladi. Gallyusinatsiya hodisasi muvaqqat ruhiy xastalikning alomati bo‘lib, baʼzan qo‘rqinch hissi mahsuli hisoblanib, bosh miya katta yarim sharlari qobig‘idagi qo‘zg‘alish jarayonlarining nuqsonli, sust (patologik) harakati na-tijasida, goho asab tizimining zaharlanishi, zaiflashuvi, haddan tashqari toliqishi tufayli yuzaga kelish mumkin. Bizningcha, gal-lyusinatsiya hodisasi bir necha xil ko‘rinishga ega bo‘lish mumkin. Ularning eng asosiylari quyidagilardan iboratdir: a) yo‘q narsalarning ko‘zga ko‘rinishi; b) u yoki bu ovozlar, tovushlar, kuylar eshi-tilishi; v) yo‘q sharpalar, hidlar sezilishi kabilar. Illyuziya hissiy aʼzolarimizga bevosita taʼsir etib turgan narsa va hodisalarning noto‘g‘ri (noadekvat), yanglish, xato idrok qilish-dan iborat jarayoninig noyob hodisasidir. Baʼzan psixologiya fani-da noto‘g‘ri (noadekvat) idrok qilishga olib keluvchi qo‘zg‘atuvchilar konfiguratsiyasining (lotincha «sopP§igapo” tashqi tuzilishida o‘xshashlik, o‘zaro o‘xshashlik, joylashuvda yondashuvlik deganidir) o‘zi ham illyuziya deb ataladi. «Adekvat” tushunchasi lotincha «ayoaye §§iaSh$», yaʼni teppa-teng, mutlaqo mos, ayni to‘g‘ri demaqdir. Hozirgi davrda ko‘rish idrokini kuzatishning eng samaralisi — bu tasvirlarning ikki o‘lchovli ifodalanishidir. Illyuziyalarning bir turkumi op-tik geometrik illyuziyalar deb nomlanib, ular asosiy tasvir bilan uni qurshab turgan fazoviy joylashuv bilan farq qiluvchi boshqa shakllar o‘rtasida o‘lchov munosabatining buzilishida namoyon bo‘ladi. Tasvirlar yorug‘ fonda qora fonga nisbatan qoraroq tuyuladi, yaʼni holat mahsuli deyiladi. Kontrast fransuzcha «SoMgazge” — keskin qarama-qarshilik demakdir, boshqacha so‘z bilan aytganda yorug‘lik bilan fon o‘rtasidagi munosabat ifodasidir. «Fon” tushunchasi fransuzcha «Gops!» deb atalib, asos, negiz, tag maʼnosini bildiradi. Aksariyat illyuziyalar ko‘rinadigan harakatlar bilan bog‘liqdir, chunonchi: a) qorong‘iliqda harakatsiz yeruglik manbaidan nurlarning tartibsiz tarqalishi (avtokinetik harakat); b) fazoviy jihatdan yaqin joylashgan ikki harakatsiz stimulning tez surʼatlar bilan namoyon etib turish harakat taassurotini vujudga keltiradi (stro-boskopik harakat); v) harakatsiz obʼektni uni qurshab turgan fonga qarama-qarshi yo‘nalishga qo‘yish harakat tuyg‘usini paydo qiladi (in-duksion harakat) kabilar. Attraksiya insonni (o‘zi bilan o‘zga o‘rtasidagi munosabatda namo-yon bo‘lib) o‘ziga mahliyo qilish, qalbni «jiz” ettirishdan iborat, ongsizlikkataallukli insonni inson tomonidan idrok qilish hodi-sasidir. Bu hodisa bir qancha manbalar, qo‘zg‘atuvchilar, motivlar taʼ-sirida vujudga keladi, jumladan: 1) dastlabki tashqi ko‘rinish, is-tarasining issiqligi; 2) subʼektga nisbatan rishtasiz bog‘lanib qolishlik, ongsizlik darajasidagi anglashilmagan ichki noaniq moyillik; 3) shaxslarning xarakteridagi o‘xshashlikning mavjudli-gi; 4) sheriklarning muomala maromidagi yaqinlik va boshqalar. Psixologiya fanida juda kam tadqiq qilingan idrok fenomenla-ridan bittasi — bu yaqqol ko‘rinish (yasnovideniye) deb atalib, voqe-alik, holat, hodisa va tasodifni yaqqol oldindan ko‘rish, yaqqol g‘o-yiblardan xabar kelish (olish) singari parapsixologik muammodir. Faqat ayrim hollardagina yaqqol ko‘rinishning aniq ilmiy hisob-lashlarga asoslangan mahsuli namoyon bo‘lishi mumkin, xolos. aksa-riyat vaziyatlarda yaqqol ko‘rishlik bilish subʼektining shaxsiy xayo-loti, o‘zgalarning diqqatini tortishiga, jalb qilishga aloqador his-siy kechinmalardan boshqa narsa bo‘lmasdan, uning yaqqollilik ehti-moli darajasi juda pastdir. Biroq shu narsani rad etmaslik kerak-ki, ayrim allomalarning bashoratlari, yaqqol oldindan ko‘rish im-konining yuksakligi, anikligi kishini hanuzgacha hayajonga soladi. Idrokning muhim tomonlaridan biri uning xususiyatlarini tur-li jabhalar, vaziyatlar va sharoitlarda namoyon bo‘lishidir. Idrok-ning muhim xususiyatlaridan biri — bu faol ravishda bevosita aks ettirish imkoniyatining mavjudligidir. Odatda, insonning idrok qilish faoliyati uning o‘zlashtirilgan bilimlari, to‘plangan tajri-balari, shuningdek, murakkab analitik, sintetik harakatlar tizimi zamirida yuzaga keladi. Bu holat idrok qilinishi zarur bo‘lgan o‘quv fani mohiyatiga bog‘liq ilmiy faraz yaratish, uni amalga oshirish borasida qaror qabul qilish yaqqol voqelik bilan tasavvur qilina-etganining o‘zaro mosligini aniqlash singari bosqichma-bosqich o‘zaro bir-birini taqozo etuvchi tarkibiy qismlardan iboratdir. Idrokning yana bir muhim xususiyati uning umumlashgan holda narsa va hodisalarning aks etgirishidir. Maʼlumki, inson psixikasiga kirib borayotgan ko‘pqirrali ko‘pyokdama alomatlardan idrok qilish bilan cheklanib, chegaralanib qolmasdan, balki o‘sha majmua aniqjism yoki hodisa sifatida baholanadi. Jismlarning o‘ziga xos xususiyat-larini belgilash bilan qanoat hosil qilmasdan, balki mazkur nar-salarni maʼlum maʼnoviy qismlarga ajratadi. Jumladan, «soat”, «bino”, «hayvonot” va hokazo. Idrokning navbatdagi xususiyati uning harakatchanligi va boshqa-ruvchanligidir. Masalan, toshko‘mir yorug‘likda yog‘du sochadi, oq qog‘oz-dan ko‘proq nur balqiydi. Lekin inson bu narsalarni «qora” va «oq” deb idrok qiladi, vujudga kelgan bevosita subʼektiv taassurotlarga nisbatan o‘zgartishlar, tuzatishlar kiritadi. Chunki idrok jarayoni inson oldida turgan maqsadga, maqsad qo‘ya olishga, unga berilgan ustanovkaga (ongli, ixtiyoriy ko‘rsatmaga) uzviy bog‘liqholda iroda-viy boshqarilish xususiyatiga egadir. Shuning uchun insonni idrok qilish (perseptiv) faoliyatida ongli boshqariluv imkoniyati mav-jud bo‘lib, analitik, sintetik, harakatlar negizida verbal orqali amalga oshiriladi. Idrokning boshqa bilish jarayonlaridan, shu jumladan, sezgidan farqli tomoni shuki, u narsa va hodisalarni yaxlit holda aks etti-rishdir. Xuddi shu yaxlitlik belgisi alohida namoyon bo‘luvchi ayrim alomatlarda ifodalanuvchi narsalarni predmet yoki jism tariqasi-da inʼikos qilish qobiliyatiga ega. Chunki jismlarning anikdigi, ravonligi predmet yoki jism sifatida ko‘zga tashlanishida o‘z ifoda-sini topib, muayyan tuzilish, strukturani vujudga keltiradi. Idrok mazmuniga, tarkibiga kiruvchi har qanday hodisa, xoh verbal, xoh noverbal tarzda ifodalanishdan qatʼi nazar bu predmet yoki jism sifatida gavdalanadi va unga qiyos berilgan yaxlitligini namoyish etadi. Psixologiya fanida idrok etilayotgan narsalarning fizik holati o‘zgarsa ham, lekin uning ko‘z to‘r pardasidagi obrazining o‘zgarmas-ligi, nisbiy turg‘unlik ko‘rsatuvchi qonun, eng muhim xususiyat kons-tantlik deyiladi. Doimiylik, o‘zgarmaslik uning asosiy belgilari hisoblanadi. Narsa va hodislar idrok obʼektiga tushishi bilan ular ketma-ket aks ettiriladi, degan xulosa g‘ayritabiiy holatdir. Chunki idrok maydoniga kirib kelayotgan va idrok qilinadigan narsalar qo‘zg‘atuv-chisining ildamligi kuchli ehtiyojlarga mos tushadigani ular tomo-nidan qabul qilinadi. Boshqacha qilib aytganda qo‘zg‘atuvchining kuchi, yangiligi qandaydir ahamiyat kasb etishi yo‘nalishi harakatchanligi analitik-sintetik harakatlar majmuasida saralanadi yoki tanlana-di. Xuddi shu boisdan har qanday narsa va hodisalar inson tomoni-dan idrok qilinmaydi. Chunki u tabiiy va sunʼiy shart-sharoitlar obʼektiv va subʼektiv omillar tekshiriluvidan o‘tkaziladi, yaʼni saralov tanlov jarayoni amalga oshiriladi. Nomutanosiblik meʼyo-ridan tashqari maʼlumotlar aks ettirish doirasidan chetda qolib ketaveradi. Idrok qilinishi zarur narsa va hodislar muayyan tuzilishga yoki strukturaga ega bo‘lgandagina ularning tarkibiy qismlari, alomat-lari to‘g‘risida mulohaza yuritishi mumkin bo‘ladi, xolos. Xuddi shu sababdan, ularninghajmi, fazoda egallagan o‘rni, rangi, ichki mohi-yati, ko‘rinishi, vazni to‘g‘risidagi muayyan tushunchaga ega bo‘lish uchun idrok qilinadigan aniq tuzilishga, yaʼni strukturaga ega bo‘lishi lozim. Bilish jarayonini taqozo etuvchi ijodiy idrokning muhim xususiyatlaridan biri, yaʼni bittasi uningtuzilishiga ega ekanligi, yaʼni strukturaviyligidir. Ushbu xususiyatsiz idrokning mag‘zi hisob-lanmish yaxlitlik haqida jonli mushohada bo‘lishi mumkin emas. Chunki struktura qismlardan vujudga kelsa, alohidaliklar birikma-sidan yaxlit tuzilma yaratiladi. Yuqoridagi xususiyatlarning barchasi insonning yosh xususiyatla-riga, aqliy kamolotiga, tajribasiga, bilim saviyasiga bog‘liqdir. Lekin to‘g‘ri (adekvat) idrok qilish uchun maʼlum shart-sharoitlar muhayyo bo‘lmog‘i lozim: 1) subʼektning aks ettirishi zarur bo‘lgan narsalar yuzasidan avvalgi uquvi, tasavvurlarining ko‘lami, ularning kengligi, chuqurligi; 2) mazkur jism fan, voqelik, muammo o‘rganilishi bilan bog‘liq bo‘lgan maqsad, maqsad qo‘ya olish; 3) per-septiv faoliyatning faolligi, izchilligi va tanqidiy xususiyati; 4) idrok qilish faoliyati tarkibiga kiruvchi faol xatti-harakatlar-ning sakdanishi, ularning o‘zaro uyg‘unligi. Muayyan sharoitda shaxs tomonidan idroq qilinadigan narsa yoki jism idrokning obʼekti deb ataladi. Idrok qilinadigan narsa uni o‘rab turgan boshqa narsa jism yoki hodisalarga nisbatan obʼekt hisob-lanib, obʼektning atrofdagilari esa fon deyiladi. Idrokning si-fati obʼektning fondan tez to‘liq va aniq ajratib olish bilan bel-gilanadi. Idrok qo‘zg‘atuvchilarining ayrim xususiyatlarini aks ettiruvchi sezgilardan farq qilib, narsani butunligicha, yaxlitligicha uning Hamma xususiyatlari bilan birga aks ettiradi. Shuning uchun idrok ayrim sezgilarning oddiy yig‘indisidan iboratdir, degan xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Idrok o‘ziga xos tuzilishga ega bo‘lgan hissiy bi-lishning sifat jihatdan yangi yuksakroq bosqichidir. Idrokning predmetliligi, yaxlitligi, maʼlum tartibda tuzili-shi (strukturaviyligi), konstantligi, anglanganligi, predmetlili-gi (jismliligi), tanlovchanligi (saralanuvchanligi) uning eng mu-him xususiyatlaridandir. Idrokning muhim jabhalari va tarkiblari mohiyatiga kiruvchi-lar qatoriga ko‘z bilan aks ettirishning negizi bo‘lmish ko‘z harakat-lari kiradi. Ular o‘zlariningtuzilishi, kelib chiqishi, vaqtliligi, surʼati kabi belgilariga binoan, quyidagi turlarga ajratiladi. Konvergensiya (lotincha sopuyeg§oge — yaqinlashish, qo‘shilish de-makdir) — ikkala ko‘zning ko‘rish o‘kdarining yaqinlashuvi natija-sida to‘r pardasida jismning ikkilanishiga yo‘l qo‘ymaslikda o‘z ifodasini topadi. Divergensiya (lotincha sNuyeg§ege — uzokdashish) ko‘zning vergent harakatlarining bir turi bo‘lib, bir-biridan muayyan masofada tur-gan nuqtalarini qayd qilishda ko‘rish o‘qlarining uzoqlashuvidan iborat harakat. Gorizontal harakat, yaʼni ko‘zning bir xil tekislikdagi ikki nuqta oraliq bo‘yicha narsalarning qayd qilishidir. Vertikal harakat har xil fazoviy joylashuviga ega bo‘lgan nuq-talar o‘rtasida aloqani tiklashdan iborat ko‘z harakati yordami bilan idrok qilinishidir. Siklofuzion (yunoncha sus1o$ — doira, aylana) harakat, harakat-lanuvchi jismlarni ko‘z qorachig‘i yordamida aniqtasvirini aks etti-rishidir. Torsion (fransuzcha gogeyup — aylantirish) harakat ko‘z o‘qi at-rofida jismlarni aylanib turgan holda qayd qilishdir. Version (lotincha uyegGo - harakatlanaman, aylanaman demak-dir) harakat ko‘zning makro harakatlari doirasiga kirib, ko‘rish bur-chagini kuzatish, tezlikni o‘zgartirmasdan kuzatiluvchi obʼektni id-rok qilishda ishtirok etishidir. Vergen (lotincha uyeg§o - og‘ish, qiyshayish) harakat ko‘zning makro harakatlari tarkibiga kirib, o‘ng va chap ko‘zlarining ko‘rish o‘kdari burchagi o‘zgarishiga olib keladi va hokazo. Download 150.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling