Boshlang’ich sinf o’quvchilarini avtoruchka bilan yozishga o’rgatish annotatsiya


Download 21.43 Kb.
bet1/2
Sana07.05.2023
Hajmi21.43 Kb.
#1439784
  1   2
Bog'liq
BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI AVTORUCHKA BILAN YOZISHGA O’RGATISH



BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI AVTORUCHKA BILAN YOZISHGA O’RGATISH
Annotatsiya: Inson xulq-atvorini uning yozuvidan bilib olish mumkin. Kimning yozuvi aniq, tushunarli boʻlsa, badiiy va estetik didi ham yuqori boʻladi. Badxatlik esa hafsalasizlik, dangasalik belgisi. Ushbu maqolada boshlangʻich sinf oʻquvchilarining avtoruchka bilan chiroyli yozuvga oʻrgatish, oʻquvchilar yozuviga qoʻyiladigan talablar, avtoruchka bilan chiroyli yozishga oʻrgatishning usullari keng yoritib berilgan.
Kalit soʻzlar: Xattotlik san`ati, avtoruchkada yozish, chiroyli yozuv, yozuv qurollari, husnixat qoidalari, harflar qiyaligi, harf unsurlari, qoʻl harakati.
Annotation: A person’s behavior can be learned from his writing. If the writing is clear and understandable, the artistic and aesthetic taste will be high. Misery is a sign of frustration and laziness. In this article, teaching elementary school students to write beautifully with a fountain pen, requirements for students’ writing, methods of teaching them to write beautifully with a fountain pen are widely covered.
Keywords: Art of calligraphy, writing with a fountain pen, beautiful writing, writing instruments, rules of etiquette, slant of letters, elements of letters, hand movements.
Oʻzbek xalqi uzoq asrlik tarixida yaratib qoldirgan madaniy merosida chiroyli yozuvga oʻrgatish , ya`ni xattotlik san`ati alohida oʻrin egallaydi. Oʻrta asrlarda har qanday asar qoʻlda koʻchirilib kitob qilingan. Qoʻlyozmalarni kitob holiga keltirish katta hunar va san`at hisoblangan. Qoʻlda koʻchirilgan har bir asar san`at moʻjizasi kabi nodir sanalgan. Bir qancha olim va fozil kishilar yoshlikdan xattotlik san`atini egallab keyinchalik kotiblikda ham nom chiqarganlar. Ular faqat oʻz asarlarini emas, balki boshqa mualliflar asarlarini ham koʻchirganlar. Masalan, Hofiz Sheroziy Xusrav Dexlaviyning “Xamsa”sini koʻchirgan. Alisher Navoiyning mohir xattot ekanligi tarixiy manbalardan ma`lum. Zahiriddin Muhammad Bobur arab alifbosida turkiy xalqlarga moslab “Xatti Boburiy”deb atalgan alifboni yaratgan.
Eski maktabda chiroyli yozuvga alohida ahamiyat berilgan, ammo husnixat mashgʻulotlari uchun zarur qoidalar yuzaki tushuntirilgan. Masalan, chiroyli yozuvga oʻrgatish paytida faqat qalamni qanday ushlash qoidalari eslatilgan. Gigiyenik qoidalar talab etilmagan. Hatto yozish vaqtida ham nafas olish ta`qiqlangan. Bola xat yozish vaqtida chap oyogʻining toʻpigʻi ustida oʻtirgan, oʻng oyogʻini esa tizzasidan bukib turgan. Maktabda “Husnixat “qoidalarini oʻrgatuvchi birdan bir qoʻllanma “Mufradot”boʻlgan. Domlalar yozishni oʻrgatish va husnixat mashq qildirishda shu kitobdan foydalanganlar. Husnixatga oʻrgatishning birdan bir yoʻli koʻchirib yozish koʻnikmasini hosil qilish boʻlgan.
1993-yil 2-sentabrda “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida qonun qabul qilindi. Oʻzbek maktablari uchun barcha darslik va qoʻllanmalar lotin alifbosida chop etila boshladi. Shuning uchun hozirgi kun talablari asosida boshlangʻich sinf oʻqituvchilari uchun husnixatga oid metodik qoʻllanmalar juda zarur edi. Pedagogika fanlari doktori Mirhabib Gʻulomov yaratgan metodik qoʻllanmalar oʻquvchilarning chiroyli yozuv malakalarini shakllantirishda yaqindan yordam bera oladi.
Oʻquvchilarning chiroyli yozuv malakalarini hosil qilish uchun birinchi navbatda diqqat, sezgi, idrok etish va xotira kabi psixofiziologik funksiyalar ishtirok etganligini koʻramiz. Psixik jarayonlar va inson psixikasi xususiyatlari orasida diqqat faoliyati alohida oʻrin tutadi. U ongning hamma shakllarida ishtirok etadi. Diqqat jismoniy harakat talab qiladigan , ishni yaxshi bajarishga yordam beradigan omillardan biridir. Bilimni oʻzlashtirish uchun oʻquv materialini idrok etish talab qilinadi. Yozish jarayonida koʻrish va eshitish sezgilari idrok qilinadi.
Yozuv jarayoni turli yozuv qurollari(ruchka, qalam, boʻr)orqali amalga oshiriladi va qaysi yozuv qurolidan foydalanishiga qarab qoʻl harakatlari shunga moslashtiriladi.
Avtoruchka bilan yozuvga oʻrgatishda , birinchi navbatda , quyidagi malakalarni singdirib borish talab etiladi:

  1. Yozuv qurollaridan toʻgʻri foydalanish

  2. Download 21.43 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling