Boshlang’ich sinf o’quvchilarini avtoruchka bilan yozishga o’rgatish annotatsiya


Parta ustida daftarni toʻgʻri qoʻyish


Download 21.43 Kb.
bet2/2
Sana07.05.2023
Hajmi21.43 Kb.
#1439784
1   2
Bog'liq
BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI AVTORUCHKA BILAN YOZISHGA O’RGATISH


Parta ustida daftarni toʻgʻri qoʻyish

  • Yozayotganda gavdani toʻgʻri tutish va tirsaklarni toʻgʻri harakat qildirish

  • Oʻz xatini berilgan namuna bilan taqqoslashga oʻrgatish.

  • Tovushni bosma harfga, bosma harflarni esa yozma shaklga aylantirishga oʻrgatish.

  • Harflar shaklini idrok etishga (yozuvni qayerdan boshlash, qayerda tugatish, oʻngga, chapga, burilish, bogʻlash va h.k oʻrgatish.

  • Harflarni bir-biriga bogʻlab yozishga oʻrgatish.

  • Harflarni bir xil balandlikda va kenglikda tekis yozishga oʻrgatish.

  • Daftar chizigʻidagi qatorlarni toʻgʻri toʻldirish sarlavha, oy va kunlarni toʻgʻri yozish.

  • Harflarning 75 daraja qiyaligini toʻgʻri saqlash.

    Demak, boshlangʻich sinf oʻquvchilarini avtoruchkada yozuvga oʻrgatishdan oldin quyidagi malakalarni berish lozim.

    1. Yozuv texnikasi, ya`ni yozuvning turli toʻgʻri yozish usullaridan foydalanish.

    2. Harflarning shaklini toʻgʻri ifodalash, ya`ni grafik malakalarini egallash.

    3. Yozuv vaqtida harflarning shakli bilan bir qatorda uning qanday tovush bildirishini ham bilish, ya`ni imloga oid malakalarini ham egallash.

    Avtoruchkada chiroyli yozuv malakalarini shakllantirish usullari

    1. Namunaga qarab yozish.

    Chiroyli yozuvga oʻrgatishning eng asosiy usullaridan biri-harflarning shaklini namuna qilib koʻrsatish va yozdirishdan iborat. Har bir harf namunasini doskada barcha oʻquvchilarning diqqatini jalb qilgan holda yoki ayrim oʻquvchilarga daftarda alohida-alohida koʻrsatib berish zarur. Oʻquvchining vazifasi esa doskada eslab qolgan shakllarni oʻz daftariga toʻgʻri aks ettirishdir.
    Doskada yozib koʻrsatilayotgan har bir harf barcha oʻquvchilarga aniq koʻrinib turishi shart, agar ayrim oʻquvchilar uni koʻra olmayotgan boʻlsalar, qaytadan takrorlab koʻrsatish lozim. Ayniqsa, yangi harf yoki ularning bogʻlanishini koʻrsatish vaqtida qayta-qayta takrorlash muhimdir.

    1. Namunaga qarab koʻchirib yozish.

    Bu juda qadimiy usul boʻlib, hozirgi kunda ham u oʻz qimmatini yoʻqotgani yoʻq. Oʻquvchilar , asosan, harflarning shaklini “Husnixat”dagi yoki “Yozuv daftari”dagi namunaga qarab koʻchirib yozadilar. Namunaga qarab koʻchirib yozish, tayyor harfning ustidan yozishga nisbatan ancha murakkab boʻlib, oʻqituvchi ularning har biri ikkalasini qaysi vaqtda qoʻllashni yaxshi bilishi kerak.
    Oʻquvchilarning daftarlarida oʻqituvchi tomonidan yozib koʻrsatilgan har bir namuna chiroyli va aniq yozilishi lozim.

    1. Nusxa koʻchirish.

    Bu usulni harf shaklini toʻgʻri tasavvur eta olmaydigan , yozishda daftar chiziqlaridan pastga tushib yoki chiqib ketadigan oʻquvchilar uchun qoʻllaniladi. Masalan, oʻquvchi B harfini yozishda xatoga yoʻl qoʻyayotgan boʻlsa, oʻqituvchi uni nuqtalar bilan ifodalab, daftarga qalamda yozib koʻrsatadi, oʻquvchi esa uning ustidan siyoh yurgizib chiqadi. Bu usul oʻquvchining shu harf tasavvurini kengroq shakllantiradi.

    1. Tasavvur orqali yozish.

    Tasavvur orqali havoda harflarning shaklini yozdirib mashq qildiriladi. Oʻqituvchi doskada yozib koʻrsatgan harf yoki bogʻlanishlarni oʻquvchilar qanday qilib yozishni , ruchkaning havoda harakatini kuzatib, tasavvur hosil qilganlaridan soʻng daftarga yozish ruhsat etiladi. Bunday mashqlar oʻquvchilarning qiziqishlarini oshiradi va jismoniy mashqlarni bajarishlariga imkoniyat ortadi.

    1. Harflarning shaklini tahlil qilish

    Harf va uning unsurlarini tahlil qilishni turlicha amalga oshirish mumkin. Harflarni unsurlarga ajratib tahlil qilish, uning necha unsurdan tuzilganligini, har bir unsur qanday shaklga ega ekanligini, bu unsurlar boshqa harflar bilan bogʻlanishda qanday koʻrinishga ega ekanligini oʻquvchilar tasavvur etadilar. Masalan, kichik n va m harfining birinchi unsure bir xil shaklga ega, ammo kichik n harfida bitta ilmoqli kichik tayoqcha boʻlsa, kichik m harfida ikkita ilmoqli tayoqcha boʻladi.

    1. Yozuv malakasini ongli oʻzlashtirish.

    Chiroyli yozuv qoidalarini yaxshi bilish yozuv malakasining shakllanishiga yordam beradi.
    Masalan, 1-sinfda dastlab toʻgʻri oʻtirish, ruchkani toʻgʻri ushlash, daftarni toʻgʻri holatda qoʻyish kabi talablar asosida soʻzlarda harflarning balandligini va qiyaligini bir xilda saqlash, soʻzlarda harf unsurlari va ularning oraligʻini bir xil uzoqlikda chamalab yozish qoidalari kelib chiqadi. 2-sinfdan boshlab chiroyli yozuv malakasiga oʻrgatishda yozuv texnikasiga oid boʻlgan kichik va bosh harflarni bir xil balandlikda chamalab yozish, 4-5 harfdan iborat soʻzlarni qoʻl harakatini uzmasdan bogʻlab yozish, tez va toza yozish kabi qoidalar talab etiladi. Chiroyli yozuv deganda biz toza va aniq chiziqlar boʻyicha, husnixat namunalarida koʻrsatilganidek yozilgan yozuvni tushunamiz.
    3-sinfdan boshlab esa bu qoidalarga yana qoʻshimcha tez va toza yozish qoidalari kiritiladi.
    Harflarning qiyaligini toʻgʻri saqlash.
    Bolalarning yozuvlari har xil qiyalikda boʻlishi mumkin. Agar harflarning asosiy elementlari daftar chizigʻiga nisbatan tik holatda qoʻyilsa, yozuvning holati ham tik boʻladi. Harf elementlari oʻng tomonga qiya boʻlib, oʻtmas burchak hosil qilishi mumkin. Oʻquvchilarni oʻng tomonga qiya qilib yozishga odatlantirish lozim. Shuningdek, yozuvning toʻgʻri b oʻlishi uchun daftarning qiya holatiga ham e`tibor berish lozimligi tushuntiriladi va koʻrsatiladi. Daftarning parta ustida notoʻgʻri turishi gigiyena qoidalarining buzilishiga ham sabab boʻladi chunki oʻquvchi yozuvning qiyaligini saqlash uchun oʻz gavdasini har xil holatda tutishi mumkin. Daftarning pastki chap burchagi koʻkrak oʻrtasiga toʻgʻri boʻlishi yoki daftarning qiya chizigʻi partaning chetiga tik boʻlishi kerak.
    Tez va ravon yozishga oʻrgatish.
    Harflarni bir xil balandlikda va kenglikda yozishga oʻrgatish bilan birga tez va ravon tekis qilib yozish chiroyli yozuvning muhim talablaridan biridir. Chiroyli va tez yozishning asosiy siri uning bir xil oʻlchamdagi ravon harakatidir.
    Bir maromda harakat qilib yozish, har bir harf va uning elementlari bir xil balandlikda va qiyalikda boʻlishi alohida goʻzallik kashf etadi. Yozuvning tezligini oshirib borishda bolalarning qoʻl harakati bir maromda boʻlishiga e`tibor berish, barmoqlarning charchab qolishiga yoʻl qoʻymaslik kerak.
    Boshlangʻich sinflarda bolalarga chiroyli yozuv malakasini singdirish har bir oʻqituvchidan chidam va mahorat talab etadi.
    XULOSA
    Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki boshlangʻich sinf oʻquvchilarini avtoruchka bilan yozishga oʻrgatishda oʻqituvchi birinchi navbatda har bir o’quvchiga partada to’g’ri o’tirish qoidalarini erinmay tushuntirish va mashq qildirish darkor. Keyinchalik o’quvchi ruchkani qanday ushlash, daftar tutish holati hamda harflarni yozayotganligini: sekin yoki tez yozishni kuzatib borishi lozim. Husnixat malakasini shakllantirishni faqat boshlang’ich sinflarda emas, balki yuqori sinflarda takomillashtirib borishi zarur.
    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

    1. M. Gulomov, K. Tursunova, D. Poʻlatova “Chiroyli yozuv malakalarini shakllantirish” Uslubiy qoʻllanma Toshkent “Turon Iqbol 2013.

    2. GʻulomovM. ”Husnixat” 1-sinflar uchun-T. :Oʻzbekiston 2002.

    3. Gʻulomov M. ”Husnixat”2-sinflar uchun-T. :Choʻlpon 2003.

    4. Munavvarxon Yoʻldosheva. “Oʻquvchi yozuvi nega xunuklashadi?” Ma`rifat gazetasi 2018 yil

    Download 21.43 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling