Mavzu: Nazorat tizimini portfolio shaklini qo’llashning mahalliy va xorijiy amaliyotini tahlil qilish


Download 21.23 Kb.
bet1/3
Sana26.01.2023
Hajmi21.23 Kb.
#1125641
  1   2   3
Bog'liq
2-mustaqil ish o\'quv reja


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI

AXBOROT TA’LIM TEXNOLOGIYALARI”


KAFEDRASI

"O’quv reja,baho va baholash " fanidan




2-mustaqil ish



Bajardi: Mirzayev R.
Qabul qildi: Shodmonov D.

Mavzu: Nazorat tizimini portfolio shaklini qo’llashning mahalliy va xorijiy amaliyotini tahlil qilish

REJA:
1.Ta’lim muassasalariga baholash mezonlarini olib borilishi


2.Talaba portfolisining tarkibi

Kasb portfoliosining mazmun mohiyati va uni shakllantirish

Ma’lumki, mutaxassis kadrlarning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligi ko’p hollarda uning axborot-kommunikatsiya va ilg’or texnologiyalarni o’zlashtirish qobiliyati, o’zgaruvchan mehnat sharoitiga moslasha olishiga bog’liq. Ushbu holatlarni e’tiborga olishda o’qituvchi portfoliosi ham muhim ahamiyat kasb etishini tan olish lozimdir. Shu o’rinda “portfolio” tushunchasi qayerdan paydo bo’ldi?

Bu hayotiy zaruratmi? degan savollarga javob berishimiz kerak bo’ladi.
“Portfolio” tushunchasi XV-XVI asrlarda G’arbiy Yevropadan kirib kelgan bo’lib, uyg’onish davrida arxitektorlar o’z buyurtmachilariga qurilish loyihalarini tayyor va homaki variantlarini "portfolio" deb nomlangan alohida papkada taqdim etishgan. Ushbu papkada taqdim etilgan hujjatlar talabgorda qurilish loyihasining kasbiy sifatlari haqida taassurot hosil qilgan. 1970 yillarda esa ommalashib, mazmun jihatdan bizni qiziqtirayotgan “portfolio” termini rassomlar, arxitektorlar va reklama biznesi sohasi vakillari orasida paydo bo’ldi. U fotomateriallar kolleksiyasi, rezyume va muallifning eng yaxshi natijalari to’plamini anglatgan. Bunday portfolioning maqsadi uning egasi erishgan yutuqlarni reklama ko’rinishida namoyish etish, bu esa o’z navbatida portfolio egasi imkoniyatlari va o’z ishining qanchalik ustasi ekanligi to’g’risida xulosa qilish imkonini bergan

Portfoliobu hujjatlar, ish namunalari, fotosuratlar, taqdim etilayotgan imkoniyatlarni tasavvur eta olish imkoniyatini beruvchi materiallar, mutaxassis xizmatlari to’plamidan iborat.
Ma’lumki, hozirgi zamon lug’atida portfolio so’zi – ma’lum bir vaqt oralig’ida shaxs erishgan yutuqlarni yig’ish, belgilab qo’yish va baholash usuli sifatida tushuntiriladi.
Portfolioning asosiy mohiyati – shaxsning nimaga qodir ekanligini ko’rsatish.



Download 21.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling