1-Mavzu: Shaxsiy kompyuterda ishlash qoidalari Reja


Informatika o’quv xonalarida ishlashda xavfsizlik talablari nuqtai nazaridan quyidagilar taqiqlanadi


Download 75.57 Kb.
bet2/3
Sana17.10.2023
Hajmi75.57 Kb.
#1705786
1   2   3
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Informatika o’quv xonalarida ishlashda xavfsizlik talablari nuqtai nazaridan quyidagilar taqiqlanadi:
· xonaga qishki ustki kiyimda kirish;
· kompyuter ekraniga qo’l va boshqa narsalarni tekkizish;
· kompyuter qurilmalari yaqinida isitish asboblaridan foydalanish;
· kompyuter va uning boshqa qurilmalari ustiga turli buyum va kiyimlarni qo’yish;
· kompyuter qurilmalarning teshiklariga avtoruchka, chizg’ich va boshqa narsalarni tiqish;
· kompyuter ishlab turganda qarovsiz qoldirish;
1. Kompyuter monitoriga tabiiy yorug’likning asosiy oqimi chapdan tushishi kerak.
2. Informatika o’quv xonasida tabiiy yorug’likning asosiy oqimi kompyuterda ishlovchining orqa va old tomonidan yo’nalgan bo’lishi mumkin emas.
3. Informatika o’quv xonalarida sun’iy yoritishda o’quvchi stoli sathining yoritilish darajasi 300 – 500 lk oralig’ida bo’lishi kerak.
4. Informatika o’quv xonasining elektr ta’minoti elektrotexnika xavfsizligi talablari asosida bo’lishi lozim.
5. Elektr manbaini ulash va o’chirish qurilmasining joylashishi o’qituvchiga elektr tokini zudlik bilan o’chirish imkoniyatini berishi lozim. Uni sinf doskasining chap yoki o’ng tomoniga o’rnatish tavsiya etiladi.
6. Devorlarni bo’yashda ochiq rangli bo’yoqlardan foydalanish lozim.
Bo’yoq tarkibida ohak kukunlari bo’lmasligi lozim.
7.Pol yuzasi tekis, sirpanmaydigan, tozalashga qulay va tok o’tkazmaydigan bo’lishi kerak.
Informatika o’quv xonadagi jihozlarga qo’yiladigan xavfsizlik talablari:
1. Informatika o’quv xonasiga kirishda o’quvchilarning ustki kiyimini osishga mo’ljallangan shkaf bo’lishi lozim.
2. Kompyuterning tizim bloki (prosessor) elektr quvvatining 20±20V dan oshmasligi lozim.
3. Kompyuterning elektr quvvatini uzluksiz ta’minlovchi qurilma (UPS) bo’lishi lozim.
Nazorat savollari
1. Axborot texnologiyalarining qo’llanilish sohalai.
2. Axborot -kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan ta'limiy maqsadlarda samarali foydalanish.
4. Axborot -kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan ta'limiy maqsadlarda
foydalanishning pedagogik - ergonomik shart sharoitlari.
5. Informatika va axborot texnologiyalari xonasiga qo'yiladigan talablar?

Download 75.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling